Bog'liq Tomoq, ko‘z, quloq, va burun jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko\'rsatish. Kuygan vaqtda, inson tanasi muzlab qolganda, zaharlanganda, sudralib yuruvchi va boshqa zaharli jonzotlar chaqqanda birinchi tibbiy yordam
3. Yangi mavzu bayoni:
Jangovar an 'analar — bu armiya va harbiy flotda tarixdan yosh avlodga o‘tuvchi jang qilish va harbiy xizmatni bajarish axloq-odob qoidasi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xalqimizning milliy turmush tarzi, an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlari qayta tiklanayotgan bir paytda, Qurolli Kuchlarimiz jangovarlik an’analariga ega bir olamga — mardlik va sheryuraklikka undaydi. Onadek, nondek aziz Vatan tushun- chasiga oshno etadi, uning posboni bo'lish naqadar sharafli ekanligini uqtiradi. Jangovar an’analar O'zbekiston Respublikasi Vatan, Istiqlol, Hurriyat, Davlat bayrog'i, Madhiyasi, Respublika Prezidenti — Oliy Bosh Qo'mondoni, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Harbiy qasamyod kabi mustaqillik tufayli vujudga kelgan muqaddas atamalar qalbimizni g'ururga to'ldiradi.
Jangovar an’analar — er kishini o'z Vatanining sarhadlarini munosib himoya qilishga, ota-ona oromini, uy-joyini ko'z qorachig'idek asrash, posboni, egasi bor yurt tinch bo'lishiga, bepoyon dalalarda rizq-u ro'z undirilishiga, tandirlari to'la non yopiladigan, yigit-qizlari alyor aytadigan, momolari beshik tebratib bola allalaydigan, dono bobolari yoshlarni yurtning yetuk farzandlari etib tarbiyalaydigan ulkan davlatni jon-jahdi bilan qo'riqlashga va himoya qilishga da'vat etadi.
0‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining an’analari Milliy istiqlol g'oyasi jamiyatimiz taraqqiyotining mafkuraviy tamoyillarini ifoda etadi. Shu ma'noda, bu g‘oya mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin hamda farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta’limotdir. U aynan nazariy ijtimoiy voqelikning ifodasi tarzida namoyon bo‘lib, o'ziga xos shakllanish qonuniyatlari va xususiyatlariga ega boigan umummilliy hodisa hisobla- nadi. Milliy istiqlol g'oyasi yurtimizda yashaydigan har bir millat, ijtimoiy guruh, partiya yoki qatlam vakili uchun umumiy mezondir. 0‘zbekiston xalqining, mustaqillikni mustahkamlash yo'lidan borayotgan jamiyati- mizning umumiy g‘oyasidir.
Milliy davlatchilik an’analarimizni asrab-avaylash, mamlakatimiz sar- hadlari yaxlitligi hamda xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarimizda yot g'oya- larga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo'lida birlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi ishiga safarbar etish — bu g'oyaning asosiy maqsadi.
Harbiy qasamyod. Qasamyod tarixi uzoq o‘tmishimizga borib taqaladi. Masalan, Sohibqiron Amir Temur qo‘shinlarida shunday odat bo'lgan: har bir qo‘shin harbiy qo'mondoni, qoidaga binoan, qo'shinlar ko'rigidan oldin hukmdorga o'z bo'linmalarini tanishtirgan va unga sodiq qolishga ont ichgan. Jaloliddin Manguberdi, Bobur qo'shinlarida ham shunga o'xshash ont ichishga amal qilingan. Har bir davrda askar: «Ushbu qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo'lay», deya ont ichgan va unga sodiq qolgan.
Harbiy qasamyod — Qurolli Kuchlarimiz har bir jangchisining butun hayoti davoniida or-nomusi qonuni. Qasamyodni buzish — Vatan oldidagi og'ir jinoyat. Qasamyod qabul qiluvchi O'zbekiston Respublikasining butun xalqiga murojaat etib, «Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam, qonunlarda belgilangan jazoga va xalqning nafratiga mubtalo bo'lay», deb ont ichadi. Harbiy qasamyod matni 1992-yil 3-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarori bilan tasdiqlangan.