«bosh menyu»



Download 0,51 Mb.
bet7/7
Sana30.12.2021
Hajmi0,51 Mb.
#194904
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bosh menyu

Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Programs

Программы

Dasturlar

Documents

Документы

Hujjatlar

Settings

Настройка

Sozlash

Find

Поиск

Izlash

Help

Справка

Ma’lumot

Run

Выполнить

Bajarish

Shut down

Выключить

O’chirish


Menyuning Dasturlar bo’limi yordamida installyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Bosh menyu yordamida biror dasturni ishga tushirish bilan esa Kalkulyator yoki Paint dasturida ishlaganda tanishgansiz. Dasturlar bo’limi, asosan, quyidagi qism menyulardan iborat bo’ladi:



Ingliz variantida

Rus variantida

O’zbek variantida

Accessories

Стандартные

Standartlar

Start UP

Автозагрузка

Avtoyuklash

Games

Игры

O’yinlar

Internet Explorer

Internet Explorer

Internet Explorer

Dasturlar bo’limiga yangi dasturlarni ham qo’shish mumkin. Masalan, Mcrosoft Offise dasturlar paketini.



Hujjatlar bo’limi ishlangan oxirgi 15 ta hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro’yxatini ko’rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyuning Klassik ko’rinishida bu bo’lim “Mening hujjatlarim” va “Mening rasmlarim” papkalarini ham aks ettiradi.

Sozlash bo’limi sistemadagi barcha elementlarni, qurilmalarni, dasturlarni, foydalanuvchilar ro’yxati va imkoniyatlarini qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menyusida Boshqarish paneli ( ), Printerlar, Masalalar paneli bandlari bor. Boshqarish panelining quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularni sozlash imkoniyatini beradi:

Masalan, Foydalanuvchilarni hisobga olish (Учетные записи пользователей) bo’limi orqali operatsion sistemaning ko’pfoydalanuvchilik imkoniyatini ko’rish mumkin. Bunda shu sistemada bir nechta foydalanuvchi ochilishi, ularning kompyuterni boshqarishdagi imkoniyatini sozlash, parollarni kiritish va o’zgartirish, foydalanuvchini hisobdan chiqarish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.



Qidirish bandi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma’lumotlarini qidirish imkonini beradi.

Ma’lumot - ma’lumotlar tizimini chaqi­rish­ni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma’lumot tizimi mazmunidan yoki mavzular ko’rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo’yicha to’liq axborot beradi.

Bajarish buyrug’i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyruqlarining bajarilishini ta’minlaydi. Bu buyruqning muloqot oynasida tugmachasi bo’lib, uning yordamida dasturlar tanlanadi va buyruqlar qatorida dasturning to’liq nomi hosil qilinadi. Buyruqni ishga tushurish uchun OK tugmachasi, bekor qilish uchun esa tugmachasi bosiladi.

O’chirish bandi orqali Windowsda ish tugallanadi va kompyuter o’chiriladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, o‘quvchilar sozlash bo‘limi yordamida komyuter yoki dasturlarga aloqador o‘zgartirishlar kiritishi kompyuter yoki dasturlar ishiga ta’sir etishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun Windowsning xavfsizlik bilan bog’liq imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:

Bu bosqichda o‘quvchilarga mavzudagi asosiy tushunchalar bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar bilan murojaat qilish yoki test vazifalarini berish mumkin.



Savol va topshiriqlar

  1. Windows OS da foydalanuvchi necha turdagi menyu bilan ishlashi mumkin?

  2. Menyu nima va ularning qanday turlari mavjud?

  3. Kontekst-menyuni ochilishini amalda ko’rsating.

  4. Menyuda qanday shartli belgilar qo’llaniladi va ularning vazifalari qanday?

  5. Qism menyu nima va u haqida nimalar bilasiz?

  6. Sozlash bandining qanday qism menyulari bor?

  7. Bosh menyuning Hujjatlar bo’limi haqida ma’lumot bering.

  8. Bosh menyuning Qidirish va Ma’lumot bandlarining vazifasini tushuntirib bering.

  9. Windowsning ishini tugatishni amalda ko’rsating.

Testlar:

1. Operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur qaysi?

A) Boot Record B) BIO. com D) DOS.com E) Command.com

2. “Interfeys” so`zining ma`nosi nima?

A) O`z aro bo`g’lanish B) Xalqaro xamkorlik D) Tashqi qurilma E) Dunyo ma`lumotlari ombori

3. Keltirilgan qaysi nom qattiq diskka mos?

A) A: B) B: D) C: E) A: yoki B:

4. Kompyuterning arifmetik mantiqiy qurilmasi – bu

A) modem B) plotter D) monitor E) protsessor

5. Kompyuterning ishlash tezligi birinchi navbatda nimaga bog’liq?

A) monitorning o’chamiga B) elektr toki kuchlanishiga

D)protsessor chasyotasiga E) vinchester hajmiga

6. Faqat operatsion sistemalar berilgan javobni aniqlang.

A) Word, Windows B) Unix, Linux

D) MS DOS, MS Paint E) OS/2, HTML

7. Quyidagilardan qaysi biri Windows elementi?

A) katalog B) yorliq D) yo’lboshlovchi

Uyga vazifa:

3 ta test yoki krossvord yoki skanvord tuzish.

9, 10, 11, 12 – mavzularni takrorlash.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “8-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil

2.B.Boltayev, A.Abduqodirov va boshqalar “9-Sinfda informatika va hisoblash texnikasi asoslari” metodik qo’llanma. Toshkent 2006 yil

3.T.X.Xolmatov, N.I.Taylaqov, U.A.Nazarov “Informatika va hisoblash texnikasi” “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2001

4. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan optimallashgan o’quv dasturi va uzvilashgan DTS sharhlari.

5. O’z pedagogik tajribamdan.






Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish