Tadqiqot maqsadi. Maskur magistrlik dessertatsiyasining asosiy maqsadi xalqaro aloqalarda qo’llaniladigan terminlarming tilshunoslik nuqtai nazaridan o’rganish, terminlarning ma’no va muhim xususiyatilarini aniqlash, maqsad va vazifalarini, ularning tildagi va madniyatdagi o’rni va ahamiyatini belgilashdan iborat. Bundan tashqari, ko’zlangan maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon ingliz rus va o’zbek tillarining siyosiy terminlarini lingvomadaniyatshunoslikda kognitiv va konseptual tahlil etish, yasalish va leksik–semantik xususiyatlarini o‘rganish kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan.
Tadqiqot vazifalari.Asosiy maqsadni amalga oshirish uchun tadqiqot ishiga quyidagi vazifalarni bajarish zarur:
Xalqaro aloqalarda qo’llaniladigan terminlarnig kelib chiqish tarixini qisqacha o’rganish;
Terminologiya masalalari bo’yicha ilmiy adabiyotlarda berilgan nazariy tasniflarni atroflicha ko’rib chiqish;
Xalqaro sohalardagi terminlarning shakillanishi va rivojlanishining o’ziga xos ahamiyatlarini tadqiq qilish;
Lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy adabiyotlardagi olimlarning shu soha bo’yisha bildirgan fikrlarini o’rganish;
Lingvomadaniy yondashuvda konseptual va kognitiv tahlilning oziga xos xususiyatlarini keltirib o’tish;
Xalqaro munosabatlarni bildiruvchi terminlarning strukturaviy va semantik yasalishini o’rganish;
Xalqaro munosabatlarni bildiruvchi terminlarning kognitiv va konseptual tahlil qilishda yuzaga kelgan muammolarni bayon etish;
Tadqiqot obyekti – bo’lib xalqaro aloqalarda qo’llaniladigan siyosiy sohadagi turli mazmun ko’lamiga ega bo’lgan terminlar xizmat qiladi.
Tadqiqot predmeti- bo’lib xalqaro aloqalardagi siyosiy sohada ishlatiladigan terminlarning strukturaviy semantik, kognetiv-konseptual va lingvomadaniy xususiyatlari xizmat qiladi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.O‘rganilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra siyosiy matnlar va ularning tarjimasi, siyosiy terminlar ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Ularning ko‘pchiligi rus va ingliz tillari misolida tahlil qilingan. Bizning tadqiqot ishimizda rus va ingliz tillaridan o‘zbek tiliga o’zlashtirilga terminlarning lingvokulturologik xususiyatlari va muammoli jihatlari tahlil ostiga olinadi. Bu esa ingliz va o‘zbek til madaniyatida yangilik hisoblanadi. Mazkur maqsad o‘z ichiga hozirgi zamon ingliz rus va o’zbek tili siyosiy terminlarini til madaniyati bilan uzviy bog’lagan holda kognitive va konseptual tahlil etish, siyosiy terminlarning yasalish va leksik–semantik xususiyatlarini o‘rganish, kabi quyi maqsadlarni qamrab olgan. Shuningdek, muallif o‘z oldiga ilmiy tadqiqot natijalari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqish, ushbu mavzuning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash vazifasini ham qo‘ygan. Chunki bu yo‘nalishda bir qator ishlar bajarilgan bo’lsada, juda ham kam amaliy ishlar olib borilgan va ular nazariy jihatdan to’la tadqiq etilmagan.