Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‘lakli sodda gap tuzish.
Masalan, „Bahorda qaldirg ‘ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi“, „Bahorda laylaklar ham uchib ketadi“gaplaridan uyushiq bo‘lakli „Bahorda qaldirg'ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi“ gapi tuziladi.
Ijodiy mashqlarda o'quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: „ Quyoshli kunda „ Bizning uy “ yoki „ Quyon va tipratikan “ kabi.
Narsa rasmi yoki sujetli rasm beriladi, 0‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.
Ikki-uchta ,,tayanch“ so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug'atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinadi.
XULOSA
Boshlang’ich ta’limning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarning so’z zahirasini boyitishdir.Bu maqsad barcha darslarda amalga oshiriladi. Xususan "Ona tili" va "O’qish kitobi" asosidagi darslar bu borada mas'ul va yetakchi fan sanaladi. Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish sistemasi tilning barcha tomonlari, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so’z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog’lanishilariga asoslanadi.
Har bir so’zga xos bo’lgan tovush formasi kishilarga aloqa uchun imkoniyat yara’tadi. Ammo so’zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to’g’ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Tilning lug’at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o’ziga xos qurilish materialidir.
Tilning lug’at sostavi qanchalik boy bolsa ham, grammatikasiz u o’lik hisoblanadi.Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug’at sostavidagi so’zlar bir-biri bilan grammtik jihatdan o’zaro bog’lanib gap tuziladi.
Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o’ziga xosligida namoyon bo’ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar, leksikologiya uchun ma'nosi va qo’llanishi nuqtai nazaridan so’z, grammatika uchun so’z formalari, shuningdek, so’z birikmasi va gap so’z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi tarafidan so’z hisoblanadi.
So’z, so’z birikmasi va gap grammatik tomonidan ko’pgina xususiyatlarga ega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror Grammatik kategoriyasi (shaxs son, egalik, kelishik va boshqalar) ma’lum sintaktik roli bor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) formalariga ega.
Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifa’t jihatidan farqlanadi: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma'no bildiradi, gap tarkibida esa uning manosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi "qurilish materiali" sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalaniladi.
Leksikologiya fonetika bilan ham, grammatika bilan ham bog’lanadi.Tovushlar, fonemalar, bo’g`inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma'no bildiradigan so’z tarkibida yashaydi. Leksikologiya so’z yasalishi bilan jips bog’lanadi: birinchidan tilning lug’at tuzilishi, asosan, tilda mavjud bo’lgan so’zlardan yangi so’zlar yasalishi hisobiga to’ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so’zlar leksik ma'nosiga asoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.SH.M.Mirziyoyev.”Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz”.
2.Yangi tahrirdagi ta’lim to’g’risidagi qonun
3.Boshlang’ich sinflar Davlat Ta’lim standartlar. 7-jild
4.K.Qosimova, S.Matjonov, X.G’ulomova, Sh.Yo’ldosheva, Sh.Sariev "Ona tili o’qitish metodikasi" T. "Noshir" nashriyoti, 2009 yi 1.
5.S.Matjonov, X.G’ulomova, M.Suyunov, X.Boqieva "Bos llang’ich sinf o’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish" T. "Yangi poligraf servis". 2008 yil.
6."Boshlang’ich ta'lim" oynomasi. 2019-2020 yillar.
sinf "o’qish kitobi".
sinf "Ona tili kitobi"
9.Q.Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. “Ona tili darslari” (1-sinf o’qituvchilari uchun qo’llanma)-T:2005.
10.Qosimova K. va b.”2-sinf ona tili darslari”-T:”Cho’lpon”2004.
11.Xudoyberganov M., Muxtorova M. 3-sinfda ona tili darslari-T:’’O’qituvchi”2005.
12.Ziyodova M. “O’quvchilarni mustaqil o’qishga o’rgatish”.
13.G’afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik) –T:”Sharq”2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |