uning reproduktiv
(jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish)
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan
iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina
qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va
madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab
turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda
farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi.
Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |