219
Xodimlarni o’qitishga va malakasini oshirishga bo’lgan tashkilot imkoniyatlari.
Professional tayyorlovi
Malakani oshirish.
Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar:
1.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarishning zarurligi nimada?
2.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarishni joriy qilishning ahamiyatini
tushuntirib bering.
3.
Investitsiya loyihasi komandasi faoliyatini nazorat nima uchun zarur?
4.
Investitsiya loyihasi komandasi xodimlarini boshqarishning asosiy vazifalari
nimalardan iborat?
5.
Investitsiya loyihasi komandasida personalning ahamiyati nimada?
6.
Investitsiya loyihasi komandasini boshqarish tizimi nimalarni o’z
ichiga
oladi?
7.
Loyihada kadrlar siyosati nimalarga qaratiladi?
220
12-BOB. LOYIHANI YAKUNLASH
12.1. Loyihani ishga tushirishga tayyorlash. Uskunalarni
ishga tushirish,
dastlabki sinovdan o’tkazish va uning ish sifatini nazorat qilish
Loyihani ishga tushirish ishlariga texnologiyalarni individual sinovdan
o’tkazish va kompleks tekshirishga tayyorlash hamda ularni amalga oshirish
jarayonida bajariladigan chora-tadbirlarni keltirish mumkin.
Bunda texnologiya
sifatida barcha texnologik tizim, ya’ni: loyihada ko’zda tutilgan mahsulotning
birinchi partiyasini ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatishni ta’minlovchi
texnologiyalarning
barcha turlari kompleksi, truba o’tkazgichlari, bino-inshootlar va
qurilmalar ko’zda tutiladi.
Individual sinov davri o’z ichiga kompleks sinovdan o’tkazish uchun ishchi
komissiyasi tomonidan qabul qilib olishga mashina, qurilma,
agregat va
inshootlarning alohida qismlarini tayyorlash maqsadida montaj va ishga tushirish
ishlarini olib borishni qamrab oladi.
Individual sinovlar amalga oshirilishiga qadar elektrotexnik qurilmalar,
avtomatlashtirilgan va tizimli boshqarish, sanitar-texnik va yuqori quvvatli uskunalar
bo’yicha ishga tushirish-qabul qilish ishlari bajariladi.
Ishga qabul qilish ishlari tugallangan qurilish ob’ektlarini
ekspluatatsiyaga
qabul qilishni bajarish hajmi va shartlari tarmoq qoida va me’yorlari bilan
belgilanadi.
Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazishdan maqsad – aniq ma’lumotlarni
ifodalovchi natijaviy daraja qilingan ishlarni loyiha bo’yicha olish hisoblanadi.
Ekspluatatsiyali sinashni o’tkazish jarayonida texnologiyalarning to’g’ri yoki
noto’g’ri tanlanganligi, jihozlar ishlash to’g’risida tavsiyanoma yoki yo’riqnoma
beriladi.
Ekspluatatsiyali sinash o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- Haqiqiy va rejalashtirilgan ko’rsatkichlarni yo’llarini
oshirilishi yoki
farqlanishi;
221
- Ekspluatatsiyali sinash loyiha to’g’risida tavsiya bilan rejalashtirilgan
ko’rsatkichlarni qiyoslash;
- Farqlanish sabablarini aniqlash;
- Yarim tayyor farqlanish aniqlanganda tadbir o’tkazish;
-Yarim tayyorni to’liq tayyorlash ishlarini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: