110
obodonlashtirish ishlari natijasida atigi 1,5 oyda qishloq qiyofasi
zamonaviy
ko‘rinish kasb etib, aholining turmush darajasi, kayfiyati va dunyoqarashi
o‘zgardi, odamlarda ertangi kunga mustahkam ishonch paydo bo‘ldi. «Obod
qishloq dasturi» doirasida 2018-yilning 1-«aprelidan
boshlab mamlakatimizning
har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir
hududlarda 2 tadan, jami 416 qishloqda aholining yashash va turmush
sharoitlarini
tubdan
yaxshilash,
mazkur
qishloqlarning
qiyofasini
zamonaviylashtirish va ularda istiqomat qiluvchilar uchun ish o‘rinlarini
yaratishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi hamda bu maqsadlar uchun 3
trillion so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Obod qishloq dasturi» mamlakatimizning 174 tumanida
amalga oshirilgan bo‘lib, unga 368 ta qishloq va ovul fuqarolar yig‘iniga qarashli
333 740 ta xonadon va 1 719 978 aholi qamrab olindi
Respublika hayotida aholining ijtimoiy himoyasi, bozor munosabatiga o‘tish
davrida ijtimoiy soha, ilm-fan, madaniyat va san’at va boshqa masalalarni hal
qilishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar tashkil etildi. Bulardan Ulug‘bek
nomidagi respublika iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi, «Navro‘z»
hayriya jamg‘armasi, Respublika «Mahalla» hayriya jamg‘armasi, «Mehr-shafqat
va salomatlik», «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan
xalqaro
hayriya jamg‘armasi, «Umid», «Ustoz», «Oltin meros», O‘zbekiston faxriylarini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi faoliyat ko‘rsata boshladi.
Bozor iqtisodiyotining o‘tish davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar tufayli og‘ir
sharoitda bo‘lgan aholi qatlamlarini vaqtincha bo‘lsa-da ijtimoiy himoyalash
maqsadida «Mehr-shafqat va salomatlik» jamg‘armasi tashkil etilgan edi.
Jamg‘arma 1996 - yili ijtimoiy yordam sifatida aholiga 332.501 so‘m yordam
puli, 1472 kishiga 108460 so‘mlik oziq-ovqat yordami, 86200 moddiy yordam,
865 nafar fuqaroga 110.776 so‘mlik kiyim – kechak yordami berilgan.
Shuningdek, «Mahalla» jamg‘armasi tomonidan
ham aholini ijtimoiy
himoyalash masalasiga e’tibor qaratilgan. Birgina 2014-yilgacha jamg‘arma
tomonidan aholining ma’naviy-axloqiy va ijtimoiy-siyosiy faollligini oshirish,
yoshlarni milliy qadriyatlar ruxida tarbiyalash bo‘yicha 280 mingdan ortiq
tadbirlar o‘tkazilgan. Kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, boquvchisini
yo‘qotgan hamda yakka-yolg‘iz keksalarni qo‘llab-quvvatlash uchun jamg‘arma
hisobidan 2014-yilda 7 millard so‘m mablag‘ sarflangan.
Hozirda respublika aholisining qariyb 64 foizini yoshlar, ya’ni 30
gacha
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Shu asnoda mustaqillik yillarida yoshlarning ta’lim
olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlashi va sog‘lig‘ini
muhofaza qilishi, oila qurish, yashash joylariga ega bo‘lish kabi o‘nlab hayotiy
talablarni davlat tomonidan kafolatlash va qondirishga qaratilgan keng qamrovli
tadbirlar tizimi ishlab chiqildi.
Adliya tomonidan ro‘yxatga olingan yoshlar nodavlat notijorat tashkilotlari
bilan bir qatorda 71 ta elektron, 133 ta bosma yoshlar ommaviy
axborot vositalari
hamda 495 ta nodavlat ta’lim muassasalari kabi fuqarolik jamiyati institutlari
faoliyat yuritib kelmoqda.
111
Respublikada nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tarixiy madaniy
qadriyatlarni tiklash va saqlash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.
Hozirga kelib 4 ming 308 arxeologik, 2 ming 79 me’morchilik obidalari, 694
san’at asari, 395 diqqatga sazovor joylar, jami 7 ming 476 moddiy-madaniy meros
obyektlari davlat himoyasiga olingan.
«Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi sa’yi-harakatlari tufayli amalga
oshirilgan ishlar natijasida boy va ko‘hna tarix, nodir va betakror hunarmandchilik,
gullab yashnagan shaharlar, noyob qo‘lyozma asarlar haqida ko‘plab ma’lumotlar
qo‘lga kiritildi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda
jamg‘armaning bo‘limlari tashkil etildi. O‘tgan yillar mobaynida jamg‘arma
muzeyi 400 ga yaqin qadimiy qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar, 40 dan ortiq
kartinalar, arxeologik va hunarmandchilik ashyolari bilan boyidi. 100 dan ziyod
qadamjo, ziyoratgoh va obidalar obodonlashtirildi va qayta tiklandi.
Mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasi va ularni
qo‘llab–quvvatlashga ham alohida e’tibor berilgan. 1991-yil 25-fevral Respublika
Xotin-qizlar kengashining ikkinchi
plenumida ayollarning ijtimoiy, fuqarolik,
madaniy va iqtisodiy huquqlarini himoya qiluvchi ilk jamoat tashkiloti
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashkil etildi. 1991-yil 21-iyunda O‘zbekiston
ishbilarmon ayollari «Tadbirkor ayol» assotsiatsiyasi ro‘yxatga olindi. Shundan
so‘ng uchinchi yirik nodavlat notijorat tashkilotlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston
olima ayollari «“Olima » uyushmasi davlat ro‘yxatidan o‘tdi.
O‘zbekistonda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor tufayli ayollar nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatining kuchayishi va ularning sonini ko‘payishiga
sabab bo‘ldi. 1998-yilda 9 ta xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilib, 7
tasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 1999- yilga kelib 25 ta shunday tashkilot
tuzilib, ulardan 19 tasi adliya idoralarida ro‘yxatga olingan.
2000-yilga
kelib respublikada, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida
ro‘yxatga olingan 91 ayollar nodavlat notijorat tashkiloti o‘z faoliyatlarini olib
bordilar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach
nogdavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratildi. Davlat
tomonidan bunday tashkilotlar faoliyatining ham huquqiy,
ham iqtisodiy asoslari
kafolatlab berildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlar sonining ortishi va jamiyat
hayotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga o‘z hissasini qo‘shishga
imkoniyat yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: