BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON SO‘Z TURKUMINI ZAMONAVIY
METODLAR ASOSIDA O‘QITISH
Rizayeva Nafosat, Ibragimova Fazilat
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda son so‘z turkumini o‘qitishda
zamonaviy metodlar asosida o‘qitilishi haqidagi fikrlar bayon qilingan. Ushbu maqolada
qo‘llanilgan zamonaviy metodlar haqidagi nazariy ma’lumotlar berilmasdan, aynan son so‘z
turkumining o‘qitishga qaratilganligi bilan dolzarbdir.
Kalit so‘zlar:
dastur, nazariyasiz, charxpalak, muammo, vaziyat, yo‘nalish, imlosi,
grammatik, lugat, zahirasi, metodik.
Аннотация.
В статье представлены идеи, основанные на современной методике
обучения
словесным
рядам
в
начальной
школе.
Эта
статья
не
дает
теоретическойинформации об используемых современных методах, а скорее о том, что
фраза «Имя числителное» имеет отношение к обучению.
Ключевые слова:
программа, без теории, колесо, проблема, ситуация, направление,
орфография, грамматика, словарь, резерв, методическое.
Annotation.
This article presents ideas based on modern methods of teaching the part of
speech
«
the number
»
in primary school. This article does not provide theoretical information about
the modern methods used, but rather the fact that the phrase
«
The number
»
is relevant to teaching.
Key words:
program, without theory, wheel, problem, situation, direction, spelling,
grammar, dictionary, reserve, methodical.
O‘zbek tilining so‘zlarga boyligi boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish
darsliklarida qo‘llangan holatidan ham ma’lum. Son so‘z turkumi ustida olib
borilgan lug‘aviy ishlar o‘quvchilarning mavzuga doir bilimlarini mustahkamlash,
kengaytirish bilan birga, lug‘at zahirasini boyitishga xizmat qiladi.
Son ustida ishlash dastur talabiga ko‘ra 1-sinfdan boshlansa ham, uni o‘rganish
jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo‘linadi. Son boshlang‘ich ta’limda
elementar nazariy tushunchalar asosida amaliy o‘rganiladi. Lekin 1-bosqichni to‘liq
ma’noda sonni amaliy o‘rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda
umuman nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va 1-
sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi.
1
Shuning uchun
«
Son
»
haqidagi tushunchani to‘g‘ri shakllantirish uchun
zamonaviy metodlarning o‘rni bag‘oyat kattadir.Bu mavzuni yoritish jarayonida
ko‘z oldimga bir qancha metodlar gavdalandi va men qaysi biri o‘qitish jarayonida
samaraliroq degan maqsad bilan zamonaviy metodlarning bir qancha turlari bilan
tanishib chiqib, ushbu maqolaqni yozishga kirishdim. Boshlang‘ich sinflarda Son
so‘z turkumini o‘qitishda
«
Charxpalak
»
,
«
Aqliy hujum
»
,
«
Muammoli vaziyat
»
,
«
Zig-Zag
»
,
«
FSMU
»
metodlarini qo‘llashni to‘g‘ri deb bildim.
«
FSMU
»
metodi asosida son tushunchasini to‘g‘ri shakllantirish ustida ishlash
jarayoni 3-sinf o‘quvchilariga mosligi bilan xarakterlidir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kichik guruhlar bilan ishlash samarali
natijalarni berib,o‘quvchilarni faollashtirishga yordam beradi.
Har
bir
kichik
guruhlarda
muammoli
vaziyat
asosida
savollar
tuziladi.Savollardagi asosiy mazmun darslikdagi bosqichlar asosida berib boriladi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, Boshlang‘ich ta’limda son uch yo‘nalishda
o‘rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
2
Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalarning mohiyatiga,
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog‘liq holda tanlanishi ham muhimdir.
Son so‘z turkumining o‘qitish jarayonidagi uch yo‘nalish asosida har bir
guruhga quyidagi muammo orqali mavzu bo‘yicha fikrlari so‘raladi. Birinchi
guruhga Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash qanday tartibda bo‘lish
kerakligi so‘raladi. Ikkinchi guruhga Sonning grammatik shakllari ustida ishlash
haqidagi fikrlari so‘rab o‘tiladi. Uchinchi guruhga esa Sonlarning imlosi ustida
ishlash haqidagi fikrlari so‘raladi. Har bir fikrlar o‘qituvchi boshchiligida
1
Qosimova K. va boshqalar Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 2009 y ”Nosir”n , 261- b
2
Qosimova K. va boshqalar Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent 2009 y ”Nosir”n , 261- b
rag‘batlantirib boriladi. Ikkinchi bosqichda shu metod bo‘yicha sabab keltiriladi.
Sabab jarayonida o‘qituvchi kichik guruhlar uchun bir xil muammo taqdim qiladi.
Kishilar bir-biri bilan muloqot qilganida soating nechchi bo‘ldi? deb so‘rashadi.
Soatdagi raqamlarni so‘raganimizda biz aynan shu so‘roqni beramiz. Ushbu
so‘roqni tog‘ri beramizmi. Sababi nimadaligi o‘quvchilardan so‘raladi va o‘qituvchi
ushbu muammoli vaziyatga to‘g‘ri baho beradi. Uchinchi muammoli vaziyat uchun
topishmoqlar, maqollar, ertaklardan son so‘z turkumiga tegishli misollar aytilishi
so‘raladi.
Har bir grammatik mavzu bir necha darsda o‘rganiladi. Shuning o‘ziyoq
o‘qituvchilardan har bir darsda o‘rganiladigan grammatik material tabiatidan kelib
chiqib metod, usul va ish turlarini belgilab olishni, taqozo etadi. Umumlashtirish
bosqichida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha fikrlardan umumiy xulosalarni berishadi .
Sonning sanoq va tartib ma’nolarini bildirishini;Son nechta?, qancha?,
nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishini; Son otga bog‘lanib kelishini; Son gapda
ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishini; Sonlarni imlo jihatdan to‘g‘ri yozishni;
Og‘zaki va yozma nutqda sonlardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalana olishni; Sonlarga
shakldosh so‘zlar topishni; Matndagi sonlarni boshqa miqdor bildiruvchi so‘zlar
bilan almashtirishni bilishga e’tibor qaratiladi. Umumlashtirish ba’zan o‘quvchilar
tomonidan, ba’zan o‘qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Uzoq muddatli tahlil va
tushuntirishdan so‘ng xulosani ko‘pincha o‘quvchilar shakllantiradi, yasaydi. Bu
mavzuda o‘qituvchi quyidagicha umumlashtiradi:
«
Nechta?, qancha? so‘rog‘iga
javob bo‘lgan so‘zlar sanoqni, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar tartibni
bildiradi
»
.
«
Charxpalak
»
metodi asosida Son tushunchasi ustida quyidagi tartibda ishlar
amalga oshiriladi:
Charxpalak metodi o‘tilgan mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash yoki
tekshirish hamda bir-birini baholash imkonini beruvchi metod bo‘lib,bu mavzuni
o‘qitishda o‘quvchilar aylana stol atrofida o‘tirishib, har bir guruhning ishtirokchisi
raqamlanadi.Uchta guruhga bir xil konvertlarga solingan savollar beriladi. Savollar
quyidagicha tuzilgan bo‘lishi shart.
1. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga so‘roq bering, nimani bildirishini ayting.
2. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so‘zlarni nechta?, qancha? (nechanchi?)
so‘roqlari yordamida aniqlang.
3. Sanoq bildirgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlang.
4. Nuqtalar o‘rniga so‘roqlarga mos so‘z qo‘yib o‘qing.
5. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutq tuzing.
Unda sanoq, tartib bildiruvchi so‘zlardan foydalaning. Shu tariqa
«
Charxpalak
»
metodi asosida o‘quvchilarning olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Barcha
metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining ishlab chiqqan savol-topshiriqlari
mazmuni va tizimiga bog‘liqdir. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik
yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni
grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga,
faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi
lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilar
o‘qituvchining topshirig‘i bilan bu metodlarni qo‘llagan holda topshiriqni og‘zaki
yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi,
o‘quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan
bo‘lishi kerak. Bilimlarni bayon qilish o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini
kengaytirishga, noma’lumini izlab topish jarayonida o‘zligini namoyon etishga
imkon beradi.
Son
s
o‘z turkumini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning
og‘zaki va
yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi sonlar bilan boyitish, o‘quvchilar shu
vaqtgacha foydalanib kelayotgan
so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishiga erishish,
bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish
hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun son so‘z turkumini
o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar berilmaydi) ustida muntazam
ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma
ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy
tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan
bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish,
atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish
vazifasi ham amalga oshiriladi.
Shunday qilib, son tushunchani o‘zlashtirishga yordam beradigan asosiy
metodik shartlar o‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim
olish uchun qiziqtirish, o‘quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning
tizimliligi, o‘quvchilarda til birliklariga lingvistik munosabatni shakllantirish ustida
maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.
O‘qituvchi son haqidagi tushunchalarni
shakllantirish jarayonini boshqarishi, o‘quvchilar aqliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil
etish uchun zamonaviy metodlar nimaligini bilib olishi va jarayonining
xususiyatlarini, son tushunchasini o‘zlashtirish qanday sharoitda natijaliroq
bo‘lishini ko‘z oldiga aniq keltirishi lozim.
Xulosa o‘rnida Abdibek Sheroziyning quyidagi fikrlarini keltirishimiz
mumkin:
«
Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik
ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri ilm va ma’rifat bilan baquvvat bo‘ladi.
Insoniyatning qadri ilm bilan hosil bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas.
Ilmni egallab olish esa bir san’atdir.Dunyoda qanday yovuzlik sodir bo‘lgan
bo‘lsa,ularning hammasi nodonlik orqali kelib chiqqan. Eng zo‘r halokat nodonlik,
insoniylikni bitiruvchi ham nodonlikdur.Yaxshi tahsil ko‘rgan va ilm nuri bilan
xulqni yaxshilagan ayol har yerda izzat topadi. Ilm-ayol uchun ziynat. Aqlini
nodonlikdan qutqargan har bir ayol nomus, izzat ayollik qadrini tushunib yetadi.
Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa,bola tarbiyalashda turli
xatolarga yo‘l qo‘yadi
»
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Qosimova K. va boshqalar Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: “Nosir”
nashriyoti. 2009y. B 261.
2. G‘afforova T. G‘ulomova X. 1-sinfda ona tili darslari. Toshkent: Taffakur,
2007y.
3. G‘ulomova X. Yo‘ldosheva Sh. Shermatova U. 4-sinfda ona tili darslari.
Toshkent: O‘qituvchi, 2004y
4. G‘ulomov A. Qodirov B. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: O‘qituvchi,
1998y.
Do'stlaringiz bilan baham: |