Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


-sinf “O‘qish kitobi” dagi she’riy matnlarning leksik-semantik tahlili



Download 91,07 Kb.
bet10/11
Sana04.06.2022
Hajmi91,07 Kb.
#635590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-sinf o\'qish kitobidagi she\'riy sarlar ustida ishlash

2.2. 3-sinf “O‘qish kitobi” dagi she’riy matnlarning leksik-semantik tahlili
Badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning o‘ziga xos qurilishidir. U oddiy so‘zlashuvdagi nutqdan gap tuzilishiga ko‘ra jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba’zi o‘rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga to‘la rioy qilingan bo‘ladi. Badiiy asar tilida fikrning ta’sirchan bo‘lishi asosiy maqsad qilib qo‘yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan ishonchli bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. She’riy, nasriy asarlarda fikrning hissiy ta’sirchan bo‘lishiga erishish uchun gap qurilishining intonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, antiteza, ritorik murojaat, ritorik so‘roq kabi ifoda usullari qo‘llaniladi.
Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nechasi birgalikda, o‘zaro botiq holda ham ishlatiladi. Masalan, ayrim she’rlarning bir bandida o‘xshatish ham, sifatlash ham, mubolag‘a, jonlantirish ham qo‘llangan bo‘ladi. Ular ta’sirchan obraz va manzara yaratish bilan birgalikda, ijodkorning voqelikka munosabatini ham bildirib turadi.
Yil fasllari tasviriga bag’ishlangan she’rlaridagi o’ziga hos ohorli tashbehlar kitobxon ko’z o’ngida Ona tabiat tarovatini o’zgacha ranglarda namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan Zafar Diyorning “Birinchi qor” dagi rangin chizgilar qish faslining turfa holatlarini yaratishi bilan xarakterlidir.
Oppoq tiniq
Oppoq qor.
O’ynab tushar osmondan.
Qor qo’ynida o’ynoqlab
Yurar yoshlar shod-xandon.
Mohir qo’lli
Tabiat
O’z hunarin ko’rgazar…
Marhabo –
Deb bizlarga
Sepayotir zar va zar.
Issiq-issiq
Kiyinib
Qor qo’ynida o’ynaymiz…(87-bet)
Shoir yosh kitobxonga tabiatni mohir qo’lli hunarmandga o’xshatyapti. Hunarmand o’zining bejirim mahsulaotini xalqqa ulashgani kabi, mohir usta Tabiat ham oppoq zarrin qor parchalarini elga ulashyapti. Uning bag’ri kengligidan barcha shodon. Shoir she’rda badiiy tasvir vositalarini shunday o’rinli qo’llaganki, jonlantirish usuli orqali oppoq qor obrazini mohirona yaratgan. “Oppoq qor, O’ynab tushar osmondan”, “O’z hunarin ko’rgazar…”, “Sepayotir zar va zar”. Bunda qor raqqosa singari o’ynashi, hunarmand kabi o’zi yaratgan zarbop liboslarini yoshu keksaga ulashayarti. Jonlantirishning tashhis usuli orqali tabiat va qorni insoniylashtirayapti. She’rda poetik shakl jihatidan qati’ (ya’ni arabcha she’riy nutqni kecish usuli) usuli qo’llangan.
Umuman olganda, darslikda keltirilgan she’rlarda badiiy tasvir vositalari va poetik figuralar juda o’rinli qollangan.


Xulosa
She’r ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solingan, his-tuyg`u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma`lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo’laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar) hisoblanadi.
She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea- hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang`ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she’rlar o’qitiladi.
She’riy hikoya, she’riy ertaklarda syujet, ya`ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta`sirida insonda tug`ilgan ruhiy
kechinma, fikr va tuyg`ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg`uga to’la hayajonli nutqini ta`sirliroq ifodalashda qo’l keladi”.
Lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko’p hollarda she’rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she’riy san`at hissiyot bilan bog`liq ekanligi unutiladi, she’r ma`nosining satrlar, so’zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o’quvchilar she’rdagi obrazlilikning mag`zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma`noni o’qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta`limning maqsadi ham amalga oshmaydi.
She’riy ohangni his qilmaslik, matn so’zlarini to’la tushunib yetmaslik she’r yodlashni zerikarli mashg`ulotga aylantiradi. Ma`nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi.

Download 91,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish