Book · January 017 citations reads 5,818 authors



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/165
Sana25.01.2022
Hajmi3,27 Mb.
#409247
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165
Bog'liq
Etiket

 
Tavsiya etilmaydi 
Notanish odamga telefonda 
“sen”
lab murojaat qilish mumkin emas, garchi 
uning  ovozi  sizga  bolaning  ovozidek  tuyulsa  ham  –  adashishingiz  mumkin. 
Suhbatdoshni  yaqin  olib 
“hola”,  “amaki” 
deb  murojaat  qilish  ham  noo‘rin, 
yaxshisi, 
“uzr”,  “agar  malol  kelmasa”
  va  boshqa  shunga  o‘xshash 
“egasi  yo‘q”
 
iboralar  bilan  munosabatda  bo‘lgan  durust. 
“Oppog‘im”,  “munchog‘im”
  kabi 
erkalovchi murojaatlar ham agar egasini topmasa xafa qilishi mumkin. Qo‘ng‘iroq 
qilib  olib  yana  o‘zini  tanishtirmay 
“Kim  bu?”
  deb  so‘rash  madaniyatsizlikdir. 
Odatda bunday, savolga 
“Sizga kim kerak o‘zi?”
 degan javob keladi. Aslida,, ular 
o‘zini  tanishtirishi  shart  emas,  qo‘ng‘iroq  qilib  bezovta  qilgan  odamning  o‘zi 
bunday savolga javob berishi lozim. 
Agar  biron-bir  odamda  baxtsizlik  ro‘y  bersa,  telefonda  hamdardlik 
bildirish  yaramaydi,  yordam  berish  uchun  unga  qayg‘uni  yengillashtirish:  ruhiy 
garanglikni  olishga  harakat  qilish,  jabrlanuvchini  ba’zi  zarur  ishlarini  qilib  berish 
bilan,  o‘z  amaliyoti  orqali  namoyon  qilish  mumkin.  Nosog‘lom  yoki  tashvish 
tushgan, o‘zi yordamga muhtoj bo‘lgan odam bundan mustasnodir.  
Telefon suhbatlari bilan bog‘liq ba’zi qoidalarni yodda tutish lozim 

 
Telefon  qo‘ng‘irog‘iga  (ayniqsa  ishxonada)  darhol  javob  berishga 
harakat qilish zarur; 

 
Avvalambor,  salom  berishni  unutmaslik  va  undan  so‘nggina  iltimos 
bilan murojaat qilish mumkin;  

 
qo‘ng‘iroq qilgan odam agar kerak bo‘lgan odamni topolmasa, biron-
bir ma’lumot qoldirish uchun, albatta, o‘zini tanishtirishi lozim; 

 
agar  telefon  raqamining  to‘g‘riligi  borasida  gumoningiz  bo‘lsa, 
xotiraga tayanib raqam termaslik kerak; 

 
ertalab  soat  sakkizgacha  va  kechqurun  soat  o‘ndan  so‘ng  qo‘ng‘iroq 
bilan  odamlarni  bezovta  qilib  bo‘lmaydi  (agar  favqulodda  holatlar  bo‘lmasa, 
yoki  sizning  qo‘ng‘irog‘ingizni  kutishayotgan  va  uyquga  yotmaganini  aniq 
bilsangiz);  

 
agar  suhbatlashayotgan  vaqtida  telefon  aloqasi  uzilib  qolsa,  unda 
qo‘ng‘iroq qilgan odamning o‘zi qayta qo‘ng‘iroqlashadi; 


27 
 

 
suhbat boshida hech qachon 
“Kim bu?”
 deb savol berilmaydi; 

 
shaxsiy masalalarni hal qilish, garchi telefonda bo‘lsa ham, begonalar 
oldida  noqulaylik    tug‘diradi.  Shu  bois  ham,  shaxsiy  masala  bo‘yicha 
qo‘ng‘iroq  qilsangiz,  avvalambor  suhbatdoshingizning  bunga  bo‘lgan 
imkoniyati qay darajadaligini so‘rashingiz maqsadga muvofiq; 

 
shaxsiy  masala  bo‘ycha  agar  u  darajada  zarur  bo‘lmasa,  ishxonaga 
qo‘ng‘iroq qilmagan ma’qul; 

 
telefonda gapni qisqa qilishga harakat qilish kerak; 

 
agar  sizga  qo‘ng‘iroq  qilgan  odam  adashib  tarmog‘ingizga  tushib 
qolgan  bo‘lsa,  tavoze  bilan  javob  berishga  harakat  qiling.  Zero  ko‘p  hollarda 
odam  emas,  texnika  sabab  bo‘ladi.  Keyingi  adashilgan  qo‘ng‘iroqqa  javoban, 
uzr so‘rab raqamni oydinlashtirib olgan yaxshi; 

 
mehmonga  borganda,  telefon  zarur  bo‘lib  qolsa,  avval,  mezbondan 
ruxsat so‘rash mezbonga nisbatan hurmat belgisidir. Ammo mezbon ham zarur 
bo‘lmasa, mehmonni suhbat davomida kuzatib turishi shart emas; 

 
agar  tarmoq  besh-olti  signaldan  keyin  ham  javob  bermasa,  trubkani 
qo‘yib qo‘ygan ma’qul; 

 
telefon  tarmog‘idagi  raqamlarning  texnik  nosozliklarini  yoki 
o‘zingizni  adashib  tergan  raqamlaringizni  hisobga  olgan  holda  buyruq  va 
tavsiyalarni  berishdan  oldin  tarmoqqa  ulangan  raqamni  to‘g‘ri  ekanligi 
borasida aniq ma’lumotga ega bo‘lganingiz ma’qul. Ba’zan bizning nutqimizga 
yetishmaydigan  uchta  sehrli  so‘zlar  –  “
uzr”,  “iltimos”,  “rahmat”
  –  telefon 
suhbatlarida, ayniqsa, qo‘l keladi; 

 
o‘ng‘aysiz  holatga  tushib  qolishni  yoqtirmaydiganlar  doimo  bir 
holatni  yoddan  chiqarmasinlar:  hattoki  sizga  juda  yaqin  bo‘lgan  odamlar  ham 
o‘zini  sharoit  va  ruhiy  holatdan  kelib  chiqqan  holda  har  xil  kayfiyatda 
bo‘lishlari  mumkin.  Shuning  uchun  agar  siz  hazillashmoqchi  bo‘lsangiz, 
suhbatdoshingizning  so‘zlash  ohangidan  uning  kayfiyatini  ilg‘ashga  harakat 
qiling va shunga mos ravishda suhbat olib boring;  

 
do‘stlar hamda qarindoshlarni telefonda o‘z muammolari, shikoyatlar, 
kasallik  tarixi,  turmush  o‘rtoq  va  farzandlarni  keltirgan  tashvishlari  haqida 
gapirib,  tinglovchini  qiynash  va  yangi  xaridlarni  soatlab  muhokama  qilish 
etiketga to‘g‘ri kelmaydi; 

 
telefondagi suhbat imkon darajada qisqa, xotirjam va tavoze’li bo‘lishi 
lozim.  Ayniqsa  jamoat  foydalaniladigan  telefonlarda.  Boshqalar  navbat 
kutayotganini  yoddan  chiqarmaslik  zarur.  Biroq  kutayotganlar  ham  suhbatga 
turli  xil  noroziliklari  bilan  halaqit  bermasliklari,  shovqin  ko‘tarmasliklari 
kerak.  Hozirda  tarmoqlarning  pulli  ekanligi,  uyali  aloqa  vositalaridan 
foydalanish odatiy tusga kirganligining o‘zi bizni tartiblashtiradi;  

 
agar  suhbatdoshingiz  uyali  aloqa  telefonidan  yoki  olisdan  sizga 
qo‘ng‘iroq  qilayotgan  bo‘lsa,  unda  suhbatning  qisqa  va  lo‘nda  bo’lishiga  
harakat qiling; 


28 
 

 
agarda  telefonda  suhbatlashayotgan  odam  g‘azabda,  yoki  qattiq  xafa 
bo‘lsa  ham  telefon  orqali  baqirib,  turli  dag‘-dag‘alar  qilishdan  saqlanishi, 
o‘zini to‘g‘ri tutishga harakat qilishi lozim; 

 
shoshmasdan telefonda suhbatlashar ekanmiz, yana kimdir qo‘ng‘iroq 
qilib  tusha  olmasligi  ehtimoli  mavjud  ekanligini  hamisha  yodda  tutishimiz 
zarur; 

 
bekorchilikdan  telefonda  gaplashish  yaxshi  emas.  Agar  dildan 
suhbatlashish istagi bo‘lsa, uchrashgan ma’qul.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish