Nazorat savollar 1.Nima uchun sobiq rejali iqtisodiyot sharoitida xufyona
iqtisodiyot vujudga kelgan?
2.Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq
yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari nimalardan
iborat?
3.Nima uchun aynan XX asrning 70-80-yillarida sovet
iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyot miqyoslari kuchaygan?
4.G‘arb sovetologlari Brejnevizm deb atalgan davrga qanday
izoh berganlar?
5. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy
faoliyatning “oq yoqali” shakllari nimalardan iborat?
6.Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jinoyatlarning asosiy
turlarini tavsiflab bering.
7. Soxta bankrotlikning maznuni nimadan iborat va u qanday
salbiy oqibatlarga olib keladi?
8. Iste’molchilar huquqlarini buzishga qaratilgan iqtisodiy
jinoyatlarga misollar keltiring.
9.Xorijiy mamlakatlarda iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish
tajribalarini izohlab bering.
10. O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi qanday chora-
tadbirlar ko‘rilmoqda?
11. O‘zbekistonda koronovirus tarqalishi munosabati bilan
kiritilgan karantin davrida qanday iqtisodiy jinoyalarga qarshi qanday
kurash olib borildi.?