Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Download 1,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/129
Sana21.03.2022
Hajmi1,69 Mb.
#505288
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   129
Bog'liq
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)tl

Bahri muhit
– okean.
2
Silsila
– zanjir.
3
 Tarh
– reja, chizma.


64
niyatini ma’qullardi. Aslida hozir uning yuragiga loyiha 
sig‘armidi, yuragi Hirotda qolib keta yotgan o‘g‘li Nizo-
middinda edi... Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z 
loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapiri b keldi, 
aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo tushunmasdi. 
Ammo qadrdonining tushunib bo‘lmas har bir chizig‘-u 
xatlari ham qadrdon va allaqanday mo‘jizaday bo‘lib 
tuyulardi unga. U Me’morning gaplarini e’tiroz bildirmay, 
sabr-toqat bilan eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlardi. «Bir 
oyog‘ing go‘rda, bir oyog‘ing yerda, qaysar chol, endi 
senga imorat solishni kim qo‘yibdi! O‘zingning imora ting 
solinyapti!» – deydigan biron odam yo‘q. 
Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga – Karki 
shahriga yetib keldi. Bu yer – Xuroson bilan Movaroun-
nahr chegarasi. Me’mor karvonsaroyga tushiboq, qizi bi-
lan birga oqshom qorong‘isida jimirlab oqayotgan daryo 
bo‘yiga bo rib, yuz-qo‘llarini yuvib, bir-ikki qultum suv 
ichishdi. Bu suv umr bo‘yi ichib katta bo‘lgani Zaraf-
shon suvidek totli edi. U daryo bo‘yida xufton namozi-
ni o‘qidi. O‘g‘lining ruhiga tilovat qilib, ko‘zidan yosh 
to‘kib baxshida qildi... Ibodatdan keyin u qizi bilan birga 
karvonsaroyga kelib, yo‘ldoshlariga chehrasi ochilib sa-
lom berdi. Bir chekkada g‘arib bo‘lib o‘tirgan G‘avvosga 
ham yaxshi gapirdi, o‘zingizni yomon sezma yapsizmi, 
deb so‘radi. Bu tomoni Movarounnahr, qumliklar tugab, 
dalalar, bog‘-u rog‘lar, ekinzorlar boshlanishini, daryodan 
o‘tib Tollimarjonga yetguncha yana ozroq qum borligi, 
undan u yog‘i yaxshi bo‘lib ketishini aytdi.
– Ko‘nglim behuzur bo‘lib... yo‘ldoshlarimni bezovta 
qilibman, ustod, meni kechiring, – dedi boshini quyi so-
lib G‘avvos Muhammad.
– Zarari yo‘q, – dedi Me’mor. – Buni yo‘l mashaqqa-
ti deymiz. Buxoroga yetib olsak, dam olamiz, barcha 
mashaqqatlar unutilib ketadi.


65
Daryodan ot-u aravalarni o‘tkazadigan sol va ulkan 
qayiq lar Xalach shahrida bo‘lganligi tufayli erta tongda 
uch arava yana daryo yoqalab yura ketdi.
Bir tomon qum, bir tomon suv...
Cholning pinakka ketganini sezib o‘tirgan Ma’suma 
beka to‘satdan unga murojaat etdi:
– Hoy, otasi, anavi qumlarning oqishini qarang! Suv-
ga o‘xshab oqyapti.
– Ha, ko‘ryapman.
– Anavi yumronga qarang! – dedi Badia jimlikni 
buzib.
– Ko‘ryapman.
– Nima uchundir ilonlar ko‘rinmayapti, – dedi atrofga 
alanglab Badia, – yoki Xalach tomonda ilonlar kammi-
kan? Echkemar ham ko‘rinmaydi?
– Huv ana! Qum tepasiga qarang, – dedi otda o‘tirgan 
Horunbek. – Qumning oqishi, yumronlarning bezovta 
bo‘lishi – bir nimaning belgisi...
– Nimaning belgisi? – darhol so‘radi Badia.
− Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. Lekin hammasi 
Xudo dan... – dedi aravakash. – Ozgina shamolga qum 
oqsa, orqasidan bo‘ron keladi, derdilar. Bu yerlarda 
girdibod-u
1
bo‘ron ko‘p bo‘ladi. Tezroq Xalachga yetib 
olsak yaxshi bo‘lardi. Ot jonivorlar ham rosa tortyapti. 
Mo‘ljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak, ehtimol.
– Darvoqe, shamol bo‘lyapti! – dedi Me’mor soyabon 
aravaning yonlarini ochib. U terlab-pishib borayotgan 
otga, orqadagi aravaga, undan keyingi yuk ortilgan uchin-
chi ara vaga, uning orqasidan kelayotgan ikki yo‘rg‘a otga 
ham ko‘z tashlab qo‘ydi. Mashaqqatli, issiq yo‘l bedov 
otlarni ham boshqa otlardek, «mo‘min» qilib qo‘ygan edi. 
Qurib-qaqshagan tabiat hamma narsani jizg‘anak qilib, 
1

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish