Book · November 019 citations reads 2,471 authors


Oilaning  regulyativ    funksiyasi



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Oilaning  regulyativ    funksiyasi
  oila  a'zolari  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlarni    boshqarish  tizimini,  shuningdek,  birlamchi  ijtimoiy  nazoratni, 
oilada  ustunlik  va  obro‘ni  amalga  oshirishni  ifodalaydi.    Bunda  kattalar 
tomonidan  yosh  avlodni  nazorat  qilish  va  ularni  moddiy  hamda  ma'naviy 
tomondan qo‘llab- quvvatlash  nazarda tutiladi. 


153 
 
 
Oilaning  relaksatsiya    funksiyasi
  uning  eng  asosiy  funksiyalaridan  
biridir.  Bu  degani  oila  a'zolarining  jinsiy,  emotsional  faoliyatini,  ruhiy-jismoniy 
quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir. 
 
Oila  funksiyalarining  muvaffaqiyatli    bajarilishi  har  qanday    oila  baxtini 
ta'minlovchi  mezon  hisoblanadi.    Shuning  uchun  oilaning  o‘z  funksiyalarini  
muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning 
ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi. 
              Bola  maktabga  kelgunga  qadar  oilada  tarbiyalanadi.  Oila  bolaning 
dunyoqarashi,  xulqi  va  didiga  ta'sir  ko‘rsatishi  tabiiy  holdir.  Ota-onalarning 
bolalarni  tarbiyalashdagi    eng  birinchi  vazifalari  ularning  sog‘ligini  saqlashdir. 
Buning  uchun  bola  to‘yib  ovqatlanishi,  gigiena  talablariga  rioya  etishi  lozim 
bo‘ladi.  Ota-onalar  o‘zlarining  mehnat  faoliyatlari,  xulq-atvorlari  bilan  ham 
bolaga  namuna  bo‘lishlari  shart.  O‘zaro  oilaviy  jamoada  yaxshi  iborali  
so‘zlashuvni tashkil etish lozim. 
             Ota-onalar  bolalarining    maktab-o‘quv  vazifalarini  yaxshi  bajarilishini  
ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir: 
-
 
bolalarning  darsga  kech  qolishlariga  va  sababsiz  dars  qoldirishlariga  yo‘l 
qo‘ymaslik; 
-
 
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish; 
-
 
bolalarning  uy  vazifalariga  halollik  bilan  qarashga  o‘rgatish,  ularning  g‘ayrat 
va chidamliligini oshirish; 
-
 
bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish. 
 
Oiladagi  sog‘lom  muhit,  odamiylik,  insonparvarlik  munosabatlari 
farzandning  ruhiy  dunyosiga  ijobiy  ta'sir  ko‘rsatadi.    Ota-onaning  o‘zaro  yaxshi 
munosabati,  mehribonligi,  g‘amxo‘rligi  oiladagi  farzandlarning  munosabatlarini 
to‘g‘ri  shakllantirishga  yordam  beradi.  Ona  qizida  muloyimlik,  shirinsuxanlik, 
qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, 
unga  uy-ro‘zg‘or  yumushlarini  o‘rgatish  ham  lozim.  Ota  o‘g‘lida  to‘g‘riso‘zlik, 
mehnatsevarlik, 
olijanoblik, 
fidoiylik, 
saxovatpeshalik 
kabi 
hislatlarni 


154 
 
shakllantirishi  bilan  birga  uyda  erkaklar  bajaradigan  barcha  yumushlardan 
xabardor qilishi kerak.  
 
Ma'lumki,  oila  va  qarindoshlik  munosabatlari  har  qanday  kishi  hayotining 
zaruriy  qismi  hisoblanadi.  Oilaviy  munosabatlar-er  va  xotin,  ota-onalar  va 
bolalar,  aka-ukalar  va  opa-singillar  o‘rtasidagi  munosabatlar  har  jihatdan  iliq  va 
qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik 
va  gunohkorlik  to‘yg‘ulariga  yetaklovchi  muammolar  va  ixtiloflar  bilan  ham 
to‘ladir.  «Oilaviy  hayotning  «qorong‘u  tomonlari»  televidenie  va  boshqa 
ommaviy 
axborot 
vositalarida 
namoyish 
qilinadigan 
ayrim 
ko‘rkam 
manzaralariga ziddir.  
Oilaning  buzilishiga  va  ajralishiga  olib  keladigan 
ziddiyatlarni,  janjallarni  hisobga  olgan  holda,  oilaviy  hayotning  o‘ziga 
tortmaydigan  ko‘pgina  salbiy  tomonlari  ham  mavjud.  Ba'zan  ruhiy  kasalliklar 
ham  oilaviy  munosabatlar  xarakteriga  ta'sir  etadi.  O‘zining  salbiy  oqibatlariga 
ko‘ra,  oilaviy  hayotdagi  agressivlik,  ichkilikbozlik,  giyohvandlik  va  boshqa 
illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi». 
  
Ayniqsa,  ota-onalar  ajralishining  bolalarga  o‘tkazadigan  salbiy  ta'sirini 
baholash  juda  qiyin.  Ajralish  oldidan  ota-onalar  o‘rtasidagi  tortishuvning 
qanchalik  kuchli  ekanligiga,  bolalarning  yoshiga,  ularning  qarindoshlari  bor-
yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-
onaning tez-tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor-yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. 
Bular  va  boshqa  bir  qator  omillar  bolaning  ko‘nikish  jarayoniga  ta'sir 
ko‘rsatadilar.  Hatto  oiladagi  ruhiy-ma'naviy  tanglikni  bolalar  tezda  seza  olish 
qobiliyatlariga  egadirlar.  Ajralish  holatlarining  salbiy  oqibatlari  ular  uchun 
nihoyatda og‘ir kechadi. 
 
     Oila  doimo  maktab,  mahalladagi  pedagog-psixologlar,  faollar  bilan 
hamkorlikda  ish  olib  borishi  lozim.  Bu  albatta  yoshlarning  ma'naviy-marifiy 
sohada    yuksak  samaradorlikka  erishishlariga  yordam  ko‘rsatadi  va  ularning 
tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.  


155 
 
Shunday  qilib,  oiladagi  sog‘lom  turmush  tarzi-  jinoyatchilik  va 
huquqbuzarliklarning  oldini  olish  garovidir  Bunda  oila,  mahalla,  ta'lim 
muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
 
 
 
 
MAVZU YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR: 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish