Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida so‘z birikmasi yuzasidan berilgan bilimlar tahlili



Download 253,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.06.2022
Hajmi253,05 Kb.
#657825
1   2   3
Bog'liq
2570-Article Text-5265-1-10-20220227

sinfxona, uviversitet, sanash, o‘qish, madrasa, yurtimiz, maktabxona, yozish, 
qorixona 
_______________da qadim zamonlardan beri maktablar bo‘lgan. Tarixda 
maktablar _________, __________ deb atalgan. Bunday maktablarda bolalar faqat 
______ 
va 
_______ni 
oʻrganishgan. Taʼlimning yuqori bosqichi esa 
___________larda davom etgan”. 
Ushbu topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilar har bir so‘zni bo‘sh o‘rinlarga 
qo‘yib, talaffuz qilib ko‘rishlari, aynan munosib so‘zni topish uchun so‘zlarga so‘roq 
berishlari, vergul belgisi mavjud o‘rinlarda so‘zlarni ohang orqali ajratib talaffuz 
qilishlari mumkin. Bunda o‘quvchilarda sintaksis bo‘limiga oid so‘zlarning 
bog‘lanishi yuzasidan amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilinishiga erishiladi. 
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi 3-4-sinf o‘quvchilarining so‘z birikmalariga oid bilimlar 
bilan tanishuvlari 2-sinfdan boshlab nazariy tarzda amalga oshirilgan bo‘lsa, 
endilikda 2-sinfda ham bunday bilimlarga faqatgina amaliy tarzda yondashilgan, 
xolos. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
735


“Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzusi 3-sinf darsligida ham berilgan bo‘lib, 
2-sinfda o‘rganilganlardan asosiy farqi uning gap bo‘laklari mavzusidan keyin 
o‘rganilishi, so‘zlarning bog‘lanishi so‘roqlar yordamida aniqlanishi haqida 
ma’lumot berilganligi va kelishik qo‘shimchalari haqida boshlang‘ich bilimlar 
berilganligidir. Jumladan, quyidagi qoidalar keltiriladi: 
1.
“Gapda so‘zlar mazmunan o‘zaro bog‘lanadi. Gapda so‘zlarning bog‘lanishi 
so‘roqlar yordamida aniqlanadi”. 
2.
“-ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi: 
Ukam bog‘chaga boradi
.” 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ayniqsa 3-sinf 
o‘quvchilari uchun juda ko‘p yangi qoidalar va atamalar berilgan bo‘lib, o‘quvchilar 
o‘zlari o‘qigan har qanday gapning ham mazmunini chaqa olishmaydi. Shunday 
ekan, birinchi qoidadan so‘ng, albatta namuna uchun gap berilishi va izohlanishi 
kerak deb hisoblaymiz. Masalan, 
Sayyora bog‘da lola terdi
. Kim terdi? - Sayyora 
terdi. Qayerda terdi? - bog‘da terdi. Nima terdi? - lola terdi.
Ushbu qoidani mustahkamlab, tushunib olish uchun mashqlar ham berilgan, 
lekin darslikda beriladigan har qanday ma’lumot o‘quvchining yosh xususiyatlarini 
hisobga olgan holda, ular uchun tushunarli tarzda yetkazib berilishi zarur. 
Ahamiyat berib qaraydigan bo‘lsak, “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” mavzusi 
bilan o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab amaliy tarzda tanisha boshlaydilar. 3-sinfda ham 
xuddi shu mavzu kelishik qo‘shimchalariga oid bilimlar bilan boyitilib, biroz 
murakkablashtirilib, ammo nomi o‘zgartirilmagan holda yana qayta tushuntiriladi. 4-
sinfda esa so‘z birikmalariga oid yangi bilim deyarli berilmagan, ya’ni 3-sinfda 
o‘rganilgan qoida shunchaki shakliy jihatdan o‘zgartirilib takrorlangan xolos. 
Jumladan, ushbu qoidani ko‘rib chiqamiz:
“Gapda so‘zlar o‘zaro 
-ni, -ning, -ga (-ka, -qa), -da, -dan
qo‘shimchalari 
yordamida bog‘lanadi”. Bu qoida 3-sinf darsligida keltirilgan 
“-ning, -ni, -ga, -da, -
dan
qo‘shimchalari gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘laydi” degan qoida bilan bir-
biridan farq qilmaydi.
E’tiborli jihati shundaki, xuddi mana shu qo‘shimchalar sintaksis bo‘limida so‘z 
birikmalarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar hisoblanadi. So‘z birikmalarini esa 
o‘quvchilar ikki yil davomida “gapda so‘zlarning bog‘lanishi” degan nom ostida 
o‘rganib keldilar. Endi 4-sinfga kelib ham deyarli yangi bilimlar berilmay, o‘tilgan 
narsani qayta-qayta takrorlayverishdan ma’no yo‘q, albatta. Shunday ekan, xuddi 
mana shu kelishik qo‘shimchalarini o‘rgatish bilan bir paytda o‘quvchilarni “So‘z 
birikmasi” tushunchasi bilan ham tanishtirishni taklif qilgan bo‘lar edik. Masalan, 
yuqoridagi qoidani quyidagi ko‘rinishda berish mumkin: 
“Gapda so‘zlar o‘zaro 
-ni, -ning, -ga (-ka, -qa), -da, -dan
qo‘shimchalari 
yordamida bog‘lanib, so‘z birikmalarini hosil qiladi”. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
736


O‘quvchilarda so‘z birikmasi haqida tasavvur hosil qilish maqsadida namuna 
sifatida quyidagi gapni berish mumkin: 
Nigora rasmni qora qalamda chizdi
. So‘z 
birikmalari: 
rasm
ni
chizdi, qora qalamda, qalam
da
chizdi
. So‘z birikmalari 
tarkibidagi kelishik qo‘shimchalarining to‘q rang bilan ajratib yozilishi o‘quvchilarda 
so‘z birikmalarini hosil qilayotgan qo‘shimchalarga nisbatan e’tiborni oshiradi va 
yuqori sinfda o‘rganiladigan kelishik qo‘shimchalari haqidagi bilimlarga zamin 
hozirlaydi. 
Shuningdek, ushbu qoidaga mutanosib ravishda berilgan mashqlar tarkibidagi 
shartlarda ham o‘zgarish bo‘ladi, ya’ni so‘z birikmasi haqidagi bilimlarni 
mustahkamlashga oid shartlar ham kiritiladi. Masalan, darslikdagi 28-mashqda 
berilgan “So‘roqlar yordamida gapdagi so‘zlarning bog‘lanishini aniqlang va 
chizmada tasvirlang” shartini “So‘roqlar yordamida gapdagi so‘z birikmalarini 
aniqlang va chizmada tasvirlang”ga o‘zgartirish mumkin.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin: “So‘z birikmasi haqidagi bilimlar 4-sinf 
o‘quvchilari uchun og‘irlik qilmaydimi? Axir bu mavzu yuqori sinfda o‘rganiladigan 
mavzu hisoblanadi-ku”. Bu savolga ham atroflicha javob berishga harakat qilamiz. 
Birinchidan, o‘quvchilarga ikki yil mobaynida “Gapda so‘zlarning bog‘lanishi” 
mavzusi ostida bilim berilib, so‘z birikmalari haqidagi bilimlarga zamin hozirlangan 
edi. Qolaversa, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga oladigan bo‘lsak, ular 
bir yil davomida anchagina ulg‘ayishadi va endilikda ularga gap bo‘laklari haqida 
ham bilimlar berilmoqda. Gap bo‘laklari ham, so‘z birikmalari ham sintaksis 
bo‘limining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Shunday ekan, bu davrda 
o‘quvchilarni “so‘z birikmasi” atamasi bilan ham tanishtirish mumkin. 
Ikkinchidan, aynan 4-sinfdan boshlab so‘zlarning ohang yordamida 
bog‘lanishini o‘rganish bilan birgalikda “Uyushiq bo‘laklar” mavzusi o‘rganiladi, 
ya’ni sanash ohangi yordamida, shuningdek 
va, ammo, lekin, biroq
so‘zlari bilan 
bog‘langan so‘zlar uyushiq bo‘laklar deb atalishini o‘quvchilar bilib oladilar. Lekin, -
ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari yordamida bog‘langan so‘zlardan nima hosil 
bo‘lishi ularga mavhumligicha qolaveradi. Mana shu mavhumlikning oldini olgan 
holda o‘quvchilarga “so‘z birikmasi” atamasi singdirilsa, bu yuqori sinflarda 
o‘rganiladigan “Teng va tobe bog‘lanish” mavzusi uchun ham poydevor bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin. Chunki endilikda ular teng bog‘lanish deganda uyushiq 
bo‘laklarni, tobe bog‘lanish deganda so‘z birikmalarini yodga olishadi. Bundan 
ko‘rinadiki, so‘z birikmasi haqidagi bilimlarni 4-sinfdan boshlab berib borish 
maqsadga muvofiq bo‘lar ekan.
Qolaversa, yuqori sinfda ham so‘z birikmasiga oid sintaktik bilimlar o‘rganilsa-
da, o‘quvchilar bilimi talab darajasida emasligi, bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilarda 
ham ona tili bo‘yicha milliy o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan kompetensiyalarga ega 
emasliklari, ya’ni mavjud bilimlarni hayotda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
737


emasliklarini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu mavzu anchagina murakkab ekanligi, 
uni o‘rganishni ertaroq boshlash va ko‘proq takrorlash zarurligi ayon bo‘ladi.
Shunday ekan, o‘ylaymizki, ushbu jarayon qanchalik barvaqt amalga oshira 
boshlansa va ko‘proq takrorlashga erishilsa, o‘quvchilarning sintaktik bilimlarini 
yana-da oshirishga yaxshigina hissa qo‘shishga muvaffaq bo‘lishimiz mumkin. 

Download 253,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish