Milliy – ma’naviy qadriyatlar –muayyan xalq, millat, e’latlar tomonidan yaratilgan ulkan boy ma’naviy me’roslar tizimi .
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimizda milliy ma’naviy qadriyatlarni o’quvchilar ongiga singdirishni nazariy asoslariga to’xtalish ushbu ish maqsadini yoritishga xizmat qildi.
Yurtimizda inson olamini yuqori bosqichga ko’tarishda ta’lim siyosati asosiy masala hisoblanadi. Chunki «Har kimning bilim olish huquqi» Konstitusiyaviy kafolatlangan bo’lib (41 - modda), uning komil shaxs bo’lib yetishishi uchun «fikrlash, so’z va e’tiqod yerkinligi» (29 - modda) beriladi. Shuningdek ma’naviy tarbiya olib borish davlat nazoratdadir (57 - modda). Bu nima degani? O’zbekistonda ma’naviy ma’rifiy ishlar umumjahon ta’lim talablari doirasida amalga oshiriladi deganidir. Biroq, turli oqim va yo’nalishlarning davlat standartlaridan tashqari faoliyati, xatti – harakatlari bizda ma’naviy tajovuz sifatida qabul qilinadi va ular qonun bilan ta’qiqlanadi. Demak, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda, kamolga erishishda, qonun bilan himoyalanishi muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, yangi turdagi o’quv yurtlari o’quvchilarini ma’naviy tarbiyalashda ushbu tuyg’ularning ularda shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish va butun faoliyatini shunga yo’naltirish lozim:
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarni milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida kamol toptirish;
- o’quvchilarning dunyoqarashini boyitish;
- o’quvchilarni bosqichma-bosqich ma’naviyatchashmalari bilan qurollantirish;
- o’quvchilarni muomala san’atiga o’rgatish;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarda milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida ichki olamni boyitish;
- boshlang’ich sinf o’quvchisining bilimini oshirish;
- o’quvchilarni tinglovchi sifatida yemas, balki baxs jarayonining fa’ol ishtirokchisi, haqiqatni yuzaga chiqarishda muhim xulosalarni tarkib toptiruvchi shaxs sifatida tarbiyalash;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida irodali qilib tarbiyalash;
- boshlang’ich sinf o’qituvchisining xarakterini shakllantirishga erishish;
- boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida burchni anglashga o’rgatish kabilar orqali o’quvchilarda milliy-ma’naviy dunyoqarashning shakllantirilishi negzida ularda ota-onaga nisbatan, o’z burchini anglash o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida eng go’zal insoniy tuyg’ularni asta sekinlik bilan tarkib toptirishda milliy qadriyatlarni o’rnini hyech narsa bilan baholab bo’lmaydi. Keyingi bosqich esa o’quvchilarini milliy – ma’naviy qadriyatlar zamirida vijdonli qilib tarbiyalash orqali o’quvchilarda ta’lim-tarbiya atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish atrof muhitga sadoqat, adolat va muhabbat tuyg’usi bilan yondashish ko’nikmasi shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarda oriyat tushunchasini shakllantirish esa murg’ak qalblarda biron bir ishga o’z munosabatini oriyat nuqtayi nazardan bildirishga odatlantiriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyati to’g’risida fikr yuritganda shu narsa alohida ta’kidlanishi lozimki, uning asosini ona tarbiyasi tahlil qiladi. Oiladagi an’analar farzandga ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmliqilish; tabiatga o’rgatish; odob – axloqqa yo’naltirishlar boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatining asosini tashkil qiladi.
Bolalar oilada ijtimoiy hayot talabalarini anglaydi. Keyinchalik esa ularni to’laqon anglatdi pedagogning zimmasiga yuklanadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchisiga zamonaviy bilim berib, uning dunyoqarashini kengaytirish uchun pedagogdan avvalo, shunday bilimga yega bo’lish talab yetiladi. Bu borada u o’z ishining ustasi, tashabbuskor, pedagogik faoliyat mag’zini va negizini anglash talab qilinadi. Bunda har bir pedagog o’quvchilarni tarbiyalashda oila pedagogikasiga tayanib boshlang’ich ta’lim mazmunini go’zal bilim va go’zal fikrlar bilan yetkazib berish kerak.
O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun yeng sodda ya’ni, bugungi jamiyatda, umuman, kundalik xayotda ko’p qo’llaniladigan «Yaxshi odam» iborasi, tushunchasidan kelib chiqqan holda yaxshi odam o’zi kim? U nima qilishga qodir? degan savollarga javob tariqasida o’quvchilarga batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirilsa, o’quvchilar qalbida yaxshi insonlarga o’xshash ishtiyoqi paydo bo’ladi. Bunda yaxshi insonga xos ijobiy hislatlarini birmuncha yorqinroq ranglar bilan, salbiy xususiyatlarini qora ranglar asosida tasvirlab ko’rsatish orqali yanada yaqqolroq tasavvur hosil qildirish mumkin. Chunki boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan o’quvchi uchun ranglar asosida tushunchalarni shakllantirish qobiliyati kuchli bo’ladi. Bu o’rinda bir mutafakkirning maktab haqidagi quyidagi fikrini keltirishim lozim: «Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirish ustaxonasidir…». Maktab haqidagi fikr yuritar yekanmiz, u ta’lim maskani sifatida pedagog va o’quvchining faoliyatini o’z ichiga oladi. Pedagogning fidoyilik fazilati, o’zini tutishi, fikri va nutqining sofligi yosh avlod tafakkurida o’ziga xos axamiyat kasb etadi.
o’qituvchi
fidoiylik
fazilat
fikr
nutqlar qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |