Book · October 020 citations reads 1,496 authors: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


 Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/221
Sana12.02.2022
Hajmi3,88 Mb.
#445779
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221
Bog'liq
Hufena-iktisodiet

3.2. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi 
omil sifatida 
Jamiyat taraqqiyoti muntazam ravishda amalga oshirilayotgan 
innovatsiyalar bilan bog‘liqdir. Innovatsiyalar deganda ko‘pincha 
texnik xususiyatga ega ixtirolar nazarda tutiladi, aslida esa yangi 
institutlar (yangi “o‘yin qoidalari”)ning ixtiro qilinishi ham texnik 
ixtirolardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga egadir. Masalan, aksiyadorlik 
jamiyatlarining “ixtiro qilinishi” kapitalistik iqtisodiyot taraqqiyoti 
uchun bug‘ mashinasi ixtirosidan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega 
bo‘lgan. Ammo institutsional novatorlik doimo har qanday jamiyatda 
ko‘pchilikni tashkil etuvchi an’anaviy qadriyatlar tarafdorlarining 
qarshiligiga duch keladi. Qonunchilik me’yorlari ko‘pchilikning 


xohishini aks ettirgani sababli, yangi “o‘yin qoidalari”ning paydo 
bo‘lishi qonunchilikning buzilishi orqali amalga oshiriladi. 
Binobarin, institutsional novatorlik o‘zida albatta eski rasmiy 
(qonuniy) va yangi norasmiy (noqonuniy) amaliyotlar raqobatini 
mujassamlashtiradi. 
Fridrix fon Xayek qayd etishicha, raqobat tadqiqot jarayoni 
sifatida juda muhim bo‘lib, raqobat vaqtida tadqiqotchilar 
foydalanilmagan imkoniyatlarni qidiradilar va boshqa insonlarga 
ko‘rsatadilar
45
. Bu “raqobat, ixtiro jarayoni kabi” o‘zida albatta 
qonuniy iqtisodiyotning yashirin iqtisodiyot bilan raqobatini ham 
mujassamlashtiradi. Yangi qoidalarning norasmiy xususiyati ularni 
amalga oshirishda qo‘shimcha xarajatlarini keltirib chiqaradi, shu 
sababdan eski rasmiy va yangi norasmiy o‘yin qoidalari o‘rtasidagi 
raqobatda an’anaviy tizim bilan taqqoslaganda katta afzalliklarni 
ta’minlovchi yangi qoidalar g‘olib chiqadi. 
Xufyona iqtisodiyotning ushbu innovatsion roli tizimlararo 
siljishlarda (bir iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o‘tishda) yaqqolroq 
aks etadi. Sobiq ittifoqning so‘nggi o‘n yilligida yashirin 
iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bunga yaqqol misol bo‘lishi 
mumkin. 
1970-yillarda sovet xufyona iqtisodiyotining “kashf” etilishi 
xorijiy sovetologlar tomonidan “sotsialistik lager” mamlakatlaridagi 
markazlashtirilgan reja, total hisobot va nazoratga asoslangan 
mustaqil xo‘jalik faoliyati o‘rganilishi bilan bog‘liqdir. Birinchi 
tadqiqotchilar 
sobiq 
SSSR 
iqtisodiyotida 
amal 
qilayotgan 
mexanizmlar rasmiy e’lon qilingan va sovet matbuotida targ‘ib 
etilayotgan modeldan farq qilishini qayd etishgan. Bu borada Aron 
Katsenelinboygen ilg‘or surgan konsepsiya juda qiziqarlidir. Unda 
to‘liq rejalashtiriladigan sovet xo‘jaligida go‘yoki bozor 
munosabatlarini batafsil tasniflanishi amalga oshirilgan. Taklif 
etilayotgan yondashuvda yashirin munosabatlar g‘ayrioddiy hodisa 
emas, balki bozor aloqalari tizimining tarkibiy qismlaridan biri 
sifatida namoyon bo‘lgan. Maqola muallifi quyidagicha fikr 
bildirgan: “Sovet tajribasi marksistik yondashuvdan farqli o‘laroq 
45
Qarang: 
Хайек Ф. фон. 
Конкуренция как процедура открытия // Мировая 
экономика и международные отношения. 1989. № 12. С. 13. 


rejali sotsialistik tizim bozor elementlariga muhtoj ekanligini 
ko‘rsatdi. SSSRda mavjud bo‘lgan bozorlarning bir qator turlari 
haqida to‘xtalib o‘tish mumkin”
46

Shunday qilib, A. Katsenelinboygen sovet iqtisodiyotini rasmiy-
rejali munosabatlarning bozor (qonuniy, yarimqonuniy va umuman 
noqonuniy) munosabatlari bilan o‘ziga xos sintezi sifatida o‘rganishni 
tavsiya etgan. Buning natijasida sovet xo‘jaligi tizimining yashirin 
ko‘pukladliligi masalasi ko‘tariladi. 1980-yillarda sovetologlar 
SSSRda to‘liq rejalashtirish va markazdan boshqarish pardasi ortida 
aralash tipdagi iqtisodiy tizim yashiringan degan fikrga kelishgan edi. 
Bunda norasmiy va nazorat ostida bo‘lmagan ishlab chiqarishning 
ahamiyati rasmiy ishlab chiqarishning ahamiyatidan kam emas. 
1960-1980 yillarda SSSRda oddiy tovar va xizmatlarning 
yashirin bozori rivojlanishi “oddiy sovet odamini” bozor 
munosabatlari to‘g‘risidagi quyidagi ba’zi elementar tushunchalar 
bilan tanishtirdi: insonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni 
o‘rnatish kerak – “sen – menga, men – senga” tamoyili asosida; pul – 
buyuk o‘lchov vositasi; savdo-sotiq tanlovga imkoniyati bo‘lishi va 
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan amalga oshiriladi. Sovet tizimida 
deyarli barcha insonlar noqonuniy bozor munosabatlari ishtirokchisi 
bo‘lganligi, hamda yashirin bozor munosabatlarining ommaviyligi 
1990 yillarda iqtisodiyotning bozor modernizatsiyalashuvi jarayonini 
yengillashtirdi – ko‘pgina bozor institutlari (masalan, vositachilik 
savdosi) bo‘sh joyda emas, balki shu yashirin tuzilmani 
oshkorlashtirish orqali vujudga keldi. Aynan sovet yashirin 
iqtisodiyoti (kam sonli dissidentlarning “chiqishlari” emas) 
ma’muriy-buyruqbozliq iqtisodiy tizimidan bozor xo‘jaligiga o‘tishni 
tayyorlashda katta rol o‘ynadi. 
Xufyona iqtisodiyot faqatgina tizimlararo emas, balki tizim 
ichidagi siljishlarning ham tashabbuskoridir. Masalan, erkin raqobat 
kapitalizmidan “monopolistik” kapitalizmga o‘tish AQShda (boshqa 
mamlakatlarda ham) ochiqdan-ochiq qonunni buzuvchi “qaroqchi-
baronlar”ning (Djon Rokfeller yoki Djon Morgan kabi) faoliyati bilan 
bog‘liqdir. 
46
Qarang: Каценелинбойген А. Цветные рынки и советская экономика / 
Советская экономика и политика. Книга третья. Boston, 1988. 



Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish