Tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi. Kesishmagan tolalar orqa miyaning oldingi tizimchasi tarkibida yo‘naladi. Oldingi yon egat (sulcus anterolateralis) piramidaning oval shaklidagi tepalik olivadan (oliva) ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo‘lgan kulrang modda to‘plami oliva o‘zagining joylashshidan hosil bo‘lgan. Bu egatdan til osti nervi ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o‘rta egatni (sulcus mediana posterior) yon tomonlarida o‘zaro oraliq egat bilan bo‘lingan orqa miyaning nozik va ponasimon dastalari kengayib bo‘rtiqlar hosil qiladi. Nozik dasta bo‘rtig‘i (tuberculum gracile) ichki, ponasimon dasta bo‘rtig‘i (tuberculum cuneatum) tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan (sulcus posterolateralis) IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan tolalar bilan qo‘shilib miyachaning pastki oyoqchasini (pedunculus cerebellaris inferior) hosil qiladi.
Uzunchoq miya kesmasida (123-rasm) u oq va kulrang moddalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kulrang moddada muvozanat va harakatni muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo‘lgan kulrang o‘zaklar joylashgan. 1.Yon tomonda joylashgan o‘ng va chap pastki oliva o‘zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o‘zagi bilan bog‘langan bo‘lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o‘zak hisoblanadi. 2.To‘r formatsiya (formatio retecularis) bir- biri bilan chalkashib to‘r hosil qilgan nerv tolalari va ular o‘rtasida yotgan nerv o‘zaklaridan iborat. 3.To‘rt juft (IX-XII) bosh miya nervlarining o‘zaklari. 4.Adashgan nerv o‘zagi bilan bog‘langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.