1
BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFATINI OSHIRISH
PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Ta’lim tizimini tubdan isloh etish muammosi, ayniqsa, boshlang’ich
ta’limning yangi mazmunini belgilab berishni taqozo qilmoqda. Bu sohadagi ishlar
umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida ta’limning istiqboldagi
mazmunini belgilash lozimligini ko’rsatdi. Bu esa, avvalo, boshlang’ich ta’lim
jarayonini ilmiy-pedagogik tahlil qilish orqali amalga oshiriladi .
Bugungi kunda boshlang’ich ta’limda pedagogik jarayon sifatini oshirish, uni
davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish va har bir sinf uchun minimum dasturlar
yaratish vazifasi dolzarb hisoblanadi. Bu sohada pedagogik prognostikaga tayanish
maqsadga muvofiqdir. Boshlang’ich ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda
ta’limning ushbu bosqichida tub islohotlarni amalga oshirish borasida mavjud
imkoniyatlarini kengaytirishda pedagogika birinchi navbatda ta’lim-tarbiya
jarayonini pedagogik diagnostika hamda pedagogik eksperiment orqali tekshirish,
nazorat qilish ta’lim amaliyotini pedagogika xizmati bilan ta’minlashni nazarda tutish
mohiyatga ega. Ayniqsa, ta’lim amaliyotini nazorat qilish unga tashxis qo’yish va
boshqarish vositalarini ham ishlab chiqish zarurligini ta`kidlamoqchimiz.
Boshlang’ich ta’lim mazmunini prognostika qilishda quyidagi masalalarga alohida
e’tibor berish lozim:
1. Kelajakda o’quvchiga taqdim etiladigan o’quv materialining mazmuni, unda
ta’lim-tarbiya komponentlarining mujassamligi.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’rganishi zarur bo’lgan o’quv predmetlari,
ushbu o’quv predmetlari mazmunida bilimlarning mujassamlashtirish imkoniyatlari.
3. O’quv materialini o’rgatish metodlari va boshlang’ich sinf o’quvchilarining
o’quv, biluv faoliyatini boshqarish yo’llari.
4. O’qituvchilarning o’z faoliyatlarini boshqarish, rivojlantirish hamda o’quv
faoliyati ustidan nazorat o’rnatish metodlarini taklif qilish.
5. Ta’lim mazmuni sifatini takomillashtirishga xizmat qiladigan qo’shimcha
adabiyotlar, texnik vositalar, didaktik materiallarning mazmuni va ularni tayyorlash
mexanizmlari.
2
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’quv materialini o’zlashtirish darajasi
darsning maqsadi bilan bog’liq tarzda belgilangandagina o’quvchida erkin tarzda
hosil bo’lgan bilim va malakalarini yangi materiallar bilan bog’lab o’zlashtirish
imkoniyati vujudga keladi. Chunki, o’quvchini erkin fikrlashga qaratilgan mazmuni
bunday imkoniyatni vujudga keltiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Bunda o’quv
materiallari orasidagi uzviylik va o’quv materiallarining mahsuldorligini ta’minlash
muhim o’rin tutadi. Birinchi navbatda ta’lim mazmunini prognostika qilish
jarayonida o’quv materialini o’zlashtirishga o’quvchining qanchalik tayyorligi, uning
psixologik imkoniyatlari hisobga olinishi kerak. Buning uchun dars jarayonida
muntazam diagnostikani amalga oshirgan holda ta’lim mazmuni istiqbolini belgilash
taqozo qilinadi.
Bugungi kunda boshlang’ich ta’lim oldiga davlat va jamiyat juda katta ijtimoiy
buyurtma qo’ymoqda. Ushbu buyurtmaning asosiy negizini maktab ta’limining ilk
bosqichidan boshlab o’quvchilarini uzluksiz rivojlantirish, o’quv-biluv jarayonida
ularni pedagogik qo’llab-quvvatlashga erishish masalasi tashkil etadi.
Muammo yuzasidan turli-tuman fikrlar, farazlar tug’ilmoqda. Umumiy o’rta
ta’lim maktablarida bolani qaysi yoshdan o’qitish mumkin?
Respublikamiz va rivojlangan mamlakatlar pedagoglari qulay moddiy-
texnikaviy baza mavjud bo’lgan taqdirda bolalarni salomatligiga zarar yetkazmagan
holda 6 yoshdan boshlab o’qitish lozimligini tavsiya etadilar. Bir guruh pedagog-
psixolog olimlar respublikamiz sharoitida 6 yoshli bolalarni o’qitish imkoniyati
yo’qligini uqtiradilar. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari mutaxassislari bolalarni
maktabga tayyorlay olmasliklari, yetarli bilim bera olmayotganliklarini ro’kach
qiladilar.
Ikkinchi guruh olimlar esa 6 yoshli bolalarni maktabga olish vaqti yetganini
bildirmoqdalar.
Ma’lumki, bu ikkala guruhning fikrida umumiylik mavjud. Bundan ko’rinib
turibdiki, bolani qaysi yoshdan o’qitish mumkin? - degan muammo dolzarb bo’lib
qolmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda nafaqat 6 yoshli bolalarni o’qitish, balki undan kichik
3
yoshdagi bolalarni maktabga jalb qilishga ham talab katta. Bolaga qaysi yoshdan
boshlab ta’lim berilishidan qat’iy nazar asosiysi, bu ishda to’g’ri yo’nalish olish va
ta’lim mazmunini aniq belgilashdan iboratdir.
6 yoshli bolalarni tarbiyalash va o’qitish muammolari bo’yicha 2 xil qarama-
qarshi nuqtai-nazarlar aniqlandi. Bir qator olimlar, ya’ni maktabgacha ta’lim sohasida
ishlovchi psixologlar va pedagoglar - A.V.Zaporojets, D.B.El’koninlar 6 yoshli
bolalarga ta’lim berishda predmetli o’qitishni tashkil etish mumkin emasligini
asoslashga harakat qiladilar. Ular 6 yoshli bolalarga majburiy ta’lim berish masalasini
faqat maktabgacha ta’lim muassasalaridagina bolalarni maktabga tayyorlash vazifasi
bilan bog’lab amalga oshirish mumkin, deb hisoblaydilar.
Olimlarning boshqa guruhi esa, jumladan, M.P.Kashin, A.I.Markushevich,
K.I.Neshkovlar 6 yoshli bolalarga maktabda ta’lim berish mumkinligi va bunga
imkoniyatning mavjudligini isbotlaydilar .
Bu ikkala muammoda umumiylik mavjudligi ma’lum. Ikkala vaziyatda ham 6
yoshli o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish to’g’risida fikr yuritiladi. Biroq, ko’rinib
turibdiki, ularda farqli jihatlar ham mavjud.
Birinchi guruhga mansub olimlarning xulosalari quyidagichadir: 6 yoshli
bolalarni o’qitish masalasi faqatgina bugungi kunning muammosi emas, bu istiqbolda
belgilanadigan ta’lim mazmuniga bir qadar o’zgarishlar kiritishni taqozo qiladi.
Bugungi kunda olimlar hamda xalq ta’limi xodimlari ta’lim mazmunini isloh
qilish muammolari ustida bosh qotirmoqdalar. Bu borada ko’zga tashlanadigan
siljishlar bo’ldi, masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablarining umummilliy dastur
talablari asosida isloh qilinishi, boshlang’ich ta’limning yangi mazmuniga o’tish
natijalari maktabda ta’lim–tarbiyaviy ishlarning kelajak rivoji haqidagi nazariy
yondashuvlar bunga misol bo’la oladi.
Boshlang’ich ta’limning istiqbolga yo’naltirilgan yangi mazmunini prognozlash
shu kunning dolzarb muammosiga aylandiki, yaqin 5 yil ichida umumiy o’rta ta’lim
maktablari o’quv jarayoni mazmunining yangi modeli ishlab chiqiladi. O’quvchilarga
ta’lim berishda o’quv rejasi, dasturlar, o’quv materiallari, maxsus o’qituvchilarning
metodik tayyorgarligi zarurdir.
4
Bugungi kunda shubhasiz mamlakat bo’yicha nafaqat 6 yoshli, balki undan
yoshi kichik bolalarga ta’lim berishga talab kattadir. Asosiysi, bu ishda to’g’ri
yo’nalish olish, ta’lim mazmunini belgilab olish kerak.
Kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, tayyorlov guruhlarining dasturlari 50-60 foiz 1-
sinf dasturlarini takrorlaydi, shuning uchun 6 yoshlilarga ta’lim berish
samaradorligining pastligi o’quvchilar 1-sinfda qabul qilingach, yaqqol ko’rinadi.
1-sinfda o’qiyotgan bolalarning bilim darajasi tahlil qilinganda, bog’chadan
kelgan o’quvchilar bilan oilada tayyorgarlikni o’tagan 1-sinflar orasida keskin farq
mavjudligi yaqqol sezildi. Eng avvalo, bog’chada tayyorlov guruhlaridan kelgan
bolalar jamoa bo’lib ishlash, muloqot, savollarga to’g’ri javob berishga o’rgangan,
nutqlari rivojlanganligi namoyon bo’ldi.
SHuning uchun ham 6 yoshli bolalarni maktabga qabul qilishdan oldin ularning
o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan qolda o’quv rejasiga muayyan o’zgartirishlar
kiritish, 6 yoshlilarni alohida sinflarga jamlash, alohida o’quv dasturi va darsliklar
yaratish lozimdir. SHundagina ta’limning samaradorligi butun umumiy o’rta ta’lim
jarayoniga (5-9-sinf) o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ta’lim mazmuni va metodlarining
uyg’un bo’lishi o’quvchilarning rivojlanishiga katta yordam beradi. Ta’lim
mazmunini maqsadga muvofiq tarzda belgilashga bo’lgan bugungi kunning ulkan
talablari pedagogika fani mazmuni, unda amalga oshiriladigan tadqiqotlar ko’lamini
ham konseptual nuqtai nazardan takomillashtirish vazifasini qo’ymoqda. Ta’lim o’z
mohiyatiga ko’ra kelajak uchun xizmat qiladi. Bu butun bir ko’p asrlik insoniyat
jamiyati tarixidagi o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotga va mehnatga tayyorlashga
qaratilgan zaruriy g’amxo’rliklari bilan tasdiqlanadi. Buyuk faylasuf Aristotel ikki
ming yil ilgari shunday deb yozgan edi: “Qaysiki mamlakatda yoshlar tarbiyasiga
befarqlik bilan qaralib, qonun chiqaruvchi hukumat rahbarlari bu fanni nazarga
ilmasa, unda bu davlat tizimi inqirozga yuz tutishi muqarrar. Jumladan, har bir
mamlakat uchun tarbiya-fanning birinchi zaruriyatidir”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Oliy
pedagogika
o’quv yurtlarining o’quv jarayoniga pedagogik
texnologiyalarni tadbiq etishning ilmiy asoslari/ Respublika ilmiy-metodik
5
konferensiyasining materiallari. – T.: Nizomiy nomidagi TDPI, 2000 y.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi // O’qituvchi ma’naviyatini shakllantirish/
Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat”, – madadkor 2000 yil
3. Nishonova S. Komil inson tarbiyasi. – T.: Istiqlol, 2003. – 224 – b.
4. Sariboeva H, Xayitboev N va boshqalar. Pedagogika/ O’quv qo’llanma – T.:
O’qituvchi, 2006 yil.
5. Xaydarova O.Q. Bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim jarayoniga texnologik
yondashuvga tayyorlash: Ped. fan. nomzod ... diss.avtoref. – T.: 2004 yil.
N. SHaripova,
Farg`onaDU magistranti.
O`qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi
Talabalarni
innovatsion faoliyat
to`g`risida bilimlar
bilan ta’minlash
O`qituvchilarning
innovatsion
faoliyatini tashkil
etishga o`rgatish
O`qituvchilarni
innovatsion faoliyatini
tashkil etish bo`yicha
malakasini oshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |