Book · February 022 citations reads 5,337 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Harakatlar strategiyasining muhim xususiyatlaridan biri, nafaqat



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/149
Sana18.07.2022
Hajmi5,24 Mb.
#823640
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149
Bog'liq
1.14-

Harakatlar strategiyasining muhim xususiyatlaridan biri, nafaqat 
iqtisodiy jabhalarni tizimli tartibga tushirish, yangilash va rivojlantirish, 
balki turli siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’sirida jiddiy ziyon ko‘rgan 
ma’naviy dunyomizni ham tubdan yangilash va yuksaltirishni nazarda tutadi. 
Ma’lumki, XX asr oxirida sobiq sho‘rolar tuzumining yemirilishi va uning 
o‘rnida yangi mustaqil davlatlarning dunyoga kelishi va har bir davlatning o‘ziga 
xos an’analari, turmush tarzi, siyosiy va ijtimoiy yo‘nalishi ilgari tajribada 
bo‘lmagan turli iqtisodiy-ijtimoiy manzaralarni yuzaga keltirdi. Buni O‘zbekiston 
misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan 
tabiati, shuningdek, puxta o‘ylab ko‘rilmasdan joriy etilgan ba’zi bir loyihalar 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Ayniqsa, 
respublikamizning turli viloyat va tumanlaridagi sanoat korxonalari, madaniyat
ta’lim va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatida achinarli holatlar yuzaga keldi. 
Ko‘plab ishlab chiqarish obyektlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Minglab ishchilar, 
mutaxassislar o‘z kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o‘zgartirishga majbur 
bo‘ldi. 
Harakatlar strategiyasida e’tiborli xususiyatlardan yana biri hududlarni 
bosqichma-bosqich rivojlantirish, har bir shahar va tumanni puxta o‘ylangan reja 
va loyihalar asosida barqaror taraqqiy ettirish, faoliyat yuritmayotgan sanoat kor- 
xonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag‘ishlash, ishsizlikni 
kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash ishlarini amalga oshirishni dolzarb vazifa 
sifatida belgilandi. 
Harakatlar strategiyasi ana shunday og‘ir ijtimoiy asoratlarni bartaraf etish, 
qishloq hayotini izga tushirish, bandlikni ta’minlash, chet elga ish izlab ketgan 
yoshlarni qaytarish va ular uchun munosib hayot va faoliyat tarzini yaratish 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Harakatlar strategiyasi aholini elektr, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi kabi eng 
zarur ne’matlar bilan ta’minlashni, shuningdek, arzon uy-joylar qurishni, odamlar 
uchun munosib hayot tarzini yuzaga keltirishni aniq rejalashtirib, uni real vaqt 
rejimida amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqqani bilan ham ahamiyatlidir. 
Harakatlar strategiyasining to‘liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila uy-joy, 
elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko’zda tutiladi. 
Harakatlar strategiyasining ahamiyatli xususiyati davlat va jamiyat 
taraqqiyotining 
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan vatanparvarlik omiliga 
mustahkam tayangan holda ish olib borishga da’vat etadi. Vatanni sevish - o‘z 
oilasi, mahallasi, kasbi, hududi va O‘zbekistonni qadrlashda namoyon bo‘lishiga 
alohida e’tibor qaratadi. 
Harakatlar strategiyasida yana bir adolatli xususiyat nafaqat tashqi 
investitsion siyosatni faollashtirish, balki inson ichki imkoniyatlarini yanada 
to‘laroq ro‘yobga chiqarish ishlariga alohida e’tibor qaratadi. 
«
Bu siyosatning 
47
Ҳаракатлар стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари. Рисола. Ғафур Ғулом номидаги 
нашриёт матбаа уйи. –Т.: 2017, 3-12- бетлар. 


206 
asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har bir fuqaroga o‘zining kuch va imkoniyati, 
qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit va imkoniyat 
yaratib berishimiz zarur
»
, deb ta’kidlaydi Prezidentimiz. 
Harakatlar strategiyasining yana bir dolzarb insoniylik xususiyati, 
O‘zbekistonda ahil jamiyat, do‘stlik va muhabbat muhitini barpo etishni nazarda 
tutadi. Odamlararo ichki bog‘liqlik, mehr rishtalari mustahkam bog‘lansa, halollik 
va ayniqsa, har bir ishda to‘g‘rilikni bosh qadriyat deb bilish, uni iymon darajasida 
e’zozlash har bir odamning e’tiqodiga, hayot maslagiga aylanadi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish