Sulfatlash. Yuqori kuydirishda hosil bo‗lgan (suv bilan) zo ‗ldirli
tegirmonda maydalanib (0,1—0,074 mm) konsentrlangan kislotasi H2SO4 bilan sulfatlashga yuboriladi. Bu jarayon po ‗lat reaktorlarida yoki 63% H2SO4 bilan avtoklavda o‗tkaziladi. Jarayon qizdirish uchun unga suv qo‗shib turiladi, chunki suv qo‗shilganda issiqlik ajralib chiqadi.
Ishqorlash. Sulfatlash jarayonida hosil bo‗lgan Al,Be,Mg va Ca sulfatlari issiq suv bilan aylantirish orqali ishqorlanadi. Undan so‗ng qattiq holdagi CaSO4 va H2SiO3 tozalanadi va tozalangan aralashmaning tarkibida (eritma) 32 kg/1 BeO, 35 g/1 Al2O3 va 2-3 g/1 Fe2O3 bo‗ladi.
Bug ‘lash va durlash. Jarayonda eritmaning zichligi l,32g/l bo‗lguncha bug‗latiladi va uni kristallizatorlarga yuboriladi. U yerda (NH4)2SO4 (25% ortiqcha qilib) qo‗shilib, undan alyuminiy achchiqtoshlari cho‗ktirib olinadi.
(NH4)2SO4-Al2(SO4)3 ·24H2O
Buni ajratib olish uchun eritma 150C gacha sovitiladi, so‗ng qaynatiladi. Cho‗kmaga 250 g/1 BeSO4 va 60 g/1 (NH4)2S04 eritmasi bilan ishlov beriladi. Natijada aralashmadan 750g/l konsentratsiyali BeSO4 sulfatlari ajratib olinadi.
Eritmada qolgan Al va Be sulfatlari orqali kalsiy sulfatlarining eruvchanlik xossasi aniqlanadi: 200C da 2 g/1 CaSO4 eriydi. Eritma bug‗latilsa, CaSO4 ning eruvchanligi kamayadi va CaSO4Al achchiqtoshlari bilan to‗liq cho‗kmaga tushadi. BeSO4 ajratib olinadi.
Quritish va qizdirish. BeSO4 · 4H2O kristallari sentrifugada siqilib qizdiriladi.
BeSO4·4H2O = BeO+SO3+4H2O
Bu jarayonni aylanuvchi trubasimon pechlarda 1000—1050°C da olib boriladi. Natijada BeO hosil bo ‗ladi. Berillining tarkibida 0,1% Fe2O3 va Al2O3, 0,08% CO2 va 0,2% SiO2 bo ‗ladi.
Hozirgi vaqtlarda yoyli pechlarda olish ancha osonligi isbotlab berilgan. Buning uchun berilliy konsentrati 1700°C da yoyli pechlarda suyultirib, uni suv bilan tozalanadi va H2SO4 qo‗shib qaynatiladi.
Aylanma gazli pechlarda esa bu jarayon 900°C da kechadi va oqibatda 90% berilliy eruvchan shaklga o‗tadi. Uni qayta ishlash ham yuqoridagi tartibda olib boriladi. Bu usulning asosiy farqi shundaki, aluminiy achchiqtosh holida ajratib olingandan so‗ng, gidroliz usulida Be ajratib olinadi. Uning reaksiyasi mana shu tarzda yuz beradi:
Na2BeO2 + 2H2O=Be(OH)2+2NaOH
Eritmadagi boshqa element ionlarini ushlab qolish uchun unga EDTA
(etilendiamintetrauksus kislota) qo‗shiladi. Cho‗kmaga tushgan Be(OH) ni H2SO4 eritib, BeSO4 holida ajratib olinadi. Sulfatli usulda berilliy olish texnologiyasi 6.1.-chizmada berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |