Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‗zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ //Barkamol 
avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: ―Sharq‖ nashriyot matbaa-
konserni. 1997-yil. 
2. Yo‗ldosheva J.R. Usmonova S.A., Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
amaliyotga joriy qilish. –T: ―Fan va texnologiya‖ nashriyoti. 2008-yil. 
3. Усманова Э.З. Мотивационная эмоциональная регуляция мышления в 
условиях интеллектуального конфликта. – Тошкент: ―Ўқитувчи‖, 1993. – 104 с. 
4. Маркова А.К., Матис Т.А., Орлов А.Б., Формирование мотивации 
учения: Кн. Для учителя. –М.: 1990 г. 192 c. 
 
BOSHLANG„ICH SINF O„QUVCHILARINING MUSTAQIL O„QISH 
KO„NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI 
 
SHabbazova D.R. 
TerDU katta o‟qituvchisi 
 
Komil inson tarbiyasida o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lish ham muhim shartlardan 
biri sanaladi. Mustaqil fikrlay olish uchun ko‘p o‘qish, o‘qiganlarini mushohada qila 
bilish, ma‘lum xulosalar chiqarish talab etiladi. 
Mustaqillik tufayli ta`lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, ta`lim 
mazmunidagi o`zgarishlar bevosita o‘quvchilarning mustaqil ko‘nikmalarini 
shakllantirish - sinfdan tashqai o`qish darslarini tashkil etishni takomillashtirishga
turtki bo`ldi. 
Komil insonni tarbiyalashda boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan o`quv fanlari 
orasida o`qish darslari salmoqli o`rinni egallaydi.Negaki, uning zaminida 
savodxonlik va axloqiy – ta`limiy tarbiya asoslari turadi. 
Bola maktabga kelgach avval o`qish, yozishni o`rganadi. Asta-sekin unga 
mustaqil kitob tanlay olish, o`qigan kitobini to`g`ri baholay olish kabi ko`nikmalar 
ham shakllantirib boriladi.‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ning bosh yo`nalishini 
mustaqil fikrga ega bo`lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni tashkil etadi.Badiiy 
adabiyotlarni mutoala qilish o`quvchilarda mustaqil fikrlashga,mulohaza yuritishga 
o`rgatadi. 


124 
Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan 
tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob 
bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob 
o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak 
avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi. Bu 
masalalarni ijobiy hal etish uchun biz sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil 
etishning qulay usullarini aniqlashimiz va amaliyotga tadbiq qilishimiz zarur. Ammo 
shunisi 
e`tiborga 
loyiqki, 
R.Mallayev, 
M.Qodirova, 
O.Roziqov, 
T.Niyozmetovlarning ilmiy ishlarida o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini 
shakllantirish omili bo`lgan sinfdan tashqari o`qishga ta`limning o`ziga xos shakli 
emas, balki mustaqil ishlarning bir turi sifatida yondashilgan. Bunday yondashish 
ta`lim tizimining bugungi taraqqiyoti talablariga javob bermaydi.
Mustaqil o`qish va uning boshlang`ich ta`limda tutgan o`rni K.Qosimova, 
H.Abdullayev, Q.Abdullayeva, S.Matchonov, M.Pirnazarov, M.Mirqosimova kabi 
o`zbek olimlarining, rus medodist olimlaridan M.A.Ribnikova, S.Abramovich,
A.Djaleley kabi olimlarining, so`nggi yillarda esa pedagogika fanlari nomzodi 
B.Ma`qulovaning ―Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va 
uni tashkil etish‖, pedagogika fanlari doktori Q.Husanoboyevaning ―Adabiy ta`lim 
tizimida mustaqil fikrlash muammosi‖ [1, 69-b] ishlarida mustaqil ta`limning 
adabiyot o`qitishdagi, xususan, o`qish ta`limidagi o`rni va roli o`rganiladi. Lekin 
jamiyat rivojlanishi bilan bog`liq holda mustaqil o`qish uchun badiiy adabiyotlarning 
yaratilayotganligi aynan boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish darslari uchun 
yangi o`quv materiallarini tanlash va o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini 
takomillashtirishni taqozo etadi. 
Boshlang`ich sinf ona tili ta`limining mazmuni va o`quvchilar bilimiga 
qo`yilgan talablarda ―Boshlang`ich ta`lim bolaning mantiqiy tafakkur qilish 
salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va 
o`z-o`zini anglash salohiyatini… moddiy borliq go`zalliklarini his eta olishga, 
go`zalik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o`ziga singdirishga va 
ardoqlashga, ularga rioya qilishga o`rgatadi―,-deb ta`kidlanadi. [2, 47-b] 
Boshlang`ich sinflarning sinfdan tashqari o`qish darslarida ham badiiy asar matni 
ustida umumiy tarzda bo`lsa ham, qisqa vaqt ajratib tahlil o`tkaziladi. Badiiy asar 
matni tahlilida uning tili ustida, badiiy vositalari ustida ishlash orqali, qiziqarli 
kitoblarni tavsiya qilish orqali o`quvchilarda kitob o`qishga qiziqish uyg`otiladi. 
Sinfdan tashqari o`qish darslari mustaqil kitobxonni tarbiyalashda muhim o`rin 
tutadi. 
Boshlang`ich ta'limda sinfdan tashqari o`qish darslari samaradorligini 
ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini 
qo`llash juda muhimdir. Jumladan, sinfdan tashqari o`qish darslarida 
uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga 
ega bo`lishi, o`rganilayotgan asar mavzuni ni o`zlashtirishga, asar yuzasidan ta'limiy 
va tarbiyaviy xulosa chiqarishga qaratilishi lozim. Intеrfaol usullardan o`rinli, 
O`quvchilarning qobiliyatlarini hisobga olgan qolda foydalanish lozim. Rixsixon 
Ubayxo`jaеva ―Ilg`orpеdagogik tеxnologiyaning juda ko`p usullari mavjud bo`lib, 
boshlang`ich sinf ona tili darslarida ular sеminar darslar, konfеrеntsiya darslari, 


125 
‖Aqliy hujum‖, ―Kichik guruhlarda ishlash‖, ―Sinkvеyn‖, ―BBB‖(Bilar edim, bilishni 
xohlayman, bilib oldim), ―Dеbatlar‖, ―Tanqidiy tafakkur‖ va boshqalarni ko`rsatadi. 
Bu usullardan o`quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab 
foydalanish samara natijalar beradi. 
Sinfdan tashqari o`qish darslarida o`zbek bolalar yozuvchilari asarlarini mustaqil 
o`qishlarini tashkil etishda ilg`or usullardan foydalanish bolalarda ularning ijodiga 
qiziqish uyg`otadi va bola mustaqil ravish ularning boshqa asarlarini topib o`qiydi. 
Masalan, Tursunboy Adashboyev ijodini sinfdan tashqari o`qish darslarida o`rganish 
o`quvchilarda uning ijodiga katta qiziqish uyg`otadi. Tursunboy Adashboyevning 
―Qish‖ she`rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro`y 
beradigan o`zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she`rni o`qishdan 
oldin ham o`quvchilar bilan savol-javoblar o`tkaziladi. O`quvchilar diqqati 
hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning 
rangi o`zgarib, qorda o`zini dushmandan himoya qiladigan oq rangga kirishi, 
ayiqning o`siq yunglari sovuqda yashashga qo`l kelishi to`g`risida tushuncha beriladi. 
She`r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga ―ayoz‖, ―quyruq‖, ―so`qmoq‖, 
―piyma‖, ―po`stin‖ ―pahmoq‖ so`zlari yozilib, ma`nosi izohlanadi. She`rni navbat 
bilan o`quvchilarga to`rt-besh marta o`qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan 
savol-javob o`tkaziladi. SHe`rning to`la mazmuni uch-to`rt o`quvchilarga 
gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to`ldiriladi. Mazkur mavzuni o`rganish 
jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan 
dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini 
kuzatish o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo`lishi 
uchun boy material beradi. 
Sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham 
e`tiborni kuchaytirish lozim. O`qish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan 
talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va badiiy til elementlarini bilishlari 
zarurligi qayd etilgan bo`lsa, o`quvchilarning ko`nikma va malakalariga bog`liq 
talablarida ―tilning ifoda vositalarini o`rinli qo`llay olish va ularning uslubiy 
imkoniyatlaridan foydalana olish‖lariga e`tibor qaratilgan. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish