Elektron pochta orqali muloqot etiketi
Internet tarmog‘i orqali yuboriladigan “Elektron pochta” sohasi ham ancha
rivojlangan. Elektron pochta o‘zining ishonchliligi, tezkorligi va maxfiyligi bilan
alohida ajralib turadi. Uning ham o‘z etiket talablari mavjud:
1.
Adres va shaxsiy nomni to‘g‘ri tanlang, bu sizning “tashrif
kartochkangiz” hisoblanadi.
2.
Yuboradigan xatingiz nomini to‘g‘ri kiriting. Ma’nosiz so‘zlardan
foydalanmang.
3.
Elektron pochta muloqoti – bu telefondagi muloqot emas, murojaatda
“iltimos” degan so‘zlarni ishlating.
4.
Yuborgan xatingizga zudlik bilan javob berilmasa, asabiylashmang,
buni hurmatsizlik deb bilmang.
5.
Smayliklardan to‘g‘ri foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |