@ t.me/ Anatomiya_fani_Alleyova_G_X_guruhi.
3.Pastki labni tushuruvchi mushak (m. depressor labii inferioris) pastki jag’ni oldingi
yuzasidan engak teshigi oldidan boshlanib. Tolalari yuqoriga va medial tomonga yo’nalib
pastki lab terisi va shilliq pardasiga birikadi. Faoliyati: pastki labni pastga tortadi.
Innervatsiyasi:n.facialis. Qon bilan ta’minlanishi: a.labiales inferior, a.mentalis.
4.Engak mushagi (m. mentalis) pastki jag’ kurak tishlari al’veolasi bo’rtmdsidan boshlanib,
engak terisiga birikadi. Faoliyati: e
ngak terisini yuqoriga va tashqariga ko’taradi.
Innervatsiyasi: n.facialis. Qon bilan ta’minlanishi inferior, a.mentalis.
5.Lunj mushagi (m. buccinanor) yupqa to’rtburchak shakldagi mushak, pastki jag’ shoxidagi
qiyshiq chiziqdan, yuqori jag’ al’veolyar ravog’ining katta oziq tishlari sohasidan,
qanotsimon o’simta ilmog’i va pastki jag’ o’rtasidagi fibroz pardadan boshlanib og’iz
burchagi shilliq pardasi va
terisiga, ustki va pastki labga, og’iz
tirqishi atrofidago aylanma
mushakka birikadi.
Faoliyati:o
g’iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va milkka tegizadi.
Innervatsiyasi:n.facialis. Qon bilan ta’minlanishi: a.buccalis
6.Yuqori labni ko’taruvchi mushak (m. levator labii superioris) yuqori jag’ suyagining ko’z
kosasi osti qirrasidan boshlanib, yuqori lab terisiga birikadi. Faoliyati: yuqori labni
ko’taradi, burun
-lab egatini hosil qilib, burun qanotini tortadi. Innervatsiyasi:n.facialis. Qon
bilan ta’minlanishi: a. infraorbitalis, a.labialis superior.
7.Yonoq sohasidagi kichik mushak (m. zygomaticus minor)
yonoq suyagini oldingi
yuzasidan boshlanib pastga va medial tomonga yo’nalib lab burchagi terisiga birikadi.
Faoliyati: lab burchagini ko’taradi. Innervatsiyasi:n.facialis. Qon bilan ta’minlanishi: a.
infraorbitalis, a.buccalis
8.Yonoq sohasidagi katta mushak (m. zygomaticus major) yonoq suyagini yon yuzasidan
boshlanib lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini yuqoriga va tashqariga
tortib, asosiy kulgu mushagi hisoblanadi. Innervatsiyasi:n.facialis. Qon bilan ta’minlan
ishi:
a. infraorbitalis, a.buccalis
9.Og’iz burchagini ko’taruvchi mushak (m. levator anguli oris) yuqori jag’ suyagining
oldingi yuzasidagi kuldirgich chuqurchasidan boshlanib lab burchagi terisiga birikadi.
Faoliyati: og’iz
burchagini yuqoriga va late
ral tomonga tortadi. Innervatsiyasi:n.facialis.
Qon bilan ta’minlanishi: a. infraorbitalis.
10.Kulgich mushaki (m. risorius) chaynov fassiyasidan boshlanib, og’iz
burchagi terisiga
birikadi. Faoliyati: og’iz burchagini lateral tomonga tortadi. Innervat
siyasi:n.facialis. Qon
bilan ta’minlanishi: a. facialis, a.transversa faciei.
Do'stlaringiz bilan baham: