Boshlang`ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallarning ahamiyati
Atayeva Go`zal UrDU 1-kurs magistr talabasi
Jamiyatimizda bugungi kunda ta`lim sohasida olib borilayotgan islohotlarga dunyo hamjamiyati tan bermoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev ta`lim- tarbiyaga uzluksiz jonli ijodiy jarayon, murakkab hodisa sifatida yondashadi. Shu bois ham ta`lim sohasi respublikamizda ravnaq topib yuksalayotgan yo`nalishlardan biri hisoblanadi.
Boshlang`ich ta`limda matematika fanining maqsad va vazifalari boshlang`ich maktabda matematika ta`limi o`quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o`z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo`llash hamda ta`limning ikkinchi bosqichida o`qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta`minlashga xizmat qiladi.
Yuqorida ko`rsatilgan maqsad va vazifalarni ta`limda chuqur ildiz otib mustahkamlashda boshlang`ich sinfda matematik masalalarning ahamiyati kattadir. Ayniqsa masalalarni kiritish orqali tarixiy materiallarga urg`u berib, matematika ta`limi jarayonida matematikaning qiziqarli tomonini oshirish uchun 1-4-sinflardagi masalalarda ta`riflanayotgan atama, termin va nomlarning ma`no mazmuni va kelib chiqishini bilishga intilish buni imkoni boricha o`qituvchi o`quvchiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi . Shu fikrlar nuqtai nazaridan o`z o`lkasining tarixi , tabiati ,boyliklarini o`rganadigan ekskursiyalar tashkil etish,to`garak ishini joylashtirish kabi sinfdan va maktabdan tashqari ishlar muhim ahamiyatga egaki, bu tadbirlar DTS da va o`quv dasturlarida ko`zda tutilgan .
Matematika darsliklarida tezlikka oid masalalarda viloyat, shahar va qishloqlar nomi berilgan bo`ladi. Masalani yechish davomida o`quvchilarda joy nomlariga nisbatan qiziqish va savollar uyg`onishi mumkin. Avvalo o`z o`lkasining qolaversa faqat darslarda emas har kuni ommaviy axborot vositalarida eshitiladigan geografik nomlarning ma`nosini va atalish sababini bilish bugungi axobrotning tezkorligi davrning talabi hamdir. Tarixiy materiallarni o`rganish o`quvchilarning kompitensiyasini shakllanishiga va uni avtomatik rivojlanishiga yuz tutadi. Ayni paytda o`zi yashab turgan o`lka, o`zi mansub bo`lgan xalq o`tmishi va qadryatlarini hurmat qilish, avlod ajdodlarning orzu-umidlari mujassam bo`lgan nomlar vatan tarixining bir bo`lagi bo`lganidan xalqning topqirligi va donishmandligini ko`rsatadigan geografik nomalar vatanga iftixor tuyg`ularini tarbiyalaydi. Muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Toponimikada ma`nosi va kelib chiqishi aniq bo`lgan oydin nomlar , muayyan tahlilni talab qiladigan nooydin nomlarga ajratish tasnifi bor. Masalan: matematik masalalarda uchraydigan viloyat va shahar nomlari: Samarqand, Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo toponimlari o`quvchilar uchun ularning ma`nolari nooydin toponimlar jumlasiga kiradi. Masalan: masalada Xorazm so`zi keltirilgan bo`lsa, o`qituvchi Xorazm nega aynan bunday nomlanishi yuzasidan o`quvchilarga savol tashlab qiziqtirishi va qiziqarli ma`lumotlarni tarixiy materiallar orqali bayon qilishi mumkin. Xorazm atamasi Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avestoda, bundan 2700 yil oldin keltirilgani, Xorazm so`zi "quyoshli o`lka"degan ma`noni anglatishi haqida ma`lumot berishi asosida o`quvchilarda tarixga muhabbat hisini oshirishga, tarixiy axborotlar bilan ishlash texnikasini oshiradi.O`qituvchi o`quvchilar bilan ishlashda faqat masalaning yechimini izlash emas, balki ularning ma`nolari va kelib chiqish sabablarini dars boshida tarixiy ma`lumot sifatida aytib o`tsa (she`rlar, rivoyatlar, ko`rgazmali qurollar yordamida rasm va video lavhalar yordamida)o`quvchilarning tayanch kompitensiyalari oshishiga xizmat qiladi.
Shu nuqtayi nazarda boshlang`ich sinf uchun darslik va o`quv qo`llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.SH. Levenberg), o`qituvchilar uchun qo`llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.SH.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o`quvchilar uchun, tajriba-sinov qo`llanmalari (M.Ahmedov, N.Abduraxmonova, R.Ibragimov, Y.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to`plami (o`quv materiallari) orqali boshlang`ich maktab o`quvchilarining bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to`xtalib o`tishgan. O`quvchilar 1-4 sinflarda har qanday tarixiy materialni o`ziga singdira oladi, qachonki uning ongiga va qalbiga mos yo`lni topa olsak va tarix uning uchun mavhum bo`lgan bir paytda unga oson va sodda yo`llar hamda maqbul usullarni tanlash har bir o`qituvchi uchun o`rinlidir.Shundagina o`quvchilarda kelajak va tarix tushunchasi o`rtasidagi bog`liqlik yanada mustahkamlanib, fanga oida va tayanch komoitensiyalari rivojlanish imkoniyatlari kuchayadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. L.Sh.Levenberg “Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi” Toshkent “O`qituvchi “ 1996.
2. M. E.Jumayev, Z. G`. Tojiyeva “Boshlang`ich sinflarda matatika o`qitish metodikasi” Toshkent – 2005.
Do'stlaringiz bilan baham: |