Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi



Download 251 Kb.
bet1/17
Sana31.01.2022
Hajmi251 Kb.
#420730
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3 – 4 - sinf o’qish kitobi




MUNDARIJA


Kirish
I BOB. Badiiy asarni ifodali o‘qish va uning nazariy asoslari
1-fasl. Ifodali o‘qishda she’riy o‘lchovlarning o‘rni va ohangdorlikni
oshiruvchi vositalar
2-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning mavzu ko‘lami
va mazmundorligi
II BOB. 3- va 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning badiiy
tasviriy ifodaviyligi va leksik-semantik tahlili
1-fasl. 3- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarda qo’llanilgan badiiy
tasviriy vositalar va poetik figuralar
2-fasl. 4-sinf “O‘qish kitobi” dagi she’riy matnlarning leksik-semantik tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g’oyalarining hayotimizda toboro chuqur ildiz otib borishi ta’lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Yoshlarning har tomonlama kamol topishi, o’qishga havas qo’yishi esa maktabga ilk bor qadam qo’yib o’zlashtiradigan bilimlari, ko’nikma va malakalari darajasiga borib taqaladi. Bolalar kelajagimiz poydevori. Shu boisdan ham Prezidentimiz I.A. Karimov “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’- e’tibori, avvalombor, farzandlarimizning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib, hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”1, deb ta’kidlagan edi. Shu bois, bolalarning puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, ta’lim beruvchining mahoratiga va bolalarning ta’lim olishiga jiddiy e’tibor qaratmog‘i lozim. Ta’lim-tarbiya tizimida uning har bir bo’g’ini muayyan maqsadga yo’naltirilgani kabi boshlang’ich ta’lim, xususan, o’qish darslarida o’quvchilarni erkin fikrlashga o’rgatishi va mustaqil mutolaaga rag’bat uyg’otishiga ko’ra alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti so’z san’ati va tarbiya vositasidir. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos kitobxonlar qalbida o’y –fikrlar uyg’otadigan yorqin obrazlarga boy, yuksak g’oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo’lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, soda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak. Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir. Faqat qudratli chinakam badiiy asarlargina bolarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu yuksak talaablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, obrazli, ravon, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. Bunday asarlar, ayniqsa, yosh kitobxonni mustaqil fikrlashga, asar g’oyasini to’g’ri anglashga yordam beradi. Boshlang’ich ta’limning “O‘qish kitobi”da berilgan she’riy va nasriy asarlarning poetik xususiyatlari, g’oya va shakl uyg’unligini dars jarayonida chuqur o’rgatib borish o‘quvchilarni badiiy asarning yaratilishi haqidagi tasavvurlarini oshirib, malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, 3-,4- sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning g’oyaviy mazmuni va badiiy tasviriy ifodaviyligini tahlil va talqin qilish orqali o‘quvchilarning she’riy asarlarni yaratilishi xususida bilimlarini oshirish oqrali, ularni ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish, adabiyot orqali hayotni sevishni o’rgatish, mustaqil mushohada yuritishga undash mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’qish darslari orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarini she’riy asarlarni ifodali o’qitilishi, tasviriy ifodalari, unda ilgari surilgan g’oya va mazmun uyg’unligini tahlil qilish, she’riy o’lchovlar tiziminio’rgatishdan iborat.
Tadqiqotning vazifasi. Ushbu maqsadga erishish uchun tadqiqot oldiga qo’yidagi vazifalar qo’yiladi;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi bo’limlarda berilgan she’rlarning mavzu doirasini aniqlash;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’riy asarlarning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini oydinlashtirish;
- 3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’rlarning tizimliligi, turoqlanishini tahlil qilish;
-3-,4-sinf “O‘qish kitobi”dagi she’rlarda qo’llanilgan tasviriy ifodaviy vositalarning, poetik figuralarni tahlili qilish.

Download 251 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish