153
Oilaning relaksatsiya funksiyasi
uning
eng asosiy funksiyalaridan
biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy
quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini
ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini
muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning
ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning
dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir.
Ota-onalarning
bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir.
Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim
bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham
bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali
so‘zlashuvni tashkil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini
yaxshi bajarilishini
ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
-
bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo‘l
qo‘ymaslik;
-
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
-
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat
va chidamliligini oshirish;
-
bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish.
Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari
farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi
munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning
munosabatlarini
to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik,
qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga,
unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik,
mehnatsevarlik,
olijanoblik,
fidoiylik,
saxovatpeshalik
kabi
hislatlarni
154
shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan
xabardor qilishi kerak.
Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining
zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin,
ota-onalar va
bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va
qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik
va gunohkorlik to‘yg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham
to‘ladir. «Oilaviy hayotning «qorong‘u tomonlari» televidenie va boshqa
ommaviy
axborot
vositalarida
namoyish
qilinadigan
ayrim
ko‘rkam
manzaralariga ziddir.
Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan
ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o‘ziga
tortmaydigan ko‘pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba'zan
ruhiy kasalliklar
ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga
ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa
illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi».
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini
baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning
qanchalik
kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-
yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-
onaning tez-tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq.
Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir
ko‘rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy-ma'naviy tanglikni bolalar tezda seza olish
qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun
nihoyatda og‘ir kechadi.
Oila doimo maktab, mahalladagi
pedagog-psixologlar, faollar bilan
hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy
sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning
tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.
155
Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarzi- jinoyatchilik va
huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim
muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR:
Do'stlaringiz bilan baham: