Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash



Download 20,82 Kb.
bet1/3
Sana13.07.2022
Hajmi20,82 Kb.
#786571
  1   2   3
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash


Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatishda bolalarning aqli, idroki, tarbiyalanganlik darajasi, dunyoqarashi va boshqa qator omillarni hisobga olish zarur. Chunki shunday omillarga qarab o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida u yoki bu manbaga murojat qiladi.
O’quvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’quvchilarga o’rgatishga dars jarayoni bloki, «Oila-mahalla-maktab” tizimidan foydalanish mumkin. Ushbu tizimda keltirilgan tarkibiy qismlarning barchasi ham milliy tarbiyani amalga oshirishda o’z o’rni va ahamiyatga yega. Tarkibiy tuzilmada oilaning asosiy o’ringa qo’yilishiga bir qator sabablarni ko’rsatish mumkin.

  • Birinchidan, bolada dastlabki tarbiya yelementlari oiladagi muhit asosida shakllanadi;

  • ikkinchidan, oiladan tashqarida o’rganilgan tarbiya yelementlari oilada mustahkamlanadi;

  • uchinchidan, oila bolaning muqim yashash joyi bo’lganligi sababli shakllangan yelementlarga amal qilinishini nazorat qilishi mumkinbo’ladi va hakazo.

Aytib o’tilganidek, tarkibiy qismlarning har birida milliy tarbiya o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Ammo, ularning maqsadi bir bo’lganligi sababli ishni yo’lga qo’yishda tarbiyalanuvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqish asosiy masalalardan biridir.
Kichik yoshdagi o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ularning tasavvuri doirasidagi tushunchalardan foydalanish yaxshi samara beradi, deb aytish mumkin. Jumladan, bola ongi, idroki, shuuri o’ziga singdira oladigan ma’lumotlar bola xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi va keyinchalik hayot yo’lida ulardan bevosita foydalanib keladi. Aksincha, kichik yoshdagi bolalarning ongshida gavdalanmaydigan tushunchalar haqida so’z yuritish ularda noto’g’ri tasavvurlarning shakllanishiga sabab bo’ladi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda dastlab bolalarga muomala madaniyatini o’rgatish zarur. Chunki, muomala madaniyatiga amal qilish ma’naviy-axloqiy tarbiyani samarali amalga oshirish yo’llaridan biri hisoblanadi. Muomalaga kirishishning avvali salom berishdan boshlanadi. Juda ko’plab tarbiyaviy va badiiy-ommabop adabiyotlarda salom berish haqidagi masalaga takror va takror to’xtalib o’tilgan. Salom berishning ahamiyati haqidagi yeng sodda tushuntirish afsonalarda ham juda ajoyib tarzda keltirilgan. Masalan, badiiy-mifologik to’qima adabiyotlardagi ham ijobiy, ham salbiy qahramonlar salomlashishning afzalliklari, yaxshi jixatlarini o’z so’zlari va xatti-xarakatlari orqali bildirishadi. Misol tariqasida adabiyotlarda, xalq og’zaki ijodi namunalarida uchraydigan quyidagi holatni keltirish mumkin. Ya’ni, yertak qahramoni yalmog’iz kampirning kulbasiga kirganida salom berganligi uchun yalmog’iz kampir «Agar saloming bo’lmaganda ikki yamlab, bir yutar yedim» deydi. Yalmog’iz kampir salbiy obraz sifatida talqin qilinishi ma’lum. Biroq, salomlashish tufayli uning ijobiy qahramonga nisbatan iliq munosabat namoyon qilganligini ko’rishimiz mumkin. Bu ibora bilan yosh bolalarda «Salom bersang yomon odam ham yaxshi munosabatda bo’lar yekan!» degan tushuncha hosil qilinadi va salomlashishga o’rgatish uchun bir vosita bo’lib xizmat qiladi.
Salomlashish har bir insonning burchi yekanligi haqida hadislarda ham ko’p yozilgan. Hatto, salom berishning tartibi ham mantiqiy jihatdan asosli qilib tushuntiriladi. Manbalarda ko’rsatilishicha, ulovda yurgan odam piyodaga, piyoda yurgan odam turgan odamga salom berishi yoki yeshikdan xonaga kirib kelgan odam o’tirgan odamga yoxud bo’sh xonaga ham salom berib kirishi lozim. Bu ham ma’naviy tarbiyaning o’ziga xos bir ko’rinishidir.
Milliy – ma’naviy qadriyatlarni kichik yoshdagi o’quvchilar ongiga singdirishda qadriyat tushunchasiga albatta to’xtalib o’tish kerak.

Download 20,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish