Book · June 020 citations reads 12,253 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/181
Sana14.03.2023
Hajmi5,01 Kb.
#918920
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Birinchi tushuncha 
kompaniyaning o’z investorlari va 
kreditorlari oldidagi yillik xarajatlarini miqdori ifodalaydi. 
Ikkinchi tushuncha 
turli 
xil ko’rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, o’z kapitali xajmida firma 
bahosi va boshqalar, ya’ni mutloq ko’rsatkichlar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ular 
nafaqat sifat jihatidan balki miqdor jihatidan ham o’zaro bog’liqdir. Agar kompaniya 
daromadliligi kapital bahosidan kam bo’lgan investitsion loyihada ishtiroki bo’lsa, u 
holda uning kapitallashgan qiymati bu loyiha yakunida kamayadi. Shunday yo’l bilan 
kapital bahosi investitsion xarakterga ega masalalarini hal qilish nazariyasi va 
amaliyotida asosiy element bo’lib hisoblanadi. 
Korxona balans passivi tarkibi shuni ko’rsatdiki, uning asosiy ko’rinishi 
quyidagilardir: ichki manbalar (mulkdorlar va qatnashuvchilarning ustav kapitali 
ko’rinishidagi mablag’lari, taqsinlanmagan foyda va o’z mablag’lari fondi) uzoq 
muddatli qarz mablag’lari (ssudalar), shuningdek, banklar yoki boshqa 
investorlarning qarzlari va uzoq muddatga jalb qilingan mablag’lar (kreditorlar). 
Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish 
kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq 
qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «o’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z 
ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni 
(bankning ustav rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma 
rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi. 
Bankning o’z kapitali – bu hisob-kitob bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy 
ma’nosiga ko’ra bank kapitali funksiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga 
oladi. 
Bankning o’z kapitali – bank vaqtincha jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli 
o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining 
boshqa korxonalar kapitalidan farqli shundaki, bankning o’z kapitali aylanma 
mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizini 
tashkil etadi. Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, 
ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini 


110 
ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan rezervlar kiradi. Ular 
quyidagi shartlarga javob berishlari kerak: 
- bank faoliyatining barqarorligi; 
- kreditor huquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik; 
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi. 
Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan 
fond rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, 
ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan 
foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va bank 
faoliyatida muhim funksiyalarni bajaradi. 
Bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’ladi: 
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar; 
b) nokumulyativ imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar muayyan sotib olish sanasi 
va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank 
aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividentlar 
to’lanmasligi mumkin; 
v) qo’shimcha kapital-oddiy va imtiyozli aksiyalar bozor narxining ularning 
nominal qiymatidan oshib ketishi; 
g) taqsimlanmagan foyda: 
- kapital zahiralar; 
- avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
- joriy yil zararlari. 
d) aksiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik 
hisobvaraqlarida o’sishi. Bu ulush shub’a korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy 
hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 
foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi. 
II darajali kapital quyidagilardan iborat: 
a) joriy yildagi sof foyda; 


111 
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-
kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy 
zahiralar. Nokumulyatsiyativ muddatsiz aksiyalar, ya’ni imtiyozli aksiyalar. Bu 
aksiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga egasining xohishiga ko’ra sotib 
olinish imokoniyatiga ega emas. Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga 
muvofiq, ular bo’yicha dividentlar to’lanmasligi mumkin; 
v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda 
aralash turdagi majburiyatlar; 
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank 
kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 
foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash 
muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi 
shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega 
bo’lmasligi, bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitlar 
talablari qondirilgandan so’ng amalga oshirilishi, boshlang’ich to’lov muddati 5 
yildan ortiq bo’lishi lozim. 
Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun, masalan, 
devalvatsiya uchun zahira, trast operatsiyalari bo’yicha biznes uchun zahira, ko’zda 
tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zahira va boshqa 
maqsadlar uchun, yaratgan zahirasining hisobi 30903-30906 balans hisobvaraqasida 
olib boriladi. Ushbu zahira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. 
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan so’ng sof foyda hisobiga 
shakllangan zahiralardir. Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochiq 
e’lon qilinadigan hisobotda ko’rsatilishi lozim. Zahiradan bank faoliyatida vujudga 
keladigan turli zararlarni, ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz 
qoplash uchun foydalaniladi. Bunda mazkur zahiralar hisobiga qoplanadigan barcha 
zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903-umumiy zahira fondi bo’lib, 
bu hisobvarag’i bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadlar, 
masalan bank faoliyatining kengaytirish, bank uchun zarur vositalarni sotib olish va 
ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun va hokazalar 


112 
uchun tashkil etgan zahirasi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. 30906-
Devalvatsiya uchun zahira bo’lib, bu hisobvaraqda milliy valyutaning devalvatsiyasi 
natijasida ko’rishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zahiraning 
hisobi yuritiladi. Ushbu zahira mablag’lari bankning taqsimlanmagan foydasining 
ma’lum qismidan va valyutadagi bank aktivining ustav kapitaliga tegishli 
ekvivalentini qayta baholash natijasida hisoblangan mablag’lardan tashkil topgan. 
Maxsus zahiralar – «standart», «substandart», «shubhali» va «umidsiz» deb 
tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar 
bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun zahira tashkil 
qilinadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish