Boltayeva Gulnoza -terdu 5A-120302 Tarix mutaxassisligi 1-kurs magistrant Ilmiy rahbar: p h. d. N. A. Boqiyev Bag‘rikenglik –O`zbek xalqi uchun azaliy qadriyat



Download 22,5 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi22,5 Kb.
#793852
Bog'liq
Boltayeva Gulnoza Millatlararo munosabatlar va tolerantlik MAQOLA (1)




Boltayeva Gulnoza -TerDU 5A-120302
Tarix mutaxassisligi 1-kurs magistrant
Ilmiy rahbar: p.h.d. N.A.Boqiyev

Bag‘rikenglik –O`zbek xalqi uchun azaliy qadriyat

Bir mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millatlar va elatlar orasidagi hamjihatlik, ahillik hamisha o‘sha yurt uchun muhim hayotiy omil hisoblanadi. Zero, XXI asrga kelib, ba’zi davlatlarda milliy-etnik munosabatlarda ziddiyatlarning yuzaga kelishi og‘ir oqibatlarga olib kelayotganini hammamiz yaqqol ko‘rib turibmiz.
Shu boisdan turli millat va konfessiyalarga mansub millat va xalqlar yashaydigan davlatlarda bunday tahdidlarni bartaraf etish muhim vazifaga, hatto muammoga aylandi, desak xato bo‘lmaydi. Yurt tinch-osoyishta bo‘lishi, turli millatlar ahil yashashi uchun, albatta, eng avvalo millatlararo munosabatlarda bag‘rikenglik, bir millatni boshqasidan ustun qo‘ymaslik tamoyillariga amal qilish lozim.
Ming shukurki, bu borada aholisi 31 milliondan ziyod, 130 dan ortiq millat va elat vakillari umrguzaronlik qilayotgan yurtimizga ko‘z tegmasin, deymiz. Eng muhimi, mustaqillik yillarida Vatanimiz xalqlari ahilligi va hamjihatligi yanada mustahkamlanib, turli millat vakillarida yagona Vatan tuyg‘usi shakllandi.
Shubhasiz, buning bosh omili Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil milliy siyosatdir. Shu o‘rinda istiqlol arafasidagi vaziyatni bir eslash kifoya. Farg‘ona va O‘sh voqealari, mitingbozlik, parokandalik, iqtisodiy tushkunlik, boshqa millat vakillarida qo‘rquv va hadiksirash.
Mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun siyosiy va iqtisodiy vaziyatni izga solish, millatlararo munosabatlarning barqaror tizimini yaratish, odamlarda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini uyg‘otish zarur edi.
Istiqlol yillari Vatanimizda yashayotgan turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e’tibor qaratildi. Ushbu tamoyillar O‘zbekiston Konstitutsiyasi va barcha qonunlarimizda aniq va qat’iy muhrlab qo‘yildi. Jumladan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida O‘zbekiston davlati o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivoji uchun sharoit yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tildi. 18-moddada esa mamlakatimizning barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo‘yildi.
Yaxshi bilamizki, Vatanimiz qit’alararo madaniy-tijoriy aloqalarni yaxshilashga xizmat qilgan Buyuk Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan, bu yerda azaldan jahoniy ahamiyatga molik savdo, madaniyat va fan o‘choqlari mavjud bo‘lgan, bu zaminda turli xalqlarning milliy an’analari va urf-odatlari o‘zaro uyg‘unlikda rivojlangan. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekona bag‘rikengligimizning ildizlari o‘sha qadim zamonlarga borib taqaladi va bu borada biz hamisha jahon ahliga namuna hamda o‘rnak bo‘lib kelganmiz.
Xalqimiz tabiatan bag‘rikeng va saxovatpesha. Shu bois u Sho‘rolar zamonida qatag‘onu quvg‘inga uchragan ko‘plab millatlar vakillariga boshpana berdi, og‘ir damlarda bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi. Natijada koreys, nemis, polyak, yunon, qrim-tatar va boshqa ko‘plab millat vakillari o‘zbek elida muqim yashab qolishdi. Xalqimiz mehr-muruvvatidan har tomonlama bahramand bo‘lib, qadlarini qayta tiklashdi. Ularning zurriyotlari esa shu zaminda tug‘ildilar, shu yerda ta’lim-tarbiya olib voyaga yetdilar, shu go‘shada tomir otib, palak yoydilar, shu maskanda oilali va bola-chaqali bo‘ldilar, o‘zlariga yarasha obro‘-e’tibor topdilar. Ular uchun O‘zbekiston chinakam ona-Vatan bo‘lib qoldi.
— Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1992 yili Respublika baynalmilal madaniyat markazi(RBMM) tashkil etildi, deydi markaz direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nasriddin Muhammadiev. — Uning asosiy vazifasi millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishga, mamlakatimizdagi turli millat va elatlar vakillarining milliy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga, har bir millatga xos urf-odat va an’analarni saqlab qolishga ko‘maklashishdan, keng jamoatchilikning bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat qilib belgilandi. O‘shandan buyon u 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib kelayotir.
N.Muhammadievning ta’kidlashicha, o‘tgan davr mobaynida Toshkentda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, milliy g‘oya va xalqlararo do‘stlik, tinchlik va barqarorlik mavzulariga, huquq, burch va mas’uliyat masalalariga, Bosh Qomusimiz targ‘ibotiga doir talay seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, davra suhbatlari va muloqotlar uyushtirilgan. Istiqlol yillarida millatlararo totuvlikni mustahkamlash borasida erishilgan yutuqlar “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” albom-kitobi, “O‘zbekiston Konstitutsiyasi — buyuk kelajagimiz kafolati”, “Mustaqil O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar rivoji”, “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” singari to‘plamlarda yaqqol aks ettirildi. Bunday egu ishlarni ro‘yobga chiqishida nufuzli davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilinayotir. Pirovardida, markaz O‘zbekistonda yashayotgan turli millat farzandlari uchun sevimli go‘sha, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos do‘stlik koshonasiga aylandi.
Darhaqiqat, ayni paytda o‘rta va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv dasturlari 7 tilda — o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida olib borilmoqda. Xususan, yurtimizda 9618 ta maktab bo‘lsa,ulardan 359 tasida qoraqalpoq, 799 tasida rus, 251 tasida tojik, 396 tasida qozoq va 56 tasida qirg‘iz va 47 tasida turkman tillarida darslar olib borilmoqda. Maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun darsliklar nashr etish esa davlat tomonidan moliyalanadi. Aksariyat madaniyat markazlarida faoliyat yurituvchi yakshanba kungi maktablar va to‘garaklarda o‘sha millat vakillarining ona tili va boshqa tillar, madaniyati, tarixi, san’ati va milliy an’analari o‘rgatiladi. Ayni paytda arman, yahudiy, polyak, tatar, litva, grek, xitoy va koreys markazlarida bu borada qizg‘in faoliyat olib borilmoqda. Har yili baynalmilal markazda o‘zbek, koreys, xitoy va ingliz tillari bo‘yicha tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinadi. Mamlakatimizda radio va televidenie o‘z eshittirishlari va ko‘rsatuvlarini bir necha tillarda uzatadi. Shuningdek, 10 dan ortiq tillarda gazeta va jurnallar nashr etilmoqdaki, bunga tojik tilidagi «Ovozi tojik», qozoq tilidagi «Nurli jol», arman tilidagi «Apaga», koreys tilidagi «Kore Sinmun» gazetalari misol bo‘la oladi.
Milliy madaniy markazlarning ezgu sa’y-harakatlari tufayli yurtimizdagi aksariyat xalqlarning yangi yil, dalaga qo‘sh chiqarish, ekin-tikin mavsumi bilan bog‘liq azaliy rasm-rusumlari, hosil va gul bayramlari qayta tiklandi. Jumladan, ruslarning maslenitsa, gruzinlarning rtveli, chinlarning chuntsze, koreyslarning ovol-tano va sollar, uyg‘urlarning sayil, boshqird va tatarlarning sabanto‘y, qrim tatarlarning xederlez, armanlarning vardavar, yahudiylarning rosh-a-shana singari ayyomlari har yili nishonlanib kelinmoqda. Bu muayyan millat madaniyatini rivojlantirish bilan bir qatorda, yoshlarimizni boshqa xalqlar madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Tabiiyki, diyorimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat vakillari o‘zlariga ko‘rsatilayotgan beqiyos g‘amxo‘rliklarga javoban davlat boshqaruvi ishlarida, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy hayotda faol va erkin qatnashmoqdalar. Chunonchi, bugungi kunda senat a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari, yirik korxona va tashkilotlar rahbarlari orasida ham turli millat vakillarini ko‘rib turibmiz. Shahar-qishloqlarimizdagi ko‘plab o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga esa rus, tatar, qirg‘iz, qozoq, ukrain, arman, tojik va boshqa millatga mansub oqsoqollar rahbarlik qilishayapti.
Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mamlakatimizdagi millatlararo totuvlik va barqarorlik xorijlik siyosatchilar tomonidan yuksak baholanmoqda. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining oz sonli millatlar bo‘yicha sobiq Oliy Komissari Knut Vollebek Baynalmilal madaniyat markazida bir necha bor mehmon bo‘ldi. U yurtimizda turli millat vakillariga o‘qish, o‘z madaniyatlarini rivojlantirish borasida yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, bu tajribani boshqa davlatlarga ham yoyish kerak, degan fikrni bildirdi. Albatta, bu bejiz emas. Dunyoda milliy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib, hatto eng ilg‘or davlatlarda ham oz sonli millat vakillarini kamsitish, xo‘rlash va siqib chiqarish holatlari kuzatilayotgan davrda turli millat va elat vakillari yagona oiladek ahil va inoq yashayotgan O‘zbekiston chindan ham boshqalarga namuna bo‘lishga munosib.
Vashingtondagi J.Xopkins nomli universitet qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutining yetakchi eksperti Aftab Qazi shunday deydi: «Men katta ishonch bilan aytamanki, O‘zbekiston jahondagi eng bag‘rikeng mamlakatdir». Misrdagi yetakchi nashrlardan «Al-Axbor» gazetasi «O‘zbekiston: milliy totuvlik tajribasi» maqolasida «O‘zbekistondagi millatlararo tinchlikni ta’minlash modeli eng yuksak bahoga loyiq. U arab dunyosi uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin», deb yozsa, «Diniy bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik bobida O‘zbekiston Frantsiya uchun ham namuna bo‘lishi mumkin», deb ta’kidlaydi Versal shahri meri, Frantsiya parlamenti quyi palatasi — Milliy assambleya deputati Eten Pinte.
Bunday samimiy dil izhorlari va xolis e’tiroflar har birimizning qalbimizga g‘urur bag‘ishlashi tabiiy. O‘z navbatida, bu zimmamizga umrboqiy qadriyatlarimiz, ayniqsa, olijanoblik va bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlarni asrab-avaylash mas’uliyatini ham yuklaydi. O‘zini shu tabarruk zamin farzandi deb bilgan boshqa yurtdoshlarimizni ham buyuk kelajagimiz yo‘lida birlashishga undaydi. Barchamizni yagona Vatanimiz hisoblanmish O‘zbekistonning baxt-iqboli va istiqboli uchun qayg‘urishga, ajdodlarimizga munosib vorislar bo‘lishga, milliy qadriyatlar va an’analarni mudom takomillashtirib, uni kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishga chorlaydi.
Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi kunda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega.
Zero, bugun yakka shaxs yoki alohida millat va davlatning o‘z qobig‘idan chiqmasdan taraqqiy etishi tasavvurga sig‘maydi. Bunda esa, avvalo, bag‘rikenglik tamoyili ustuvor bo‘lmog‘i zarur. O‘z navbatida, mazkur tamoyilning qaror topishi har qanday davlatning tinch, osoyishta va farovon hayotiga ham kafolatdir.
Prezidentimiz 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalar haqida to‘xtalar ekan, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish taklifini ilgari surgan edi. 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida mazkur rezolyutsiya 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Bugun millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasida O‘zbekiston namunasi jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston zaminida azaldan islom dini bilan yonma-yon boshqa dinlar, madaniyatlar ham yashab, rivojlanib kelgan. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar mavjud bo‘lgani, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
Yurtimizda bag‘rikenglik va murosaning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Mamlakatimiz hududida faoliyat ko‘rsatgan turli dinlar madaniyati bo‘yicha izlanishlar qilgan yapon olimi Kyudzo Katoning ta’kidlashicha, Surxondaryo vohasidagi noyob budda madaniyati va yahudiy yodgorliklari, Buxorodagi nasroniylar ziyoratgohlari yurtimizdagi islom obidalari bilan bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi.
Jahondagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Din odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Aksariyat dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi deb hisoblaydi Shu o‘rinda arxiyepiskop Vladimirning fikrlarini ham keltirish joiz deb bildik: “XIX asrda Rossiyaning markaziy mintaqalaridan majburlab ko‘chirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganda mahalliy aholi ularga har tomonlama yordam ko‘rsatgan. O‘sha davr voqealarini ko‘rgan iyeromonax Xariton “...Mahalliy aholi nochor ko‘chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo‘ldilar, busiz ularning ko‘pchiligi ochlik va muhtojlikdan o‘lib ketgan bo‘lar edilar”, deb guvohlik bergan”.
Turkiston yerlariga kirib kelgan rus pravoslav ruhoniylari asosiy e’tiborni missionerlik faoliyatiga emas, balki o‘z jamoalarining diniy ehtiyojlarini qondirishga qaratgan. Pravoslavlar cherkov qurganida mahalliy musulmon aholi ham yordam ko‘rsatgani ma’lum. Masalan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Muqaddas Georgiy ibodatxonasi qurilishiga mahalliy imom va savdogarlar moddiy ko‘mak bergan. Bu holat ushbu dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat o‘sha davrlarda ham mustahkam bo‘lganiga dalil bo‘la oladi.
Tarixiy manbalarda O‘zbekistonda diniy va etnik munosabatlar asosida biror marta nizo chiqmagani qayd qilingan. Bunday holatni hozir islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bu kabi do‘stona munosabatlar, ya’ni musulmonlar boshqa din vakillarining O‘zbekiston zaminida hamnafas bo‘lib yashashi diniy-ma’naviy totuvlik timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning eng yaxshi namunasi, deb aytishimiz mumkin.
Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” asarida: “Biron xalqning u yoki bu udumlariga baho berishda bunisi menga yoqadi, unisi yoqmaydi, deyishga hech kimning haqqi yo‘q. Negaki, har bir xalq udumlari, an’analari ming yillar davomida shakllangan va o‘sha millatning hayot tarziga aylangan”, deb yozgan edi.
Buyuk ajdodimizning ushbu so‘zlari insoniyatning bir butunligi va taraqqiyotini belgilab beruvchi omillardan biri — madaniy turli-tumanlikka munosabatning o‘ziga xos shakli bo‘lib, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning mohiyatini anglashda muhim ahamiyatga ega.
Hozir yurtimizda turli millat va elat vakillarining diniy urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish hamda bag‘rikenglik tamoyillarini ta’minlash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatiga aylanganini butun jahon e’tirof etmoqda.
Insoniyat uchun eng katta boylik tinchlikdir, tinchlikning manbai esa ahillik va hamjihatlikdir. O‘zaro totuvlik va do‘stlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillari barqaror go‘shadagina inson emin-erkin yashaydi, har qanday orzusiga erishadi. Shu jihatdan qaraganda, bizning eng katta boyligimiz, eng asosiy yutug‘imiz, Yurtboshimiz uqtirganidek, avvalo, Vatanimiz osmonining musaffoligi, jamiyatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo ahillik va hamjihatlik, do‘stlik va birdamlik muhitidir. Bunday bebaho ne’matlarning qadriga yetish hamda turli millat va elatlar vakillari bir oila farzandlaridek ahil-inoq yashayotgan Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, kimligimizdan qat’i nazar, barchamizning muqaddas burchimizdir.
Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish