Parta ustida daftarni to‘g‘riqo‘yish.
Yozayotganda gavdani to‘g‘ritutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish.
O‘z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o‘rgatish.
Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shakllarga aylantirishga o’rgatish.
Harflarning shaklini to‘g‘riidrok etishga o‘rgatish.
Harflarni bir – biriga bog’lab yozishga o‘rgatish.
Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tekis yozishga o‘rgatish.
Daftar chizig’idagi qatorlarni to‘g‘rito’ldirish, sarlavha, oy va kunlarni to‘g‘riyozish.
Harflarning qiyaligini to‘g‘risaqlash.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir malaka o‘z o‘rniga ma’lum bir qoidani maqsad qilib qo‘yadi. Yozuv malakalarini 6 – 7 yoshli bolalar uchun o‘qituvchi tomonidan bevosita kuzatib borishni talab etadigan qiyin jarayondir.
O‘quvchi o‘zining dastlabki yozgan harf va unsurlaridan ruhlanadi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi va qiyinroq harflarni yozishdan cho‘chimaydi. Bunda o’qituvchining bolalar bemalol bajara oladigan topshiriqlar tanlashi katta rol o‘ynaydi. Bu davrda boalalardagi psixologik xususiyatlarni ham tarbiyalash, hamda ularning fiziologik o‘sishlarini hisobga olish boshlang’ich sinf o‘quvchisining muhim vazifasidir. Yozuvning sifatini shakllantirish deganda biz uning aniq va toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo‘lishini, bir tekis silliq yozishni tushunamiz. Chiroyli yozuvga o‘rgatishning eng asosiy usullarida biri harflarning shaklini namuna qilib ko‘rsatish va yozishga o‘rgatish. Har bir harf namunasi doskada barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o‘quvchilarga daftarlariga alohida - alohida ko‘rsatib berishi lozim.
“Yozuv daftar” larida harflarning eng ko’p qo‘llaniladigan asosiy elementlari qo‘shib yozish uchun mo’ljallangan ayrim mashqlar ham berilgan. Bu mashqlar o‘quvchilarning qo‘l harakatini uzmasdan qo’shib yozishlarida katta rol o‘ynaydi.
Ayrim mashqlarda harf elementlari nuqtalar bilan qo‘shib berilgan, bunday ishlar o‘quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‘stirishda katta yordam beradi.
“Yozuv daftar”laridagi mashqlarining ko‘pchiligida elementlar aralish beriladi, chunonchi, bir qatorda kichik tayoqcha, cho‘zinchoq doira shakli va boshqalar.
O‘quvchilar uchun tanish bo‘lgan elementlarni bunday aralash qilib berish ularni yozuvga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki bir qator yozuvda bir necha xil element takrorlanadi. Mashqlarni bunday tuzish takrorlash vazifasini ham bajaradi.
Yozuv daftarida namunalar berilgan bo‘lsa ham sinfda husnixat mashqlari o‘qituvchi tomonidan doskada yozib ko‘rsatigan namunalar asosida olib boriladi. Shuning uchun har bir o‘qituvchidan harf shaklining yozilishini yaxshi bilishi talab etiladi.
Yozuv daftarida berilgan namunalar bilan o‘qituvchining yozib ko’rsatilgan namunasi o‘rtasida farq bo’lmasligi kerak.
O‘qituvchi yangi materialni to‘liq tushuntirib bergach, shu materialni yozuv daftaridan qarab yozishga ruxsat etadi. O‘tilmagan harf elementi yoki harfni mustaqil yozishga ruxsat etilmaydi.
O‘quvchilar alifbega tayyorgarlik davrida ayrim mashqlarni bajarga bo’lishlariga qaramay o‘qituvchi navbatdagi darsni e’lon qilishi bilan birga yozuv qurollarini qayta tekshirib chiqishi hamda quyidagi vazifalarni bajarishni maqsad qilib qo‘yishi lozim:
Barmoq va qo‘l muskullarining harakatini o’stiruvchi jismoniy mashqlarni o‘tkazish.
Doskaga mashqni yozib ko‘rsatish va asosiy diqqatni qayewrga jalb etishni tushuntirish. (ayrim o’quvchilar harfni qanday yozishni aytib berishlari mumkin).
Yozuv daftaridan foydalanish va yozishni qayerdan boshlashni tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |