Boshlang’ich sinf o’qish kitoblarida o’zbek bolalar she’riyatining o’qilishi


Mavzu: Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri



Download 91,07 Kb.
bet6/11
Sana04.06.2022
Hajmi91,07 Kb.
#635590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-sinf o\'qish kitobidagi she\'riy sarlar ustida ishlash

Mavzu: Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri
Darsning maqsadi: she'r mazmuni bilan tanishtirish va tabiat haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, she'r o’qish sifatlarini takomiliashtirish., tabiatga mehrmuhabbat hissini kuchaytirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars usuli: suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: tabiat manzarasi tasvirlangan plakat, rasmlar, qushlarning rasmlari.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism.
o’quvchilarning uyda o’qib kelgan asarlari so’raladi. Olib kelgan kitoblari ko’rib chiqiladi.
2. Yangi mavzu: Qambar Otaning “Ona tabiat” she’ri haqida
1. Bir necha o’quvchiga ,, Ona tabiat " she'ri 4 qatordan yod ayttiriladi.
Vatanimda to’rt fasl,
Biri-biridan asl.
Qish qori qandga o’xshar,
Muzi novvotga o’xshar.
Bahoring ko’kati,
Har bir mitti ko’chati.
Tahga quvvat baxsh etar,
Sog’lom qudrat naqsh etar.
Quyoshda yashnab yozi,
Qilar el-xalqni rozi.
Kuzida quvnar tole,
Olma,o’rik, shaftoli.
Yuzlab turda asali,
Bir-biridan mazali.
Bunday yurtda mutassil,
Yetilar dono nasl.
Demak, Ona tabiat
Bizni der har vaqt (162-bet)
She'r yuzasidan suhbat uyushtiriladi:
— She'r nima haqida ekan?

  • Tabiatning to’rt fasli o’ziga xos xususiyatga egaligini shoir tavsiflafan.

  • Tabiatning bunday saxiyligi nima uchun ekan?

  • Tabiat va inson o’zaro bog’liq. Inson tabiat qo’ynida shod yashshi uchun uning ne’matlaridan bahraman bo’lishi lozim.

  • Tabiat o’z mo’jizasini bizning yurtimizga qanday in’om etar ekan?

  • Bizning o’lkamiz quyoshli bo’lgani uchun tabiat o’z mevalarini juda mazali, totli holatda insonlarga ulashadi.

  • Nima uchun biz tabiatni onaga qiyoslar ekanmiz?

  • Tabiat onamiz kabi g’amxo’r bo’lgani uchun biz uni Ona Tabiat deb ataymiz.

She'rda shoir ,,dalalarni aylanaman, chigirtkalar qo’shig’ini eshitaman, bulbullarni shod qilsam, o’t bilan suhbatlashsam, mushukni sut bilan mehmon qilsam, xayron bo’lmang. Ular mening do’stlarim. Ular bilan ko’nglim xush. Tabiat mening uyimdir", — deb aytyapti. (o'quvchining javobi)
— ,,Mening tomirimga tutash o’t ildizi, tunlari oy va yulduzlari daftarimni yoritadi. Ona yer zaharlansa, ko’ksim og’riydi. Sen uni asra, mangu qolsin, o’lmasin", deyapti. (2-o'quvchining javobi)
Hurmatli, o’quvchilar! Demak, biz tanishgan she'rimizda tabiat kuylangan ekan. Tabiat bizning ikkinchi onamiz. Chunki biz onamiz va tabiat quchog’ida yashaymiz. Shuning uchun ham biz uni ,,Ona tabiat" deb ataymiz. Biz uning bag’ridagi o’simliklarni, qushlarni, hayvonlarni, dengizu ko’llarni va boshqa boyliklarni asrashimiz, e'zozlashimiz kerak. Tabiat insonga birgina toza suv, havo, oziqovqat, kiyimkechakkina emas, sog’lik, a'lo kayfiyat ham beradi.
Bolalar tabiatimizni qushlarsiz tasawur qila olmaymiz. Ular tabiatning nodir va g’alati jonivorlaridan biridir. Qushlar zararkunanda hasharotlarni yeb, kishilarga foyda keltiradi va estetik zavq baxsh etadi. Siz ularning sayrashidan olamolam zavq olasiz. Masalan, bulbul, sa'va va boshq. (Shu o’rinda qushlarning rasmi ko’rsatiladi va ,,Bahor valsi" kuyi eshittiriladi).
— Hasharotlardan kapalak va ninachilar tabiatimizning jonli bezagidir. Kapalaklar chiroyi bilan o’ziga maftun etadi. Gullar chamani uzra qanot qoqib, hayot qo’shig’ini kuylashadi. Lekin hozirgi kunda ularning turlari kamayib ketgan. Buni hamisha yodda tuting. Ularni asrang, ermakka kapalak tutmang. (Rasm ko’rsatiladi)
Bizning hayotimizda o’simliklar ham katta o’rin tutadi. Ayniqsa, yalpiz, qoqio’t, otquloq kabi ko’katlarning inson salomatligini tiklashda o’rni kattadir.
— Bolalar bizning hayotimizda yana bir muhim narsa obihayotdir. Biz suvsiz hayotimizni tasawur qila olmaymiz. Mana shu suv ham tabiat qo’ynidan inju bo’lib oqadi. Suvni ham asrashimiz kerak. Buning uchun daryolarni, ko’llarni, irmoqlarni saqlamog’imiz darkor. Turmushda, kundalik hayotimizda suvlarni tejab ishlating!
Xulosa qilib aytganda, tabiatimizning bundan ham chiroyli, obod bo’lishi siz bilan bizning qo’limizda ekan.
O’quvchilarga tabiat haqida yod olgan she'rlaridan, topishmoq va maqollardan ayttiriladi:
Dengizu daryoda yashar,
Asosan ko’klarda kezar.
Zeriksa bormi, osmondan
Zamin uzra qaytib tushar. (Suv)

Ikki yaproq bir tanda,


Kezar gulzor chamanda. (Kapalak)
Shu o’rinda shoirlarning tabiat haqidagi har xil kitoblari ko’rgazmasini uyushtirish ham mumkin.
Uyga vazifa qilib gullar haqida she'rlardan yod olib kelish beriladi.
Keyingi darsda ,,Gullar aytishuvi" uyushtiriladi.
Dars yakunlanadi.
Yosh kitobxon ko’z o’ngida Ona-tabiatning jonli, mukammal manzarasi yaratiladi.

Download 91,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish