131
7-BOB. LOYIHANING ISHLAB CHIQARISH REJASI
7.1. Loyihani amalga oshirishning asosiy bosqichlari. Qurilishning smeta
qiymati va investitsion loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi
Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda
qarz mablag’larini qaytarish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,
mablag’ bilan ta’minlovchi bank muassasasi va buyurtmachi o’rtasida tuzilgan
shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Ob’ekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari
natijalari bo’yicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga,
ishlab
turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta
jihozlashga tuziladi. Shartnoma O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda
kapital qurilish sohasidagi
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnomalar tuzish
huquqiga ega bo’lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi. Markazlashtirilgan
manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha pudratchilar tanlov
savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini
ta’minlashga qodir bo’lgan yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Zarurat bo’lganda
qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomaga muvofiq ish ko’ruvchi yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi
qurish shartnomasi
bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va
subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va
konstruktsiyalarini yetkazib beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar vositachi
tashkilotlar va boshqa oraliq bo’g’inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida
quriladi. Bunda ham moddiy-texnika resurslarini o’zaro
bergan holda, ham ular
berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta ob’ekt
qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga
realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.
132
Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari bo’yicha aniqlangan
shartnomaviy joriy narx bo’yicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari
tasdiqlangandan keyin o’n kun muddatda tuziladi. Tanlov
savdolari shartlariga
muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan ob’ektlar
bo’yicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan
tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga
ilova qilinadigan qo’shimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi. Shartnomaga ishlar
hajmining ko’payishi yoki loyihaning o’zgartirilishi bilan bog’liq o’zgartirishlar
kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun
hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi. Shartnoma tuzishda
buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun
hujjatlariga muvofiq unda
boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir. Subpudratchilar va yetkazib
beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar) ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov
savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan bosh shartnoma bo’yicha majburiyatlar saqlanib
qolishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi. Ob’ektlar qurilishiga shartnoma
bo’yicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik,
kafolat
shaklida va boshqa shakllarda ta’minlanadi. Ob’ekt qurilishi shartnomasida aks
ettiriladigan o’zaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: