1.
Matnni o‘qing, o‘z munosabatingizni bildiring.
Tarbiyaning ishontirish metodi
Ta'rif:
Xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim
xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlashdir.
Ishontirish haqiqiy va soxta bo‘lishi mumkin.
Haqiqiy ishonch – real voqyelikka mos keladi va shaxsning jamiyat
oldidagi qadr-qimmatini oshiradi.
Soxta ishonch – o‘zi va atrofidagilar ta'sirining umumlashuvi natijasida
vujudga keladi.
Maqsad:
Tarbiyalanuvchilar xatti-harakatlarining to‘g‘riligi va zarurligini,
ayrim xulq-atvorlarning noto‘g‘riligini tushuntirish va isbotlash asosida barkamol
shaxs xislatlarini singdirish va tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |