Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishida biz o’z borliqning tuzilishi, tuzilish darajalari, olamning kosmologik manzarasi va koinotning kosmologik modellari, ma’naviy bog’lik va uning shakli bo’lgan inson onggi, tafakkuri, olamning xilma-xilligi va murakkabligi haqidagi zamonaviy ilmiy qarashlar to’grisida atroflicha ma’lumot berishga harakat qildik. Ular o’quvchilarning olamning tabiiy-ilmiy manzarasi haqida kengrok tasavvurga ega bo’lishiga, obyektiv olam va ma’naviy olamni chuqurroq anglab yetishiga, falsafiy mushohada doirasining kengayishiga xizmat qiladi.
Imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, borliq va uning asosiy atributlari to’g’risida fikr yuritdik. Bu mulohazalarimizni insoniyat tarixida qo’llanilib kelgan tabiiy fanlarning xulosalariga tayangan holda ilgari surdik. Ma’lumki, bu fanlar ham davrlar o’tishi bilan takomillashib, rivojlanib, paradigmal o’zgarishlarga uchrab kelgan. Masalan, ming yillar mobaynida o’zining hukmron mavqeini quddan bermay kelgan Yevklid (m.a.ZZO-275 yillar) geometriyasi XVIII ayerga kelib, noyevklid geometriyasining asosli e’tiroziga uchradi. XX ayergacha fizika va kosmologiyaga uz xukmini utkazib kelgan Nyuton mexanikasi XX ayerning boshidayok nisbiylik nazariyasiga yul berishga majbur buldi. Bu jarayon va uzgarishlar insoniyatning borlik xakidagi tasavvurlarini yanada kengaytirdi va chukurlashtirdi.
Borliq haqidagi ta’limot falsafaning eng muhim markaziy fundamental masalalaridan biri xisoblanadi, chunki falsafa o’rganadigan qaysi bir masalani olmaylik, u borliq muammosi bilan bogliq ekanini kuramiz. Haqiqatdan ham borliq va unga munosabat masalasi falsafiy qarashlarda markaziy o’rinni egallaydi. Chunki, borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi. Borliq hakidagi falsafiy munozaralar falsafa tarixida muxim dunyokarash muammosi sifatida kadimdan davom etib kelgan va shunday bulib koladi.
Kurs ishining metodologiyasi: Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o’rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so’zi yunoncha - ontos (mavjudlik) va logos (ta’limot) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan bo’lib, «mavjudlik haqidagi ta’limot», ya’ni borliq haqidagi fan ma’nosini ifodalaydi. Ontologiya atamasi fan tarixida birinchi bor 1613 yili nemis olimi R.Gokleniusning «Falsafa lugatgoIda, so’ngra Xristian Volf(1679-1754)ning falsafaga oid dareligida ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |