Book · April 021 citations reads 54 1


– rasm. Monatset konsentratini ishqor bilan parchalash



Download 2,66 Mb.
bet69/78
Sana08.02.2023
Hajmi2,66 Mb.
#909345
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78

– rasm. Monatset konsentratini ishqor bilan parchalash


texnalogiyasi.
Bu usulning afzalligi: fosfor birinchi bosqichlardayoq toriy va lantanoidlardan ajralib chiqadi, natijada chiqindi hamda foydali natriyfosfat mahsuloti hosil bo‗ladi.
Kamchiligi: ko‗p ishqor sarflanishi va parchalanish darajasining kamroq ekanligi.


7.4. KYE larini ajratish usullari


KYEE lari kasrli kristallash va cho‗ktirish usullari ko‗p bosqichli, ortiqcha mehnat talab qiladigan jarayondir. Hozirgi vaqtda bu usullarning o‗rniga ionitlar bilan sorbsiyalash va ekstraksiya usullar qo‗llanilmoqda. Shuning uchun ion almashinish va ekstraksiya usullarini ko‗rib chiqamiz.


Ion almashinish usuli bilan ajratish. Bu usulda lantanoidlar ajratib olish uchun kuchli kislotali kationidlarda KU-2 islilatiladi. KU-2 stirol bilan divinilbenzolni polimerizatsiya qilish natijasida hosil qilingan bo‗lib
, SO3H faol guruhga ega bo ‗ladi.
Lantanoidlarning ionidda yutilishi lantandan (La+3) lyutitsiyga (Lu+3) tomon kamayib boradi. Chunki gidratlangan ionlaming o‗lchami tartib bo‗yicha kamayadi. Ammo KYEE laming ionitlari bir-biriga juda yaqin bo‗lgani uchun ion almashtirish usulida ularni ajratish yaxshi samara bermaydi. KYEE larni ajratishda desorbsiya usulini qo‗llash esa samaraliroqdir. Bunda desorbsiya jarayonini organik birikmalar bilan KYEE laming komplekslarini hosil qilishi, hamda hosil bo‗ladigan komplekslarni barqarorligiga qarab, ajratish mumkinligini kuzatamiz.
Shunga ko ‗ra lantanoid anionlari komplekslari barqarorligi tartibida desorbsiyalashiga ko‗ra har bir sorbsiyalangan zonadan o‗tib, ma‘lum bir tartib bilan ajraladi. Desorbsiya qilish (yuvish) uchun turli organik birikmalar ishlatiladi. Masalan, nitrilotriuksus kislotasi (HTA) va etilendiamintetrosirka kislotasi (EDTA). Bulardan oxirgisi xromotografik usul bilan KYEE larni ajratishda ko‗proq qo‗llaniladi. EDTS a — aminokislotalar sinfiga kiradi. Bu modda to‗rt asosli kislota bo‗lib, ikkita azot bilan bog‗langan bo‗ladi.
Uch valentli lantanoidlari EDTA bilan qisqichsimon kompleks hosil qilib, unda azot atomi bilan lantanoid atomlari koordinatsion bog‗ hosil qiladi.
Bu komplekslarni barqarorlik konstantasi quyidagicha topiladi:

(HDETA)3- + [KYEE]3+↔H[(KYEE) HDETA] K={H[KYEE)EDTA) {[KYEE] 3+∙(HEDTA)3}


Olingan natijalar shuni ko‗rsatadiki, KYEE laming tartib raqami oshgan sari barqarorlik konstantasi ham lantan va lyuseniyga qarab oshib boradi (7.2. –grafik). KYEE laming bir-biriga yaqin ikki element orasidagi barqarorlik konstantasi qiymati o‗rtacha 2,4 marta farq qiladi. Demak, bundan EDTA kislotasi ionitlardan KYEE larni yuvish uchun eng yaxshi reagent ekanligini ko ‗rsatadi. KYEE larni bir-biridan ajratib olishda, birinchi kolonna ionit bilan to‗yintirish uchun xizmat qiladi, qolganlari esa ajratish uchun xizmat qiladi. Yuvish jarayonida kolonnalarda sorbsiyalash zonalari hosil bo‗ladi.
Kolonnalardagi ionitlar avval NH + yoki Na+(NH + yoki Na+- shaklli)
4 4
ionlar bilan zaryadlanadi. Ajratish kolonnalaridagi ionitlar Cu2+- formasida bo‗ladi.
Bunda Cu2+ ionlari ionlarni ajralishida sekinlatuvchi rolini bajarib, EDTA bilan komplekslari lantanoidlarnikidan mustahkam bo‗ladi. Shuning uchun KYEE lar ionitdan elyuanit bilan ajralishi oson bo‗ladi va ularning EDTA bilan ajralib chiqqani esa hosil qiladigan komplekslarni barqarorlik tarkibi bo‗yicha amalga oshadi. Ko‗pincha yuvish ( elyuanit) uchun pH= 4–8,5 ga teng bo‗lgan eritma ishlatiladi. Neytrallash uchun NH4OH qoilaniladi.
Demak, elyuanit EDTA ning ammoniy tuzlarini tashkil qiladi. [NH4(KYEEEDTA)nH2O va kam eruvchi Lu2 (EDTA)-5H2O komplekslari bo‗lib, 0,5–1 %li EDTA eritmasi ishlatiladi. Yuqori konsentratsiyali eritma bilan yuvish yaxshi natija bermaydi va uning ishlash sharoiti buziladi.
Oz miqdorli konsentratsiyali elyuanit ishlatishdan maqsad, KYEE lar kam miqdorda ishlatilishidadir.
Yuvib olingan tozalanmalar ayrim-ayrim bo‗laklar holida yig‗iladi, unda birinchi bo‗lakda mis ionlarining hammasi, so‗ng KYEE laming bo‗laklari ular komplekslarining barqarorligiga qarab ajralib chiqishini kuzatish mumkin.
Quyidagi 7.3. –rasmda KYEE lardan uchtasini: terbiy, yevropiy va samariylarni ajralishi ko ‗rsatilgan. Ko ‗rinib turibdiki, avval terbiy, so‗ng yevropiy va oxirida samariy elementlari yuvilib – ajralib chiqadi.
EDTA eritmasini regeneratsiya qilish uchun unga pH = 0,5 –1 gacha kislota qo‗shiladi.
Natijada lantanoidning kompleks birikmalari buzilib, eritmaga kam eruvchi EDTA cho‗kma tushadi. Shunday qilib, xromotografik usul bilan KYEE lar bir-biridan ajratib olinadi.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish