Ta'limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam
o‘zlashtirish tamoyili
muhim didaktik talab va qoidalarni, ya'ni o‘quvchilar
tomonidan tizimli va ongli o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda
saqlab qolish hamda o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlarni o‘z turmush faoliyatlarida
qo‘lay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi.
Ta'limning chuqurligi va mustahkamligi talabi didaktikada an'anaviy
hisoblanadi va u yuzakilikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Chuqur, mustahkam
bilimning asosiy belgisi eng fundamental g‘oyalar, qoidalar, tushuncha,
kategoriyalarni tushunish, chuqur o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan materiallar
mazmunini puxta anglashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |