Book · November 019 citations reads 2,471 authors


Oila  –jamiyatning  asosiy



Download 3,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/394
Sana02.01.2022
Hajmi3,68 Mb.
#308363
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   394
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Oila  –jamiyatning  asosiy 
ijtimoiy
  bo‘g‘ini  sifatida.    Oila  va  uning 
vazifalari.
  Oila-  jamiyatning  boshlang‘ich  ijtimoiy  bo‘g‘inidir.  U  o‘zida  oila 
a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat 
turlarini aks ettiradi.  Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy   dunyoqarash asoslari, 
ma'naviy-axloqiy,  nafosat,  mehnat  va  boshqa  ijtimoiy  omillarni    shakllantirish 
maqsadida tizimli ta'sir ko‘rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.  
Mustaqillik  davrida  oila  institutini  jamiyatning  boshqa  muhim  ijtimoiy 
tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o‘zga-rishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, 
uning  nufuzini  oshirish  masalasiga  davlat  siyo-satining  eng  muhim  va  ustuvor 
yo‘nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelinmoqda. 


143 
 
Mamlakatimiz  Konstitutsiyasida  oilaning  ijtimoiy  maqomi  aniq  belgilab 
qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari va boshqa zarur qonun 
hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilga-ni ham bu 
fikrni tasdiqlaydi. 
Oila    har  qaysi  jamiyatning  kichik  bo‘g‘inidir,  oilalar    birlashib,    jamiyatni  
tashkil    etadi.    Oila    farovonligi-milliy    farovonlik    asosi  hisoblanadi.  Inson  
shaxsini    shakllantirish    oildan    boshlanadi,  shu    bilan    birga    oila-murakkab  
ijtimoiy    guruh    bo'lib,  biologik,    ijtimoiy,  axloqiy,  mafkuraviy    va  ruhiy  
munosabatlarning    birlashuvi    natijasida    vujudga    keladi.  O'zbekiston  
Respublikasi    Prezidentining    2017-yil    25-maydagi    PF-3434-raqamli    farmoni  
va  unda  ko'zda  tutilgan  maqsad  va  vazifalarni  bajarilishi  bo'yicha bugungi 
kunda  respublikamizda  qator  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  jamiyatdagi  
o'zgarishlar    oilaga    ta'sirini    ko'trsatganidek,  oiladagi    o'zgarishlar    ham   
jamiyatga o'z  ta'sirini  ko'rsatadi, oila  davlatning,  jamiyatning  asosiy   tayanchi 
,  uning    mustahkamligi,  tinch-totuvligi,  farovonligi    va  barqarorligidan    jamiyat  
mafaatdor  bo‘ladi.  Oilada    ma'naviy    va    jismoniy    yetuk    avlodni    tarbiyalash  
yoshlarni    oilaviy    hayot    qurishga    tayyorlash,  zamonaviy    kasb-hunar    sirlari  
bilan qurollantirish  lozimligi zarur. Bunda  Vazirlar Mahkamasining  2017-yil  5-
iyuldagi    “Oilada    tibbiy    madaniyatni    oshirish,    ayollarning    sog'ligini  
mustahkamlash,  sog'lom    avlod    tug'ilishi    va    uni    tarbiyalshning    ustivor  
yo'nalishlarini  amalga  oshirishning  maqsadli  dasturi  to'g'risida  ” gi  242-sonli  
qarorining    bajarilishi    muhim  ahamiyat  kasb  etadi.    Oilashunos  olimlar:  D. 
Aabdullaeva,    N.  Islomova,  F.  Xabibullaevlar  tomonidan    oilaning  asosiy 
funksiyalari turlicha tasniflangan: 
Bu  o'rinda  oilaning  xo'jalik-maishiy  va  emotsional  va  ijtimoiy-psixologik 
ehtiyojlarni qondiruvchi funksiyalari; oilaning iqtisodiy funksiyasi - oila iqtisodi, 
byudjeti,  daromadi,  kundalik  xarajati;  oilaning  reproduktiv  funksiyasi 
(jamiyatning  biologi  uzluksizligini  taminlash);  oilaning  tarbiyaviy  funksiyasi  – 
oila a'zolarining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga asos solinishi. 


144 
 
Mustaqillikka  erishganimizdan  so'ng  milliy  qadriyatlarimizning  tiklanishi 
va xalqimiz azaldan e'zozlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz an'analarimizning 
bu  boradagi  ahamiyati;  jamiyatning  komil  fuqarosini  shakllantirish,  tarbiyalash 
hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga kiritilgan. 
   Vazirlar  Mahkamasining  2017-  yil  25-avgustdagi  ‘'Nikohlanuvchi  shaxslarni 
tibbiy  ko'rikdan  o'tkazish  tartibini  takomillashtirish  to'g'risida”gi    365-  sonli 
qarori,  20162-  yil  5-iyuldagi  “Oilada  tibbiy  madaniyatni  oshirish,ayollarning 
sog'ligini  mustahkamlash, sog'lom  avlod  tug'ilishi  va  uni  tarbiyalashning  ustivor 
yo'nalashlarini  amalga  oshirishning  maqsadli  dasturini  takomillashtirish 
to'g'risida”gi  242-  sonli  qarorlarining  amalda  bajarilishi  jamiyatimizdagi 
oilalarning  mustahkamlanishi  va  sog'lom  avlod  tug'ilishi  kabi  muammolar 
yechimini topishga qaratilgan. 
Oila – uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra : to'liq, noto'liq va qayta: 
1-
 
dan, to'liqligiga ko'ra: 
1-
 
dan, bo'g'inlar soniga ko'ra:nulear ( ota –ona va bolalardan  
1-
 
iborat )  va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan  iborat oila a'zolari birga 
yashovchi) oilalar. 
1-
 
dan,bolalar soniga ko'ra: 
1-
 
 dan, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga  ko'ra; 
1-
 
 dan , er-xotinning ma'lumot saviyasiga ko'ra; 
1-
 
dan, regional jihatlarga ko'ra farqlanadi. 
   
Oilada    asosan    quyidagi    omillarga    tayaniladi:  ruhiy    xotirjamlik, 
samimiylik    munosabatlarining    shakllangan    bo'lishi,    ota-onaning    obro'si  
yuqori    darajadaligi,    bolalarga    talab    qo'yishda    oiladagi    kattalar    o'rtasidagi  
birlikning    saqlanishi,    bola    shaxsini    mehnatda    tarbiyalashda    alohida    e'tibor  
berish    lozimligidir.   Oilaning    iqtisodiy,   reproduktiv, kommunikativ, rekreativ,  
tarbiyaviy    funksiyalarida    jamiyatning,  davlatning    ahamiyati    beqiyos. 
Jamiyatning    komil    fuqarosini    shakllantirish,    tarbiyalash    hozirgi    zamon  
oilasining  muhim  funksiyasi  darajasiga  kiradi. yordam beradi.  


145 
 
       Bolalarni  har  tomonlama  yetuk,  komil  inson  qilib  tarbiyalash  masalalari 
xalqimiz  uchun  qadimdan  muhim  masala  bo‘lib  kelgan.  Bolalar  alohida 
g‘amxo‘rlik va  yordam  huquqiga  egadirlar.  Jamiyatning  asosiy  bo‘g‘ini bo‘lgan 
oilada  farzandlar  baxtiyor  bo‘lishlari,  o‘sib  ulg‘ayishlari  va  farovonlikka  ega 
bo‘lishlari,  sog‘lom  va  har  tomonlama  uyg‘unlashgan  holda  kamolotga 
yetishishlari  lozim.  Oilaning  har  bir  a'zosi  g‘amho‘rlik,  baxt,  mehr-muhabbat 
tuyg‘ulari  asosida  o‘zining  qadr-qimmati,    huquq  va  erkinliklari,  tenglik  va 
birdamlikka  ega  bo‘lishlari  kerak.  Ta'lim  jarayoni  sub'ektlari  bo‘lmish  bolalar 
uchun  ko‘zda  tutilgan  barcha  huquqlar  ta'minlanishi,  hurmat  qilinishi  zarur. 
Voyaga yetmaganlarning shaxs va sub'ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, 
tarbiyalanganlik darajasining o‘sishi, jamiyat tomonidan belgilangan odob-axloq, 
xulq  normalariga  mosligi  ularning  kelajakda  jamiyatning  teng  huquqli  fuqarosi 
sifatida  faoliyat yuritishiga  zamin yaratadi. 
Bolaning ongi asosan 5—7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, 
aynan  ana  shu  davrda  uning  qalbida  oiladagi  muhit  ta'siri-da  ma'naviyatning  ilk 
kurtaklari  namoyon  bo‘la  boshlaydi.  Xalqimizning  «Qush  uyasida  ko‘rganini 
qiladi», degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks 
ettiradi. 
Odamzot  uchun  bir  umr  zarur  bo‘ladigan  tabiiy  ko‘nikma  va  xususiyatlar, 
masalan,  har  qaysi  bolaning  o‘ziga  xos  va  o‘ziga  mos  qobiliyati,  atro-fidagi 
odamlar  bilan  muomalasi,  tengdoshlari  orasida  o‘zini  qanday  his  qilishi, 
yetakchilik  xislatlariga  ega  bo‘lishi  yoki  ega  bo‘lmasligi,  kerak  bo‘lsa, 
dunyoqarashi — bularning barchasi av-valo uning tug‘ma tabiati, shu bilan birga, 
oilada oladigan tarbiyasiga uzviy  bog‘liq ekanini  hayot  tajribasi ko‘p  misollarda 
tasdiqlab beradi. 
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon narsani tushunib, anglay 
boshlaydi,  uning  be-g‘ubor  ongi  bamisoli  bosma  qog‘oz  singari  oila-dagi,  yon-
atrofdagi  barcha  voqyea-hodisalarni,  Ularning‘  zamiridagi  taassurotlarni  o‘ziga 
shi-mib-sing‘dirib  oladi.  Uning  ota-onasiga,  bobo  va  momolariga  mehri  va 


146 
 
hurmati,  o‘zini  o‘rab  tur-gan  muhitga  nisbatan  munosabati  kundan-kunga 
takomillashib boradi. 
Xonadondagi  har  bir  narsa  —  daraxt  va  o‘simliklar  bo‘ladimi,  turli 
o‘yinchoqlar,  uy  hayvonlari  bo‘ladimi  —  bularning  barchasi  bolaning  ko‘ziga 
go‘yoki  olamning  beqiyos  mo‘jizasi  bo‘lib  ko‘rinadi  va  shu  tariqa  u  yorug‘ 
dunyoni o‘zi uchun kashf qiladi. 
Taassufki,  ba'zi  ota-onalar  o‘z  farzandining  ana  shunday  qiziqishi  va 
intilishlariga,  uning  ongu  tafakkurida  har  kuni  bir  o‘zgarish  ro‘y  berib,  ko‘zida 
yangi-yangi  savollar  paydo  bo‘layotganiga  ahamiyat  bermaydi.  Biz  o‘z 
farzandlarimizning  baxtu  saodatini,  iqboli  va  kamolini  ko‘rishni  istar  ekanmiz, 
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning 
shakllanib kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta'-sir ko‘rsatishi haqida doimo 
o‘ylashimiz,  bu  masalada  zimmamizda  qanday  ulkan  mas'uliyat  borligini 
unutmasligimiz zarur. 
Bugungi  kunda  bizning  qilayotgan  barcha  ishlarimiz  farzandlarimizning 
baxtu saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Lekin baxtu 
saodat  faqat  boylik,  molu  mulk  bilan  belgilanmaydi.  Odobli,  bilimdon  va  aklli, 
mehnatsevar,  iymon-e'tiqodli  farzand  nafaqat  ota-onaning,  balki  bugun 
jamiyatning eng katga boyligidir. 
         Oilalar  respublikamiz  shahar  va  qishloqlarining  yagona  ijtimoiy-iqtisodiy 
umumiyligi  asosida  rivojlanadi.  Ayni  paytda  oilaviy  turmush    va  oilaviy  tarbiya 
o‘zining  milliy  xususiyatlariga  ham  egadir.    Oila  tarbiyasi  o‘z  milliy  va 
demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.  Oilaviy tarbiyada oilaning 
moddiy  farovonligi,  madaniy-ma'naviy  saviyasi,  osoyishtaligi,    oila  a'zolarining 
soni,  tarkibi  alohida    ahamiyat  kasb  etadi.  Oiladagi  sog‘lom  turmush  tarzi- 
kelgusida  farzandlarning  qanday  inson  sifatida  shakllanishida  muhim  ahamiyat 
kasb etadi.  
O‘quv  maskanlarida  beriladigan  ta'lim-tarbiya  darajasi  bilan  o‘quvchi-
talaba  shaxsining  oilaviy  turmush  tarzi  orasidagi  aloqadorlikning  pedagogik 


147 
 
jihatdan  ta'minlanganligi  hamda  ta'lim  oluvchilarning  yutuqlari,  ularda  shaxsiy 
sifatlarning tarkib topib borishini jadallashtiradi.   
“Oilaviy  tarbiya  doimo  o‘zining  murakkab  va  ko‘p    qirraliligi,  ajoyib  va 
serjiloligi bilan ajralib turadi”
24
. Har bir oila o‘ziga xos bir olam, olam ichidagi va 
shu bilan birga olamga sig‘magan olam, u tarbiya ishida o‘ziga xos, takrorlanmas 
xususiyatlarni    o‘zida  namoyon  qiladi.  Ana  shuning  uchun  ham  oilaviy 
tarbiyaning hammaga ma'qul tushadigan yo‘l-yo‘riqlari mavjud emas.  
             O‘zbek  xalqining  milliy  xususiyatlari:  axloqiylik,  o‘zini  o‘zi  anglash, 
milliy  tuyg‘u,  milliy  madaniyat,  milliy  kiyinish  va  yurish-turishda  o‘z  aksini 
topadiki,  o‘zbek  oilasining  tuzilishi  va  shaxslararo  munosabatini  o‘rganishda 
bularni chetlab o‘tish mumkin emas. O‘zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar 
xosdir:   ko‘p bolalilik; oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo‘lishi;  
qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. 

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish