Book · November 019 citations reads 2,471 authors



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Sanogen  tafakkur
  –  (
lotincha:  «sanus»-  sog‘lom:  va  yunon  tilida: 
«genezis»- 
rivojlanish)-
 
his-hayajon 
va 
emotsiyalarni 
boshqaruvchi, 
sog‘lomlashtiruvchi tafakkur. 
Mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridanoq  mamlakatimizda  sog‘lom 
avlodni  voyaga  yetkazish,  ta'lim  jarayoni  sub'ektlari  faoliyatini  tashkil  etish, 
oilaviy  tarbiyani  sog‘lomlashtirish  va  ularni  muvofiqlashtirish  asosida 
jamiyatimizda  voyaga  yetmaganlar  orasida  huquqbuzarlik  va  nazoratsizlikni 
oldini olishga qaratilgan  tadbirlarni  jonlantirish   vazifalari  yetakchilik  qilmoqda. 
Shu  jihatdan  olganda    o‘smir  va  o‘spirin  yoshidagi  o‘quvchilar  orasida 
huquqbuzarliklar  va  jinoyatchiliklarning  oldini  olishda  sanogen  tafakkurni 
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insonning  tafakkuri  qanchalik  sog‘lom  bo‘lsa,  uning  ruhiyati,  jismi 
shunchalik  sog‘lom  ezgulikka  yo‘nalgan  bo‘ladi.  Odamning  fikrlashi  qancha  sof 
erkin  bo‘lsa,  u  shuncha  zararsiz  fikrlaydi,  shukrli,  sabrli  va  beg‘araz  bo‘ladi. 
Bugungi  kunda  go‘zal  xulq,  to‘g‘ri  aqida  asosida  tarbiyalangan,  ehtiyotkor, 
sog‘lom  fikrlay  oladigan  farzand  hayotda  aql-idrok  bilan  ish  tuta  oladi.  Iymon 
e'tiqodda sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi 
hamda  g‘arazli  tashviqotlarga  berilmaydi.  Bunday  sifatlarga  ega  shaxs  sanogen 
tafakkur  egasi  sanaladi.  Demak,  farzand  yoshligidan  sog‘lom  e'tiqodli,  bilimli, 
odobli  va  shijoatli  bo‘lib  voyaga  yetishi  uchun  foydali  ilm  va  ko‘nikmalar  bilan 
band bo‘lishi muhim vazifadir.  


149 
 
Sanogen  fikr  kishisi  hamisha  o‘z  qarashlarini  ijobiy  asoslaydi,  kerak 
bo‘lganda  himoya  qilib,  to‘g‘ri  xulosa  chiqaradi,  o‘z  burchini  adolatli  baholaydi. 
Sanogen  tafakkurga  ega  inson  ichki  nizoni  ijobiy  bartaraf  etadi.  Shuning  uchun 
yurtimizda sanogen tafakkurga ega shaxslardan iborat  barkamol avlod tarbiyasiga 
alohida e'tibor qaratilmoqda.  
Ma'lumki,  o‘smirlik  yoshi  10-11  yosh,  14-15  yoshni  tashkil  etadi. 
Ko‘pchilik  o‘quvchilarda  o‘smirlikning  o‘tish  davri  asosan  maktab  pallasining 
murakkab  bo‘lgan  4-5-sinfiga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  yoshda  o‘smir  rivojida  keskin 
o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. 
Fiziologik  o‘zgarish  jinsiy  yetilishning  boshlanishi  va  u  bilan  bog‘liq  ravishda 
barcha  a'zolarning  mukammal  rivojlanishi  va  o‘sishi,  hujayra  va  organizm 
tuzilmalarining  qaytadan  shakllana  boshlashidir.  Organizmdagi  o‘zgarishlar 
bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda 
ichki  sekretsiya  bezlaridan  biri  gipofiz  bezining  funksiyasi  faollashadi.  Uning 
faoliyati  organizm  to‘qimalarining  o‘sishi  va  muhim  ichki  sekretsiya 
bezlarining,  ya'ni  qalqonsimon  bez,  buyrak  usti,  oshqozon  osti,  jinsiy  bezlar 
ishini  kuchaytiradi.  Natijada  bola  bo‘yining  o‘sishi  tezlashadi,  jinsiy  balog‘atga 
yetish  jarayoni  amalga  osha  boradi.  O‘smirlar  o‘zlarini  kattalardek  tutishga 
harakat  qiladilar.  Ular  o‘zlarining  qobiliyat  va  imkoniyatlarini  ma'lum  darajada 
o‘rtoqlari  hamda  ustozlariga  ko‘rsatishga  intiladilar.  Bu  holatni  maktab 
o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin. 
15-25  yoshlilar  esa  o‘spirinliklik    davriga  mansub  shaxslar  hisoblanadi.  Ilk 
o‘spirinlik  bosqichi    15-17,  o‘rta  o‘spirinlik  bosqichi  17-22  va  katta  o‘spirinlik 
bosqichi  22-25  yoshdagi  davrlarni  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Mustaqil 
davlatimizning  tayanchi  va  kelajagi  bo‘lgan  yoshlarni  har  tomonlama 
rivojlantirishda,  mustaqillik  mafkurasini  ularning  ongiga  singdirishda,  ijtimoiy 
faolligini  o‘stirishda,  jamiyatimizga  yot,  zararli  g‘oyalardan  ularni  avaylab-
asrashimizda oila tarbiyasi muhim o‘rin egallaydi. 


150 
 
O‘smir  va  o‘spirin  yoshidagi  o‘quvchilarda  sanogen  tafakkurni 
rivojlantirish  o‘ziga  xos  bo‘lgan  psixologik  xususiyatlarga  bog‘liq.  Bunda 
o‘smirlar  shaxsining  shakllanib,  rivojlanib  kamolga  yetish  yo‘llarini  va  unga 
ta'sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni, bevosita ta'sirini tadqiq etishni davr 
taqoza  etmoqda.  Bunda  birinchi  navbatda,    oila  tarbiyasidagi  ota-onalar 
diagnostikasini o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Pedagogika va psixologiya sohasida  ota-onalar bilan ish olib borishga doir 
turli  xil  yondashuvlar  mavjud.  Bulardan  K.  Leongard,    Myunstenberg,  Dembo-
Rubinshteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munavvarov, O. Musurmonova, 
L. Mahmudovalar tomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda 
yaratilgan  ma'rifiy-axborotli  yondashuvlardir.  Bu  yondashuvlarning  mazmuni  va 
mohiyatidan  kelib  chiqqan  holda  ota-onalarga  uzluksiz  va  ma'lum  tizim  asosida 
yordam  berish  maqsadida  oila  uchun  ommaviy  ta'lim  dasturlari  ham  ishlab 
chiqilgan.  Bu  dasturlar  asosida  oilaning  yoshlar  tarbiyasidagi  rolini 
faollashtirishga muvaffaq bo‘linmoqda. 
 
Ma'lumki,  aniq  manzilga  qaratilgan  har  qanday  faoliyat  o‘z  samarasini 
beradi,  shuning  uchun  muayyan  ijtimoiy-  pedagogik  yordamga  muhtoj  oilalarni 
ijtimoiy  pedagogik  tashxis  asosida  aniqlab,  ularga  real  yordam  ko‘rsatish,  ya'ni 
oilada  valeologik  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish  va  bolalarga  to‘g‘ri 
tarbiya berish maqsadga muvofiqdir.  
 
Har  bir  oilaning  ehtiyojlarini  inobatga  olgan  holda  ularga  ijtimoiy-
pedagogik  yordam  berishda  maxsus  amaliy  ishlar  (spetspraktikumlar)  muhim 
ahamiyatga ega. 
 
Oilada  sog‘lom  turmush  tarzini  barqarorlashtirish  bo‘yicha  amaliy  ish 
quyidagicha amalga oshiriladi: 
 
-maqsadni  belgilash,  ya'ni  oiladagi  erishilgan  yutuqlarni  aniqlab,  ularga 
suyangan  holda  ota-onalarning  yana  qanday  imkoniyatlarga  ega  ekanliklarini 
hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash; 


151 
 
 
-harakatlar  algoritmi,  ya'ni  ota-onalar  orasida  oila  tashxisini  o‘rnatishga 
doir anketalar tarqatish, ularga javoblar olish, tahlil etish, ularning tavsifiga ko‘ra 
ota-onalarni kichik guruhlarga ajratish va tashhis natijalari bilan tanishtirish kabi 
faoliyatdir; 
 
-diagnostika  asosida  pedagogik  konsiliumlarni  tashkil  etish,  psixologik 
xizmatni amalga oshirish rejalarini tuzish ishlari amalga oshiriladi. 
 
Oila  diagnostikasini  amalga  oshirishda  oila  va  oilaviy  munosabatlarning 
psixologik  holatini,  muhitni  o‘rganishga  doir  »Oilada  pedagogik  muhitni 
aniqlash», «Tipik oilaviy hayot», «To‘gallanmagan jumlalar», «Oilaning kinetik 
rasmi» nomli mashhur metodikalardan foydalanish maqsadga muvofiq.  
Oilaviy tarbiyaning o‘ziga xosligi shundaki, u bolalarga ota-ona, qon-qardoshlik, 
avlod-ajdod  xislatlarini  uzatadi,  uning  davomiyligini  saqlaydi,  farzandni  shaxs 
sifatida shakllantiradi, hayotga tayyorlaydi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish