BOSHLANG‘ICH SINFLARDA JARANGLI VA JARANGSIZ
UNDOSHLARNI O‘RGATISH
Mamirova Farangiz, Yo’ldoshev Farhod
JDPI Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona
tili darslarida jarangli va
jarangsiz undoshlarni o‘rgatish xususida fikr yuritiladi. Boshlang‘ich ta‘limda bolada to‘g‘ri
yozish ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi. Ona tili mashg‘ulotlaridao‘quvchilar
jarangli va jarangsiz undoshlar bilan tanishadi. Ularning to‘g‘ri yozish ko‘nikmalarini
shakllantirish, o‘quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish ko‘nikmalarini kengaytirish
muhim masala hisoblanadi.
Kalit so‘zlar.
jarangli va jarangsiz undoshlar, imloviy savodxonlik, fonema, shovqinlilar,
sonorlar.
Аннотатция.
В этой статье обсуждается преподавание звонких и глухих согласных
на уроках родного языка в начальных классах. Помогает ребенку развить правильные
навыки письма в начальной школе. На уроках родного языка учащихся знакомятс
звонкими и глухими согласными, и формирование у них
правильных навыков письма
является важным вопросом. Повышение орфографической грамотности учащихся,
расширение их навыков.
Ключевые слова.
Звонкие и глухие согласные, орфография, фонема, шумный,
звонкий.
Annotation.
This article discusses the teaching of voiced and voiceless consonants in
native languageе lessons in elementary grades. Helps your child develop correct writing skills in
elementary school.
In native language lessons, students are introduced to voiced and voiceless
consonants, and the formation of their correct writing skills is an important issue. Improving the
spelling literacy of students, expanding their skills.
Key words.
Voiced and unvoiced consonants, spelling phoneme, noisy, sonorous.
Aziz farzandlarim o‘z tajribamdan kelib chiqib sizlarga aytadigan maslahatim
shu:
ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin!
Yoshlik- umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda
cho‘kmaydigan, hech kimdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!
Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota bobolaringiz ko‘rgan to‘siq va
qiyinchiliklarni ko‘rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetyapsizlar.
Yuksak maqsadlar yo‘lida siz-yoshlar hal qiluvchi kuch bo‘lishingiz kerak.Men
sizlarning shunday ulkan ma’sulyatni, tom ma’nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan
ado etishingizga qat’iy ishonaman [1].
Darhaqiqat ilm bir chirog‘ kabi yo‘limizni
yoritadi, o‘quvchilar maktabga
bilim olish uchun kelishadi. Jajji farzandlarimiz hayot ostonasiga qadam
qo‘yarkan, ilk bilimlarini bog‘chadan, maktabdan olishni boshlaydilar. O‘quvchilar
ilk maktabga qadam qo‘yganlarida, jajji qo‘llari bilan yozishni boshlaganlarida
ulardagi bilimni olgandagi ko‘zlaridagi quvonchi, zavqlanishini ko‘rishimiz.
Yurtboshimiz yoshlarga shunday imkoniyatlar
yaratib bergan ekan, biz bulardan
to‘g‘ri oqilona foydalanishimiz kerak. Mashg‘ulotlar jarayonida tovush, harf,
jarangli va jarangsiz undoshlar, bo‘g‘in, nutq, gap va boshqa juda ko‘plab bilimlar
bilan tanishish orqali imloviy savodxonligi, og‘zaki nutqi, fikrash qobilyati
shakillanadi. Yosh avlodlarimiz boshlang‘ich ta‘limda
bilimlarini mustahkam
egallasa, ertangi kungi poydevor bo‘lishi shubhasiz. Bugungi rivojlanayotgan
dunyo insoniyat oldiga yangi, yangi imkoniyatlar ochmoqda, o‘quvchilarning
imloviy savodxonligini oshirish uchun jarangli va jarangsiz undoshlarni ajratishni
to‘g‘ri o‘rgansa, ya‘ni eshitilishi va yozilishi farq qilishini o‘rganish foydalidir.
Ta‘limga juda katta e‘tibor berayotganini Prezident maktablarining ochilgani orqali
ko‘rishimiz mumkin. Bu maktablarga imtihonlar orqali olinishi,
jamiyatda
yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash, bu orqali sog‘lom
fikrlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi na‘muna bo‘la oladigan yoshlar bilan
tenglasha oladigan kadrlar qilib voyaga yetkazish maqsad qilib olinganiga guvoh
bo‘lishimiz mumkin. Muhtaram Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek:
“Bugungi kunda oldimizga qo‘ygan
buyuk maqsadlarimiz, jamiyatimizning
yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli uchun amalga oshirilayotgan
islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri bularning barchasi,
avvalambor,
zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxasisslar tayyorlash
muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz”[2].