Volfram boyitmalarini parchalash texnologiyalari
Volfram konsentratlarini qayta ishlashdagi asosiy mahsulot volfram (III)-oksidi bo‗lib, volfram karbidi va volframni metall holida olish uchun xizmat qiladi. Sanoatda volfram konsentratlari qayta ishlashning bir qancha texnologik usullari ma‘lum.
Qaysi texnologik usulni qollash xomashyoning turiga, ishlab chiqarish miqyosiga, volfram (III)-oksidining texnologik talablariga va uning fizikaviy sifatiga hamda xomashyoning qanday usul bilan keltirilishiga, ya‘ni uning tannarxiga bog‗liq bo‗ladi.
Konsentratlarni qayta ishlash quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
-konsentratlarni parchalash;
-texnik volfram kislotasini olish;
-texnik kislotani aralashmalardan tozalash.
Bunda quyidagi texnologik parchalash usullari ishlatiladi. Volframit va sheelit konsentratlari kuydiriladi, yoki soda bilan suyultirilib, suvda ishqorlanadi yoki avtoklavda sodaning suvli eritmasi bilan qayta ishlanadi. Ayrim hollarda volframit konsentratlari natriy gidroksidining suvli eritmasi bilan qayta ishlov beriladi. Sheelit konsentratlari esa kislotalar bilan parchalanadi.
Bu usullarning hammasida ishqorli reagentlar (soda, o‗yuvchi natriy) qo‗llanganda, natriy volframatning suvli eritmasi hosil bo‗ladi va undan texnik volfram kislotasi yoki volfram birikmalari hosil qilinadi.
Volfram konsentratlarini kislotalar bilan parchalashda volfram kislotasi cho‗kmada hosil bo‗ladi va aralashmalardan tozalanadi. Quyida
parchalash texnologik usullaridan ayrimlarini ko‗rib chiqamiz (2.2. –
rasm).
- rasm. Volfram boyitmalarini qayta ishlash sxemasi.
Sodali kuydirish texnologiyasi. Sodali kuydirish texnologiyasi sanoatda eng ko‗p qo‗llaniladigan parchalash texnologiyasi hisoblanadi. Bu usulda quyidagi texnologik jarayonlar boradi va uning texnologik tizimi 1.3. – rasmda berilgan.
Kuydirish volframit konsentrati kislorod ishtirokida soda bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi:
2FeWO4 + 2Na2CO3 + 1/2O2 = 2Na2WO4 + Fe2O3 + 2CO2
3MnWO4 + 3Na2CO3 + 1/2O2 = 3Na2WO4 + Mn3O4 + 3CO2
Reaksiya qaytmas bo ‗lib, CO2 uchib chiqadi va Mn va Fe to‗liq oksidlanadi. Bu jarayon 800—900°C haroratda ro‗y beradi. Reaksiya to‗liq borishi uchun sodaning miqdori 10—15% nazariy jihatdan ko‗p olinadi. Konsentrat tarkibidagi boshqa elementlarni ham oksidlashga sarf bo‗ladi. Temir va marganesning oksidlash jarayonini tezlatish uchun 1–4 % miqdorda o‗g‗it solinadi. Konsentrat tarkibidagi boshqa elementlarni ham oksidlashga sarf bo‗ladi. Temir va marganesning oksidlash jarayonini tezlatish uchun 1-4 % miqdorda o‗g'it solinadi. Konsentrat tarkibidagi kremniy, fosfor, margimush, molibden va boshqa moddalar ham sodajtif'sirida eruvchan tuzlarni hosil qiladi, ya'ni:
SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 +CO2
Ca3(PO4), + 3Na2CO3 = Na3PO4 + 3CaCO3
As2S3 + 6Na2CO3 + 7O2 = 2Na3AsO4 + 3Na2SO4 + 6CO2 MoS2 + 3Na2CO3 + 2O2 = Na2MoO4 + 2Na2SO4 + 3CO2
Shixtadagi ortiqcha soda temir oksidi bilan reaksiyaga kirishib, natriy ferritlarini hosil qiladi va u oqavali ishqorlash jarayonida ishqor hosil bo‗lishi bilan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |