O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi
Toshkent viloyati Xalq ta’limi bo‘limi boshqarmasi
Parkent tumani Xalq ta’limi bo‘limiga tasarrufidagi
16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI
AKRAMOVA MANZURAning
Boshlang‘ich sinf “Savod o‘rgatish darslarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanish” bo‘yicha
TAVSIYALARI
Toshkent viloyati Parkent tumani
16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bishlang‘ich sinf o‘qituvchisi
AKRAMOVA MANZURAning
“Savod o‘rgatish darslarida pedagogik
texnologiyalardan foydalanish” bo‘yicha
TAVSIYASI
Yaxshi o‘qituvchibo‘lish uchunnimani o‘qitsango‘shanga, kimnio‘qitsang o‘shalargamehr qo‘ymog‘ing zarur.
V.О.Кlyuchevckiy.
O‘qitish asrlar davomida ma’lum bilimlar majmuini egallashdan iborat bo’lib kelgan edi. Hozirgi paytda bilimlarni bir avlod hayoti davomida eskirib qolayotganligi ayni haqiqatdir. Bunda bilimlar hajmi, hatto ayrim ixtisosliklar doirasida ham shunchalik ulkanki, mavjud o’qitish metodikalari asosida uni o‘zlashtirish amalda mumkin bo‘lmay qolyapti. Boshlang‘ich ta’lim jarayoni mustaqil davlatning ta’lim - tarbiya tizimida umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo‘ladi. Ma’lumiki, amaldagi boshlang‘ich ta’lim predmetli o‘qitishga asoslangan ta’lim jarayoni bo‘lib, uning asosiy maqsadi bolalarda elementar tarzdagi o‘qish, yozish hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilishdan hamda ob’ektiv olam haqidagi tasavvurlarini oshirishdan iborat edi. Yangicha ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar rivojlanayotgan hozirgi davrda milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori bo’lgan boshlang’ich ta’lim quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘qish, o‘rganish istagi va ko‘nikmalarini shakllantirish;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida savod o‘rgatish davrining ahamiyati beqiyosdir. Bu davr jarayoni o‘quv predmetlarini o‘qitish samaradorligi va sifatini belgilaydi. Amaldagi boshlang‘ich ta’lim misolida bu qoida o’zining to‘la tadbiqini topgandek ko‘rinadi. Chunki, amaldagi o‘quv rejasida alifbe davri uchun ma’lum miqdorda o’quv soati belgilangan, lekin, ta’limning samaradorlik darajasi faqat o‘quv soatlarining miqdoriga bog‘liq emasligini pedagogik tajriba yaqqol ko‘rsatib turibdi. Masalaning asl mohiyati o‘quvchiga alifbe savodini qaysi ta’lim modeli vositasida, qaysi usullar yordamida singdirish lozimligini aniqlash bilan belgilanadi.
Husnixat malakalarini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to‘g‘ri tasavvur qilishga, bir xil qiyalash (650)da yozishga, harf usullarini bir –biriga to‘g‘ri bog‘lashga, so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Harflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani to‘g‘ri saqlash, kichik va bosh hariflarning nisbatini to‘g‘ri chamalab yozishga o‘rgatish lozim. Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirishga eng birinchi qoida bu gigiyenik talabidir.
O‘quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalarini ishtirok etishini ko‘ramiz. Bu bog’lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hol o‘quvchiga idrok etgan va sezgan narsalarini xotirada muhrlash imkonini beradi. Bola maktabga qadam qo‘ymasdan oldin (3 – 4 yoshdan boshlab) qo‘liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziqlar chiroyli yozuv talablariga to‘g‘rikelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi, chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun birinchi (maktabda) navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etadi.
Yozuv qurollaridan to‘g‘rifoydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |