Oyoq panjasining suyaklari -
panja oldi, panja va barmoq suyaklaridan
tashkil topgan (23-rasm). Bularning tuzilishi va joylashishi o`ziga xos harakat va
tayanch vazifalarni bajarishga moslashgan. Turli bo`g`imlar vositasida birlashib va
jamlashib bir butun panjani tashkil etadi, va odamning yurish-turishiga oid turli
harakatlarni ta'minlaydi.
Panja oldi qismi-
suyaklari ikki qator bo`lib joylashgan 7 ta suyakdan
tashkil topgan. Ulardan ikkitasi oshiq (tovon usti) suyagi va tovon suyaklari bo`lib,
orqa, ya'ni proksimal qatorni tashkil etadi. To`rttasi qayiqsimon, uchta ponasimon
va kubsimon suyaklar oddingi, ya'ni distal qatorini tashkil etadi.
Oshiq (tovon usti) suyak oyoq panja suyaklari ichida yirikroqlaridan bo`lib,
unda tana boshchasi va bo`yin tafovut qilinadi, yuqori tomonida, g`altaksimon
bo`g`im vositasida boldir suyaklarining bo`g`im yuzalari bilan birlashadi. Old
tomonga yo`nalgan bosh qismi esa qayiqsimon suyak bilan bo`g`im hosil qilib
tutashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |