0001
0003
0012-1
0012-2
0012-3
0012-4
0013-1
0013-2
0013-3
0013-4
0014
0015
0018
0019
0020
0021
Boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasining vazifalari
Respublikamiz ta’lim tizimi, jumladan umumiy o’rta ta’lim mazmuni "Ta’lim to’g’risida"gi qonun hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" asosida bosqichma-bosqich yangilab borilmokda. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi "O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida"gi 203-sonli +aroriga asosan ta’lim tizimi mazmunini yangilash, ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlilik darajasi malakasi, madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo’yiladigan zarur talablarni belgilab 6yeruvchi davlat ta’lim standartlari yaratildi va bosqichma-bosqich joriy etib borilmoqda.
Mehnat tarbiyasi uning ahamiyati to’g’risida qomusiy mutafakkirlarimiz Ibn Sino, Farobiy, Naqshbandiy, Kaykovus, A.Navoiy, Termiziy kabi allomalarimiz o’z asarlarida mehnat tarbiyasini ulug’lab, yoshlarni mehnat qilishga, mehnatning inson faoliyatida o’rni haqida fikr bildirishgan.
Respublikamizda mehnat ta’limi uning taraqqiyotiga ko’pgina olimlar A.Varobyev, N.Shodiyev, E.Choriyev, N.Nishonaliyev, O.M.Ma’zumov, R.Mavlonova, O.Magdiyev, K.Davlatov,U.Tolipovlarning darslik va metodik qo’llanmalari chop etilgan. Mexnat ta’limi fanining umumiy o’rta ta’lim maktablariga fan sifatida o’qitilishi 1932 yildan amalga oshirildi. Olimlar o’rtasida mexnat ta’limining fan sifatida o’tilishi ancha tortushuvlarga sabab bo’ldi. Birinchi toifali olimlar mexnat ta’limi barcha fanlarga kushilib utilishi maksadga muvofiq degan fikrlarni olg’a surdilar.
Loyixa sistemasiga binoan matematika, kimyo, biologiya va boshqa o’quv predmetlariga oid bilim elementlari o’quvchilarga beriladigan mehnat topshiriqlari atrofiga gruppalash boshlandi.
Masalan, bog’da o’ra qazish topshirig’ini olgan o’quvchilar uni bajarish uchun qancha tuproq chiqarib tashlashni hisoblashlari (matematika), o’ra konturini belgilashlari (chizmachilik), tuproq xarakteri bilan tan olishlari (geografiya) kerak edi. O’quv jarayonini bunday tashkil etishda o’quvchilarni fan asoslarining sistemali bilimlar bilan qurollantirishni iloji yo’qligi mutlaqo ravshan.
1937 yilda maktablarda mustaqil o’quv predmeti sifatida mehnat ta’limi tugatildi chunki o’sha vaqtlarda maktabning moddiy bazasi juda nochor edi.
1952 yil mehnat ta’limiga jamoatchilik e’tibori qaratildi. Maktablarda mexnat ta’limi va mehnat tarbiyasini zarurligi o’quvchilarni ishlab chiqarish bilan aloqasi bo’lishi kerakligi ko’rsatib o’tildi.
1954 yilda mehnat ta’limini o’rta maktab o’quv rejasiga o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish vositalaridan biri sifatida kiritildi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi sifatida barcha o’quv predmetlari, jumladan mehnat ta’limini o’qitish mazmuni ham mukammallashib bormoqda. Ushbu o’quv fanining maqsadi–o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari va jarayonlari hamda kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, o’quvchilar mehnatni qadrlashni, uning jamiyatdagi o’rnini bilishni, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Respublikamiz mustakillikka kadam kuygan kundan boshlab ta’limga katta e’tibor berila boshladi jumladan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chikildi va uch boskichda amalga oshirilmokda.
Birinchi bosqich-o’tish davri bo’lib, u 1997-2001 yillarda ya’ni 4 yil davomida joiry etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi saloxiyatini saqlab qolish, uning rivojlanishi uchun xuquqiy-meyoriy ilmiy metodik moliyaviy moddiy shart sharoitlar yaratish lozim.
Ikkinchi bosqichda 2001-2005 yillarni o’z ichiga oladi. Bunda milliy dasturni keng miqiyosida amalga oshirishga erishish darkor. Tizim faoliyatning samaradorligini mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib dastur g’oyalari va qoidalariga kerakli o’zgarishlar kiritiladi.
Uchinchi bosqichda 2005 va keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy iqtisodiy shart sharoitlarni etiborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur.
Bizga ma’lumki xalq ta’limining asosiy bugunini uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etadi.
Shuning uchun ham umumta’lim darslarini maktabgacha tarbiya, boshlang’ich umumiy ta’lim va maktabdan tashqari ta’lim tarzida tuzilsa maktabga muvofiq bo’ladi. Buning uchun quyidagi tizimni asos qilib olamiz;
Birinchi ;maktabgacha ta’lim. Uch yoshdan boshlanib, olti, yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulkchilik ko’rinishidan qattay nazar boshqa hil ta’lim tashkilotlarida olib boriladi.
Ikkinchi; umumiy ta’lim. Bunda o’quvchilarga 5-9-sinflar doirasida ta’lim va tarbiya beriladi.
Uchinchidan; boshlang’ich ta’lim 1-4-sinflarni o’z ichiga oladi. Bunda o’qish olti, yetti yoshdan boshlanadi.
To’rtinchidan; o’rta maxsus bilim va kasb xunar ta’limi. O’qish muddati uch yildan kam bo’lmagan muddatda davom etadi. Oliy mutaxassis ta’limi bakalavrlik ham magistraturaga bo’linadi. Bakalavrlik yo’nalishidan biri bo’lib, ba’zaviy oliy ta’lim berish demakdir. Undan o’qish kamida to’rt yil davom etib, u oliy ma’lumot va tayanch mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha oliy kasbiy ta’lim bo’lib, bakalavrlik negizida kamida ikki yil davom etadi. Undagi taxsil yakuniy klassifikasion davlat atestasiyasi va magistrlik disertasiyasini himoya qilishi bilan nihoyasiga yetkaziladi.
Aspirantura va doktarantura fan nomzodi ilmiy darajasi negizida uch yil davochm etadi, disertasiya himoya qilish bilan yakunlanadi. Bulardan tashqari yangi tizimda, qo’shimcha kasbiy ta’lim qayta tayyorlash va malaka oshirish masalasiga ham katta e’tibor berilishi kerak.
Bu borada ishlab chiqilgan umumiy o’rta ta’lim davlat standarti mehnat ta’limining mazmunini, ta’lim oluvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining zarur va yetarli darajasini, o’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablarini belgilab beradi.
Ta’lim mazmunining zaruriy o’zagi xisoblanmish ta’lim standarti mamlakat xududidagi turli o’quv muassasalarida ta’limning barqaror darajasini ta’minlash sharti amalga oshiriladi, o’quv yuklamalari me’yoriga keltiriladi, o’quvchilar bilimini baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
O’qivchi ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin yoki bilimlarni chuqurroq egallash maqsadida mustaqil ravishda kengroq, chuqurlashtirilgan bilim olishga va yuqori reyting bali to’plash huquqiga ega. Natijada, qiyin yoki o’quvchi xush ko’rmaydigan predmetni o’rganishda unda standartda belgilangan me’yor bilan cheklanishga imkon beriladi. Bunda o’quvchi o’zining qiziqishi, layoqati, qobiliyatini ro’yobga chiqarish, o’zi uchun eng maqbul yo’lni ongli va mustaqil tanlash imkoniga ega bo’ladi.
Mehnat ta’limining davlat ta’lim standartlari o’quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talablarning ochiq bo’lishini nazarda tutadi. Ta’lim oluvchilar uchun shakl va mazmun jihatidan tushunarli tarzda ifoda qilingan mazkur talablar o’quvchilar va ularning ota-onalariga oldindan ma’lum qilinadi.
«Kadrlarni tayyorlash bo’yicha milliy dasturi»da boshlang’ich tayanch va o’rta umumta’lim bosqichlari asosan, umum-mehnat va kasb ta’limini chuqurlashtirib o’rganishga qaratilishi ushbu soxaning xozirgi davrda yanada dolzarbligini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda mehnat ta’limi o’zining ilmiy, nazariy va amaliy, moddiy-texnik, ijtimoiy pedagogik muammolarini hal etishda, uning an’anaviy mazmunini isloh qilishda qator nomutanosibliklar va ziddiyatli holatlar sodir bo’lmoqda:
- yangi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy tuzimda ro’y berayotgan tub o’zgarishlar bilan mehnat ta’limining ilmiy-uslubiy, pedagogik va moddiy-texnik jihatdan istiqbol talablari darajasida ma’muriy ta’minlanishining nomutanosibligi, hamda Respublikada ta’lim jarayonining moddiy-texnik ta’minotini ishlab chiqaruvchi maxsus korxonalarning yetishmasligi;
-mexnat ta’limini amalga oshirishning asosiy qismi bo’lgan umumta’lim bo’g’ini bilan uzluksiz ta’limning boshqa bo’g’inlari-maktabgacha tarbiya, o’rta maxsus va oliy ta’lim hamda keyingi bosqichlari o’rtasida uzviylikning ta’minlanmaganligi; mehnat ta’limining hozirgi kundagi an’anaviy mazmuni, maqsadi, shakli, vositalari va uslublarida respublikamizning milliy, etnik, xududiy, tarixiy xususiyatlari va sharqona tafakkur mezonlarining aks etmaganligi;
- mehnat ta’limining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini xisobga olib, uni amalga oshirish mexanizmlarining pedagogik, psixologik, fiziologik va didaktik asoslarining ishlab chiqilmaganligida kurishimiz mumkin.
Umumiy urta ta’lim maktablarining boshlangich sinflarida o’qitiladigan mehnat ta’limi fanining maqsadi-o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, kasblar bilan dastlabki tanishtirish, kasb tanlashga tayyorlash, mehnatni qadrlash, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish orqali ularning kasbgacha tayyorgarligini 5-sinf uchun uzviy bog’lanish zaminini tayyorlashdan iborat. Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi. Ularda davlat ta’lim standartlariga asoslangan yo’nalishlar mavjud bo’lib, quyidagicha ifodalanadi.
(Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi)
Do'stlaringiz bilan baham: |