Bog'liq Tomoq, ko‘z, quloq, va burun jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko\'rsatish. Kuygan vaqtda, inson tanasi muzlab qolganda, zaharlanganda, sudralib yuruvchi va boshqa zaharli jonzotlar chaqqanda birinchi tibbiy yordam
Kontuziya vaqtida ko'zda og'riq, yorug'likdan qo'rqish, ko'rish qisman yoki butkul yo'qolishi, ko'z oldi kamerasi, shishasimon jism va qovoqqa qon quyilishlar kuzatiladi.
Ayrim hollarda ko'z old pardasi yorilib ketishi va ko'z ichidan ichki qismlarining oqib tushishi kuzatiladi.
Ko'zning termik kuyishi. Ko'zga yonayotgan gaz, suyuqlik, qizigan temir parchalarining tushishi natijasida kuyish rivojlanadi. Ko'z to'qi- malarining oqsili ivib, jonsizlanib qohshi natijasida chandiq hosil bo'lishi mumkin.
Ko'zning kuyish holati yadro quroli portlashida ajralib chiqadigan yoruqlik nurlanishi oqibatida ham ro'y beradi.
Yadro quroli portlashi natijasida ajralib chiqqan yorug'lik nurlanishi, ko'rish qobiliyatining pasayib ketishi yoki umuman ko'r bo'hb qohshiga olib keladi. Ko'rmay qohsh bir daqiqadan bir sutkagacha davom etishi mumkin. Keyinchalik ko'rish qobihyati yana o'z holatiga qaytadi.
Birinchi tibbiy yordam. Jarohatlanganda, termik kuyganda, ko'z kontuziyasida ko'zga darhol sterillangan bog'lov qo'yiladi va zudlik bilan jarohatlangan shahsni tibbiyot punktiga yuboriladi. Ko’zni teshib o’tuvchi jarohatlarda binocular bog’lami qo’yiladi. Bu yaxshi tinchlik holatini ta’minlaydi.
Burun jarohati qon ketishi bilan xavflidir. Bunday holda kasalni chalqancha qilib yotqizish mumkin emas. Chunki qon ketishi davometadi. bunday paytda kasalni boshini pastga eggan holda o‘tqazish yoki yuzini pastga qaratib yotqizish kerak (qoringa). Burunga muzdek suv, muz yoki qor solingan idish qo‘yish kerak. Imkon boricha burun teshiklariga vodorod peroksidi eritmasiga ho‘llangan paxtali tampon yoki tumovga qarshi tomchilar bilan ho‘llangan tampon qo‘yiladi.
Quloq chig‘anog‘i jarohatining klinik kechishi va ko'rsatilishi kerak bolgan tibbiy yordam boshqa organlaming teri qavati shikastiga ko'rsatilishi kerak bo'lgan yordamdan farq qilmaydi. Quloq chiganogi tez bituvchan bolganligini hisobga olgan holda, hatto quloq uziib tushgan bo’lsa ham uni imkon qadar ushlab turishga harakat qilish kerak.
Tashqi eshituv yo‘li pastki jag bo‘g‘imi singanda, o‘qotar quroldan jarohatlanganda, bosh suyagining asosi singanda shikastlanadi. Ba’zan nog‘ora pardasining yirtilishi holati kuzatiladi.
Tashqi eshituv yo‘llaridan qon oqishi og‘ir jarohat olgan va suyak asos qismi singanidan dalolat beradi. Bunday holatda, odatda, eshitish qobihyati keskin yomonlashadi, qon orqa miya suyuqligi cho‘kmalari bilan aralashishi hisobiga yomon iviydi. Bunday holatda quloqqa sterillangan boglov qo‘yib, jarohatlangan yotgan holatda tibbiy yordam ko'rsatish uchun tibbiyot punktiga evakuatsiya qilinadi. Quloqdan qon ketganda, uni to‘xtatish maqsadida bog’lov ustidan muz solingan halta qo’yish mumkin.
Tashqi qutoq eshituv yoli ichiga hasharot kirib qolsa, eshituv yo‘liga bir necha tomchi iliq suv yoki vazelen yog’i 30 daqiqa tomiziladi. Keyin rezinali dori purkagich yordamida iliq suv bilan yuvib tashlanadi. Quloqdan boshqa yot jismlami olib tashlashning boshqa usullarini sanitariya yo‘riqchisi qo‘llashi mumkin emas.
Nog‘ora pardasining shikastlanishi,odatda, tashqi eshituv yo‘lida havo bosimi keskin kо‘tarilganda (o‘q-dori portlaganda, quloqqa shapaloq tortilganda, suvga sakraganda va boshqalarda) ro‘y beradi. Nog‘ora pardaning yirtilishi og‘riq, qon ketishi, eshitish qobiliyati pasayishi va quloqda shovqin eshitilishi bilan kuzatiladi. Bunda, o‘rta quloq shamollashining oldini olish maqsadida jarohatlangan quloq yuvilmay va dori-darmon tomizilmasdan, steril boglov qo'yish kerak. Imkon bo'lsa, boglov ustidan muz solingan idish qon to’xtatish uchun qo‘yiladi.
Halqum, hiqildoq, kekirdak (traxeya) yamlangan va jarohatlanganda ko‘pincha qon ketish oqibatida qon nafas olish yo‘llariga tushadi. Bu o‘pka shamollashini keltirib chiqaradi va o‘lim holatiga olib keladi.
Hiqildoq va kekirdak jarohatlanganda ovoz bo‘g‘iladi yoki pichillab gaplashgandek ovoz chiqadi. Ba’zida bo‘g‘ilish hollari sodir boladi. Yo’talgan vaqtda yara sohasida og'riq kuchayadi, yaradan havo chiqishi mumkin. Halqumning yaralanishi yutinishning buzilishiga ohb keladi.
Halqum, hiqildoq va kekirdak jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam hayot uchun xavf tug'diruvchi qon ketishni to'xtatish va bo‘g‘ilib qolish sabablarini bartaraf etish dan iborat. Yaralangan joyga steril boglov qo‘yish kerak.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: yangi mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini tezkor savollar orqali mustahkamlash, o’quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berish, “aqliy hujum”, “klaster” usullari yordamida mavzuni hulosalash. Faol o’quvchilarni baholash.