Beshinchi yo’nalish - Internet xizmatini taqdim etish doirasida monitoring va marketing o’tkazish. Bunga quyidagilar kiradi:
a) Internet tarmog’i rivojlanish holati bo’yicha monitoring.
b) O’zbekiston Respublikasida Internetning xizmat turlari va yangi sohani aniqlash va bozor holatining tahlili;
Oltinchi yo’nalish - bu ilmiy tekshirish, innovatsion va xalqaro faoliyat.
Ettinchi yo’nalish - qayd etilayotgan xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish:
a) axborotli mahsulot bozori va Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etish mexanizmini rivojlantirish;
b) axborotli servisni taqdim etuvchi vositalarni va mexanizmlarni rivojlantirish;
v) quyidagi zamonaviy va istiqbolliy xizmat turlarini taqdim etish:
ellektron kommertsiya;
uzoq masofadan o’qitish;
teletibbiyot;
mulьtimedia;
telekonferentsiya;
reklama;
Internet-kafe va h.k.
Internet tarmog’i respublika telekommunikatsion muhitni barpo etish hamda mamlaktning informatizatsiyasi bilan chambarchas bog’liqlikda rivojlanadi.
Bu jarayonlar yagona ilmiy texnik siyosat asosida amalga oshirilishi kerak. Unda mamlakatning barcha vazirligi va muassasasi, xususiy, qo’shma korxonalar, shuningdek, birgalikda ishlashlari kerak.
3-ilova
INTERNETNING XARAKTERLI XUSUSIYaTLARI
Internetning asosiy xarakterli xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Internetning ma’muriy qurilishi.
Internet - ixtiyoriy ishtirokchilar tashkiloti. Tarmoq tarkibidagi o’z prezidentlariga ega bo’lishlari mumkin. Internetda yagona avtoritar shaxs yo’q.
Oliy hokimiyat - ISOC (Internet Society) - bu ko’ngilli a’zolar jamiyati. Uning maqsadi dunyo miqyosida axborotlarni Internet orqali almashtirishga ko’maklashish. U Internet texnikaviy tayyorligi va uni boshqarib turish uchun javob beradigan oqsoqollar kengashini tayinlaydi. Oqsoqollar kengashi - IAB (Internet bo’yicha kengash) standartlarni tasdiqlash va zaxiralarni taqsimlash uchun muntazam ravishda yig’ilishadi.
Internet Kompyuterlar va amaliy programmalar o’rtasidagi standart muloqot usullari tufayli ishlaydi. IAB manzillarga nom berish tartibini ishlab chiqadi, masalan Internetdagi har bir Kompyuter noyob 32 razryadli ikkilik manziliga ega, hech qanday boshqa Kompyuter bunday manzilga ega emas.
Internetdagi foydalanuvchilar IEFT (Internetning operativ muxandis otryadi) - boshqa ixtiyoriy tashkilot bo’lib, uning a’zolari joriy ekspluatatsion va texnikaviy masalalarni hal qilish uchun muntazam ravishda yig’ilishib turadi.
IEFT tadqiqotlarni davom ettirish lozim bo’lgan muhim muammolarni muxokama etish vaqtida ishchi guruhini tuzadi. IEFT va barcha ishchi guruhlar ishtirok etishi mumkin.
Ishchi guruhlar turli xil vazifalarni bajaradi:
hujjatlarni tayyorlash;
muammolar chiqib qolsa, uni bartaraf qilish strategiyasini ishlab chiqish;
strategik izlanishlar.
yangi standart va protokollarni tayyorlash.
mavjud bo’lganlarni kam-ko’stini ishlash va b. q.
IABdan o’tgan har bir ishchi guruh ma’ruzalari tavsiyaviy tavsifda bo’lishi mumkin. Agar qandaydir tarmoq Internet mashqlarida ishtirok etsa, u Internetning avtomatik tarzda bir qismi bo’lib hisoblanadi. Har xil yuzaga kelgan gumonlarni IEFT bilan birgalikda hal qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda Internet o’zaro birlashgan 12 mingdan ortiq tarmoqga ega.
Moliyaviy ta’minot.
Internetga hech kim markazlashgan holda haq to’lamaydi. Internet ning barcha tarmoqlaridan yoki foydalanuvchilardan xizmat haqini yig’ib beradigan tashkilot yo’q. Har bir a’zo o’zi uchun haq to’laydi. NSF, USFNET ni saqlab turgani uchun haq to’laydi. NASA (NASA Science Internet) ilmiy tarmoq uchun haq to’laydi. Ba’zi tashkilotlar qandaydir regional tarmoqga ulangani uchun haq to’laydi, bular o’z navbatida davlat mashstabidagi tarmoq egasiga haq to’laydi.
Internet strukturasi va foydalanuvchi.
Internet tarmoq emas, balki u tarmoqlar to’plami ekanligi aniq foydalanuvchiga ahamiyatlimi? Foydalanuvchi tarmoq to’g’risida, tarmoqning tarkibiy qismi to’g’risida, tarmoqlararo aloqalari to’g’risida o’ylamasa ham bo’ladi, chunki bunday masalalar, muammolar chiqib qolgan taqdirda hal etiladi.
Har bir Internet tarmog’i o’zining shaxsiy ekspluatatsion tarmoq markazi (NOC) ga ega. Har bir shunday ishchi markaz boshqa markazlari bilan bog’langan bo’lib, har xil yuzaga kelgan muammolarni hal etishda ma’sul hisoblanadi.
Globallik.
Internet barcha planetar axborotli kenglikni qamrab olgan bo’lib, u chegarani ham, vaqt omilini ham hisobga olmaydi, alohida davlatlarni yoki mintaqalarni ham bilmaydi.
Ochiqligi.
Internet yopiq kenglik emas, balki u ochiq axborot tarmoq bo’lib, Internetning asosiy talablarni bajargan va qoidalarga rioya qilgan barcha xohlovchilar ulanishlari mumkin. O’z-o’zini rivojlantirish (o’stirish). Agar (ARPANET) tarmoqning vujudga kelishini boshlang’ich davri bilan zamonaviy darajasini qiyoslasak, u holda bir yechimli xulosaga kelish mumkin. Internet yangidan-yangi vositalar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo’lib, ulkan hududlarni egallab gurkirab rivojlana olishi bilan tavsiflanadi. Bu intilish (tendentsiya) xali davom etadi.
Tizimlilik.
Tizimlilikning barcha iearxik strukturasi, elementi, darajasi, masala yechimi umumiy maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, ular bir - birlari bilan o’zaro chambarchas bog’langan va o’zaro o’rin almashish bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |