Бошланғич таълим факультети “Бошланғич таълим методикаси” кафедрасининг ўқитувчиси Жураева Мухтасар Абдукаххоровнанинг



Download 1,03 Mb.
bet4/8
Sana10.07.2022
Hajmi1,03 Mb.
#770635
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
CHEKISHNING ODAM ORGANIZIMI UCHUN ZARARLI OQIBATLARI

2.Tibbiy statistika
Sigaret chekishning oqibatlari juda turlicha bo’lishi mumkin — tamaki tutuni deyarli barcha ichki organlarga ta’sir qiladi. Biroq, ushbu zararli odatning eng ko’p kuzatiladigan asoratlari quyidagilardir:
Surunkali bronxit;
Nafas olish tizimining onkologik kasalliklari;
Yurak-tomir patologiyalari (YIK, arterial gipertoniya, qon tomir trombozi va boshqalar).
O’pka saratoni bilan og’rigan bemorlar 90 foizining anamnezida chekish holatlari mavjudligini statistika ham tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bronxit va emfizemadan o’lim hollarining 75 foizi u yoki bu tarzda bu zararli odat bilan bog’liq. Chekuvchilarning yurak xastaliklari ham 25% hollarda og’irroq kechadi va ko’proq o’limga olib keladi.
Hech qachon sigareta chekmagan shaxslar stenokardiyadan 13 marta, miokard infarktidan 12 marta, oshqozon yarasining xuruj olishidan 10 marta kamroq aziyat chekadi.
Sigareta tutunidan aziyat chekmaydigan a’zo yo’q: kashandalarning yuragi chekmaydiganlarnikiga qaraganda soatiga o’rtacha 650 taga ko’proq uradi, shu holda ham organizmni kislorod bilan yetarlicha ta’minlab turolmaydi. Birinchidan, havo o’pkaga juda kichik hajmda kiradi, ikkinchidan, sigareta tutunidagi is gazi gemoglobin bilan birlashib, organizmda kislorod almashinuvini buzadi. Natijada miya, jigar, buyraklar, ayirish va reproduktiv tizim shikastlanadi, shunga qarab kasallanish va o’lim ko’rsatkichlari sezilarli darajada oshadi.
3. Ayollar va o’smirlar uchun sigaret chekish zararlari
Ayol organizmi tamakiga erkaklarnikiga ko’ra ancha sezilarliroq reaktsiya qaytaradi. Asosiy kasalliklardan tashqari, nozik jins vakillari chekish natijasida go’zalliklari, yoshliklari va eng asosiysi — ona bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishadi.
Doimiy chekuvchi ayollarda bepushtlik darajasi 42 foizni tashkil etadi. Chekish bilan tanish bo’lmaganlarda esa bu ko’rsatkich 4 foizdir.
Chekishda tirnoq va sochlar kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi, xira va mo’rt bo’lib qoladi, deyarli o’sishdan to’xtaydi. Tamaki tutuni tufayli tishlar asta-sekin vayron bo’ladi, og’izdan keladigan noxush hidni hech bir saqich yashira olmaydi.
Teri normal ko’rinishdan 10-15 yoshga qariroq ko’rinadi.
Umumiy qilib olganda, quyidagi faktlarni keltirish mumkin:
Homila tushishining 96 foizi u yoki bu tarzda sigareta bilan bog’liq.
Homiladorlik davrida chekadigan onalarda homilaning o’lik tug’ilishi xavfi 30% ga yuqori.
Muddatidan oldin tug’ilish chekuvchilarda 8 marta ko’proq qayd qilinadi.
Ona qornidaligidan tamaki tutuni bilan zaharlangan chaqaloqlarda yuz qismining nuqsonlari («quyon lab», «bo’ri tanglay» va boshqalar) 2 marta ko’proq uchraydi.
Onaning chekishi bolalarning giperaktivlik, asabiy qo’zg’alish xususiyati va aqliy zaiflashuviga bevosiya ta’sir o’tkazadi.
Chekuvchi onalardan dunyoga kelgan bolalarning immuniteti zaif, intelektual rivojlanishi esa boshqa tengdoshlaridan ortda qoladi.
O’SMIRLAR UCHUN
Statistikaga ko’ra, o’smirlarning har uchtadan bittasi 15 yoshgacha sigareta bilan yaqindan tanishadi. Shu bilan birga, ularning yarimida bu zararli odatga aylanib, katta yoshgacha ham saqlanib qiladi.
Aksariyat chekuvchilar bu odatni o’smirlik davirda boshlashgan. Statistikaga murojaat qilinsa, doimiy chekuvchilarning atigi 10 foizi bu odatni 18 yoshdan keyin orttirgan. Tamakining o’smirlarga asosiy kasalliklardan tashqari yetkazadigan boshqa o’ziga xos ta’sirlari quyidagilar:
Miya. Chekuvchi o’smirlarda xotira zaiflashadi, chunki miyada kislorod yetishmasligi kuzatiladi.
Ko’rish. Chekish natijasida ko’rish buziladi, ranglar xiralashadi. Vaqt o’tishi bilan bu holat to’liq daltonizmga olib kelishi mumkin.
Reproduktiv tizim. Hatto 20-25 yoshga kelib bu odatni tashlagan bo’lishsa ham, bu toifa shaxslar ko’proq bepushtlikka duchor bo’ladi. Ayollarda kichik chanoq a’zolari yallig’lanishi og’irroq kechadi, erkaklar esa 1,5 marta ko’proq impotentsiyadan aziyat chekadi.
PASSIV CHEKISH
Passiv chekish — havo bilan birga boshqalar tomonidan chiqarilgan tutunni yutish tushuniladi. Uning zarari odatiy chekishnikidan ko’ra kamroq emas. Passiv chekuvchilar ham zararli smola, zahar va kantserogenlar ta’siriga duchor bo’ladi, yagona farq — ular bu yo’lni ixtiyoriy tanlashmagan. Ular uchun chekadigan kishilar: ota-ona, do’stlar, hamkasblar, avtobus bekatida oddiygina yo’lovchilar qaror qabul qilib bo’lishgan.
Tamaki chekishning sog’liqqa zarari?

Tamaki chekish odam organizmiga ta’sir qiladimi? So’zsiz ta’sir qiladi. Odam sigaret chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o’pkaga kislorod o’rniga C02 (karbonat angidrid) gazi borib qonga o’tadi, organizmdagi moddalar almashinuvini buzadi, bunday holat o’z navbatida organizmning kislorod tanqisligiga sabab bo’ladi. Tamaki tarkibidagi ammiak namlik ishtirokida o’pka alveolalari (hujayralarida) ishqor — nashatir spirtiga aylanadi. Bu ishqor o’pkaning shilliq qavatini ta’sirlab chekuvchida bronxit kasalligini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida o’pkaning turli yuqumli kasalliklarga chidamliligi kamayadi. Olimlarning ma’lumoticha, sil kasalligiga duchor bo’lganlarning 90 foizi chekuvchilardir.

Chekuvchi(chapda) va sog’lom odam (o’ngda) o’pkalari Tamaki tarkibidagi kanserogen moddalar chekuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi. Tamaki tarkibidagi nikotin kuchli zahar. Nikotinning 0,1 grami odamni o’ldiradi. Bu doza 20 dona sigaretda saqlanadi. Agarda chekuvchi har kuni 20 dona sigaret cheksa, 30 yil mobaynida 200 ming dona sigaret chekadi, bu (160 kg.) tamaki degani. Bunday miqdordagi sigaret tarkibida 800 g. nikotin bo’ladi. Chekuvchi bir kunda odamni o’ldiradigan miqdordagi nikotinni yutadi. Lekin bu nikotin oz-oz miqdorda organizmga kiradi. Nikotin birinchi navbatda asab tizimini zaharlaydi.


Uzoq muddat sigaret chekkan odamlarninq qo’llari qaltiraydi, nafas olishi qiyinlashadi, o’qtin-o’qtin yo’taladilar, ko’ngli ayniydi. Nikotin simpatik va parasimpatik asab tizimiga ta’sir etadi. Bemorda dastlab yurak tez- tez qisqaradi, qon bosimi ortadi, periferik qon tomirlarida spazma, yurakning toj tomirlarida kengayish hollari sodir bo’ladi. Qonda nikotin moddasining ko’payishi tufayli bemorda infarkt kasalligi kelib chiqadi. Tamaki tutuni bronxlarni keskin toraytirib, so’ng kengaytirib yuboradi. Chekish tufayli odamning xotirasi susayadi, ozib ketadi. Yosh o’smirlarning chekishi tufayli bola o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi, urug’ hujayralarida o’zgarishlar sodir bo’ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi. Tamaki chekuvchilarda askarbin kislota, furosemid, geparin esterogenlarning ta’sir etish kuchi kamayib ketadi. Shuning uchun, chekuvchilarda qon bosimi, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon yarasi kasalligi, nafas kasalliklarini davolashni qiyinlashtiradi. Nikolin buyrak usti bezi funksiyasiga juda salbiy ta’sir etadi. Bundan tashqari, nikotin ateroskleroz kasalligining zo’rayib ketishiga sabab bo’ladi. Surunkali chekish orqa tniya funksiyalariga salbiy ta’sir etadi. Bu jinsiy ojizlikka sabab bo’ladi. Ayniqsa, yosh qizlarning sigaret chekishi barcha a’zolariga zararli ta’sir etadi. Chekuvchi qizlar rivojlanishdan orqada qoladi, tez-tez kasallanadilar, hayz ko’rishi buziladi. Surunkali chekish qiz bola husnini buzadi, erta balog’atga yetadi. Chekuvchi ayollar tez qariydilar, yuzlariga ajin tushadi, yuz terisining rangi o’zgaradi. Chekuvchi ayollarning 30 foizida Bazedov kasalligi taraqqiy etadi. Shuni aytish kerakki, chekmaydiganlar chekuvchilar yonida turishi tufayli chekuvchilardagi kasalliklar chekmaydiganlarda ham hosil bo’lishi mumkin, chunki chekmaydiganlar passiv chekuvchilar hisoblanadi. Ko’p tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, chekish qon ivishi jarayonini tezlashtirib yuboradi. Periferik tomirlarda arterosklerozning kuchayishi natijasida oyoq qon tomirlari kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bemor oyoq bo’g'inlarida og’riq sezadi, keyinchalik yurolmay qoladi. Nikotin oshqozon shirasining ajralishi va uning kislotaligini izdan chiqaradi, chekish jarayonida oshqozon tomirlari torayadi, oshqozonning shilliq qavati yallig’lanadi. Chekuvchilarda sezish organlarining faoliyati izdan chiqadi. Asta-sekin rang ajratish qobiliyati pasaya boradi, u dastlab yashil, so’ng qizil va sariq ranglarni ajratolmay qoladi. Ko’pgina chekuvchilarda eshitish sezgirligi kamayadi. Chekish tufayli quloqda nog’ora parda qalinlashadi, eshitish suyakchalarining hajmi kichiklashadi. Hozirgi vaqtda ko’pgina chekuvchilarning yoshi 20-30 da bo’lib yosh oila qurganlardir. Shuning uchun, chekuvchi ota-onalar birinchi navbatda o’z bolasiga zarar yetkazadi. Chekuvchi onaning ko’krak sutida nikotin bo’lgani uchun u qo’lansa hidli, biroz taxir bo’ladi. Shuning uchun, ba’zi bolalar onasini emmay qo’yadi. Chekuvchi onaning bolasi ham passiv chekuvchi bo’lib qoladi. Angliyaning shimolida yashovchi 16 mingta bolalar o’rtasida so’rovnoma o’tkazilganda ota-onasi chekadigan bolalarning 48 foizi tez yo’talishini aytgan. O’smirlar kattalardan berkitib chekkanda sigaret tutuni bilan ko’proq zararli moddalar o’pkaga o’tar ekan. Sigaretni tez chekkanda o’pkaga ikki marta nikotin o’tishi isbotlangan. Chekuvchi o’smirlar organizmi jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladi, Maktab bolalarining sigaret, nos chekishi hech qanday odob, axloq normalariga to’g'ri kelmaydi. Bola qancha yosh chekishga urinsa, uning sigaret, nosni chekishni tashlashi shunchalik qiyin bo’ladi.Inson aql zakovati bilan jahonga hukmdor bo‘lishi mumkin, lekin u o‘z ehtiroslarining qulidir”-degan ekan donolardan biri. Ya’ni odam tabiati juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat, noo‘rin xatti-harakatlari, illatlari bilan inson hayotiga nuqta qo‘yishi, hatto butun insoniyatni yo‘q qilishga qodir. Shunday ayanchli illatlardan biri bu - tamaki chekishdir Odam jismonan va ruhan sog‘lom bo‘lishni istaydi, hotirjam va farovon hayot kechirishni xohlaydi, ruhiyatini pok sakdashni va jismini turli illatlardan asrashi lozimligini biladi, hammasini tushunadi. Lekin chekishni davom ettiraveradi...
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida barkamol avlodni tarbiyalash yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mas’uliyatli vazifa turibdi. Hozirgi kunda yoshlarimizni bilim olishlari, tajriba orttirishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis, komil inson bo‘lish uchun yoshlardan qunt bilan, sabr qanoat bilan olijanob maqsadlar sari intilish talab etiladi. Hozirgi tezkor zamon, inson ongi uchun kurash asri yoshlarimizdan tafakkur doirasi keng, mustaqil fikrga ega, tashabbuskor, zukko va bilimdon bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti sigareta qutilarining ustida (60 foizgacha xajmda) «Tamaki har qanday chiroyli qutida ham insonni o‘ldiradi» degan yozuv va nikotinning inson salomatligi uchun xavfli ekanligi, yurak-qon tomirlar, nafas a’zolari kasalliklari bilan birga havfli o‘smalar paydo qilishi haqida ma’lumot bo‘lishini talab etmokda. Chunki sigaretalarni xushbo‘y maskirovka qilinishi, kutilarining jozibador bezatilishi aholi orasida, ayniqsa yoshlar orasida ushbu xavfli illatning yanada keng tarqalishiga olib kelmoqda. 
Demak, yuksak ma’naviyatli va madaniyatli inson bo‘lish uchun odam avvalo, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondoshishi, uni asrashi va mustahkamlash qoidalarini bilishi hamda samarali va sermazmun hayot kechirish payida bo‘lishi lozim. Biroq, turli kasalliklarsh keltirib chiqaruvchi - tamaki chekish kabi illatlar ana shunday komillikni buzib turibdi. Hozirgi davrda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, sigareta chekishga o‘rganib qolish global tus olmokda. Butun dunyoda tamaki chekuvchilar soni 1,6 mlrdga yetdi, ulardan 84 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar aholisga to‘g‘ri keladi. Tamaki chekish oqibatida yuz beradigan nogironlik, turli kasalliklar, o‘lim mamlakat taraqqiyotiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Har soniyada bir odam aynan tamaki chekish tufayli olamdan kuz yummoqda. Tamaki chekish aholi o‘limining asosiy sababchilaridan biriga aylanib bormoqda. Masalan, har yili dunyoda mln aholi tamaki chekish tufayli eng og‘ir kasalliklarga chalinib, hayotdan erta ko‘z yummoqda. Agar oqibatlar shu tarzda o‘sib borsa, ekspertlarning baholashicha 2030 yilga borib ushbu ko‘rsatkich o‘n millionga yetadi.



Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining tamaki chekishga qarshi kurash Konvensiyasiga 180 dan ortiq mamlakat a’zo. Mazkur hujjat asosida BMT tomonidan a’zo mamlakatlarga tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, reklamani cheklashga, chekishdan holi hududlarni yaratishga, chekishni tashlash uchun samarali chora-tadbirlarni qo‘llashga yordam beradi. Tamaki chekishning tarqalib borishi «passiv chekish»ning ham avj olishiga sabab bo‘lmoqda va bu jamiyat uchun juda katta zarar keltirmoqda. «Passiv chekuvchilar» sigareta chekadigan kashandalar bilan bir uyda yashaydigan homilador ayollar, go‘daklar, bolalar va o‘smirlar eng ko‘p aziyat chekadigan guruh hisoblanadi. Ular tamaki tutunining barcha zararli, toksik va kanserogen moddalarini nafas orqali yutadi (tutun tarkibida 4000 dan ortiq zarracha yoki gazsimon kimyoviy birikmalar, smola, nikotin, benzipirendan kabi 60 dan ortiq kanserogen moddalar mavjud). 
Nikotin tufayli odam tamakiga qaram bo‘lib qoladi. Smola (qatron) ta’siri oqibatida hayotdan erta ko‘z yumadi, chunki smola nafas yo‘llari, alveolalarda cho‘kadi va havfli o‘smalarni rivojlanishiga olib keladi. Uglerod oksid 200 marta ko‘proq gemoglobin bilanbog‘lanishi natijasida organizmda kislorodetishmovchiligi va ichki a’zolarning foaliyatida o‘zgarishlar kuzatiladi. Sianid vodorod va qator radioaktiv moddalar bronx shilliq qavatidagi kiprikchalarini o‘ldirib, uningtozalovchi sekretor faoliyatini izdan chiqarishi oqibatida toksik moddalar o‘pkada to‘xtlanib boradi va xavfli surunkali kasalliklarga olib keladi. Nikotin tamaki tutuni tarkibidagi eng kuchli alkoloid bo‘lib, yog‘simon, rangsiz suyuqlik, biroq havoda qo‘ng‘ir tusgakiradi va o‘yuvchi o‘tkir ta’mga ega. U dastlabmarkaziy va periferik asab tizimiga ta’siretadi, so‘ngra qonga so‘rilib, ichki a’zolargao‘z ta’sirini ko‘rsatadi, chunki u organizmdanikotinga sezuvchi retseptorlarni egallab oladi.
U kichik mikdorlarda qo‘zg‘atuvchi, yuqori mikdorlarda tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bir dona sigareta tarkibida 12-15 mg nikotin mavjud bo‘lib, uning deyarli 50% tutun orqali atrof muhitga tarqaladi.


Tamaki chekish tufayli yurak-qon tomir, nafas a’zolari, oshqozon ichak tizimi kasalliklari va havfli o‘smalarning rivojlanish havfi ortadi. Shu bilan birga asabni taranglashtirib, ko‘rish va eshitish qobiliyatini susaytirib yuboradi, tish emalini yemiradi va organizmni erta qarishiga hamda o‘limga olib keladi. Ashaddiy kashandalar 13 marta ko‘p miokard infarkti va 12 marta ko‘p yurak ishemik kasalliklariga duchor bo‘ladi, aksariyat hollarda ularda buyrak yetishmovchiligi xastaliklari rivojlanadi. Ko‘pchilik tamaki chekishning zararli oqibatlarini bilmaganligi tufayli ham chekishga ruju qo‘yadi. Kashandalarning xulq-atvori ham o‘zgaradi. Bir kunda 11 donadan ko‘p sigaret chekadigan ashaddiy kashandalarda ish samaradorligi va mehnat unumdorligi pasayib ketadi. Shuningdek, ham o‘zining, ham jamiyatning iqgisodiga salbiy ta’siri ko‘rsatadi. Surunkali xastaliklarni davolash, nogironlik, erta o‘lim mamlakat va sog‘liqni saqlash tizimining iqgisodiga katta zarar keltiradi. 
Tamaki chekishning ayanchli oqibatlarini oldini olish maqsadida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (2011 yil 5 ok-tyabr, №302) qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini, avvalo, yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarning soglig‘ini alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning zarari ta’siridan, shu bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan himoya qilishga, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va xuquqiy shart sharoitlarini yaratishga qaratilgandir. Qonunning 8-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saklash vazirligi alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash sohasidagi yagona davlat siyosatini, avvalo sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini nazarda tutgan holda amalga oshirishda ishtirok etadi”, deb belgilab qo‘yilgan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz taraqqiyoti va barkamol avlodning porloq kelajagi yo‘lida olib borilayotgan islohotlar har birimizdan sergaklik va ogohlikni, ulkan mas’uliyatni hamda Qonunlarning amaldagi ijrosini talab etadi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish