63
2. Investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga
talabni o’rganish, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash (pre –
feasibility
studies);
3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi yoki uning texnik - iqtisodiy va
moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies);
4. Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish
(final evaluation).
Investitsiya g’oyalarining shakllanishi bosqichida, bu g’oyani tanlash, uni
dastlabki asoslash, loyihada ko’rsatilayotgan ishlab chiqarishni tashkil etish, texnik,
innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani amalga oshirish
davomida qo’yiladigan
boshqa talablarga javob berish, investitsiya g’oyasining
ustunligini tarmoq, xududiy va davlat idoralari bilan dastlabki kelishuv, loyihani
amalga oshira oladigan korxonani dastlabki tanlash va ma’lumotlar memorandumini
tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni hisobga olgan
xolda mahsulot va hizmatlarga bo’lgan talabni dastlabki o’rganish, mahsulot va
hizmatlar bazaviy, joriy va prognozlashtirilayotgan
narhlari darajasini baholash,
loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy-tashkiliy takliflar va loyiha ishtirokchilari
tarkibi, tahmin qilinayotgan investitsiya xajmlarini baholash, loyihaning texnik-
iqtisodiy asoslari bo’limlari bo’yicha dastlabki baholashni tayyorlash, shu jumladan
loyihaning samaradorligini baholash, potensial investorlar uchun investitsion takliflar
tayyorlashni o’z ichiga oladi.
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan
biri bu loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini aniqlashdir.
Salohiyatli
investorlar, ular qanday bo’lishidan qat’iy nazar rivojlangan yoki rivojlanayotgan
davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot olishga
qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish va tahlil
etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi:
1. Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro).
2. Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro).
64
Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha izlanishlarni olib borish o’sha davlatning
butun investitsiya salohiyatini (potensialini) hamda bu davlatga boshqa davlatlar
tomonidan investitsiya qilinishi mumkin bo’lgan mablag’lar hajmini o’rganish va
taxlil qilishni o’z ichiga oladi.
Korxona miqyosidagi tahlil aniq investitsiya loyihasi bo’yicha qo’yilayotgan
talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda
quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi:
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar;
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va
xom ashyo resurslari;
- ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab
(aholini o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa
omillar);
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri;
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari;
- diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan,
neft-ximiya majmuasidan
formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish;
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;
- eksport imkoniyatlari;
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish.
Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar
bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi.
Loyiha g’oyasini rivojlantirish uchun aniq takliflar kiritishda talab etiladigan
ma’lumotlarni miqdoriy baholash uchun investitsiya imkoniyatlarini tadqiq etish
asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi:
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar;
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan amaldagi
qishloq xo’jaligi tarkibi;
- muayyan iste’mol
talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib
boruvchi talab;
65
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish;
- qayta ishlovchi sanoat sektori;
- mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan
aloqalar;
- umumiy investitsiya muhiti;
- ishlab chiqarish siyosati;
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;
- eksport salohiyati va boshqalar.
Umumiy imkoniyatlarni tadqiq etishni quyidagi uchta kategoriyaga ajratish
mumkin:
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar.
2. Sanoat sohasidagi, masalan, qurilish materiallari
yoki oziq-ovqat
mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlarni - aniqlash uchun belgilangan
izlanishlar.
3. Tabiiy resurslar, qishloq va sanoat mahsulotlaridan foydalanishga (neft,
ximiya, metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash) asoslangan imkoniyatlarni aniqlash
uchun belgilangan izlanishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: