III bob bo’yicha xulosa………………………………………………………...80
Umumiy xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
Kirish
Bugungi integratsiyalashuv jarayonida O‘zbekiston hamda jahon xalqlarining umumiy nuqtalari yoki jahon xalqlariga bag‘ishlangan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadqiqotlar tilshunoslik va boshqa sohalarni yangi daliliy materiallar bilan boyishga xizmat qiladi. Til yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarga Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan alohida e’tibor qaratib, xalqning madaniy va ma’naviy merosini, adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanishini har tomonlama tadqiq qilish muhim vazifalardan biri sifatida ta’kidlaydi1.Bundan tashqari ta’lim sohasi haqida gapirganda O‘zbekistonda o’rganilayotgan barcha tillar bilan bir qatorda inliz tiliga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda ekanligiga to‘xtaladilar2.E.Sepirning yozishicha ham: “Til–bu madaniyatni ilmiy o‘rganishda yetakchilik, boshlovchilik qilishi bilan muhim ahamiyatga egadir”3.
Hozirgi bosqichda ona tilimiz lug’at tarkibining asosini turli tuman terminologik tizimlarsiz ta’savvur etib bo’lmaydi. O’zbek tilshunozligida, hususan uning terminologiyasida ko’plab doktorlik va nomzodlik dessertatsiyalar, 10 ga yaqin monografiya, to’plam va risolalar va qator ilmiy ommabop maqolalarning e’lon qilinganligi turli anjuman o’tkazilganligi yuqoridagi fikrlarning yorqin dadili.
Таrjimashunoslik tarixiga nazar tashlar ekanmiz o’tgan asrlardan to xozirgi kungacha bo’lgan davr oralig’ida olib borilgan ilmiy ishlarda mutaxassislar tajribaning leksik, grammatik, stilistik va boshqa bir qancha dolzarb muammolari to’g’risida fikr yuritishgan. Terminlarni o’rganishdan asosiy maqsad chet tillaridan kirib kelayotganso’zlarni o’z ona tilimizga aynan mos tushadigan so’zlarga almashtirish va tarjima qilishdir.
Xalqaro aloqalardagi siyosiy sohaga oid chet tillaridan kirgan terminlarning o’zbek tiliga tarjima qilish va tarjima jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etishda o’zlashgan terminlarni o’zbek tiliga aynan mos tushadigan muqobil variantlarini topish muhumdir. Ko’pgina siyosiy terminlar o’zbek tiliga rus tilidan, rus tiliga esa lotin, yunon, ingliz, fransuz va boshqa bir qancha tillardan kirib kelgan. Bu kabi terminlarni o’rganish nafaqat tilshunoslikning balki tilshunoslikning ham oldiga qo’yilgan muhim masalalaridan biridir.
Tilshunosligimizning barcha sohalarida nazariy masalalarni toboro chuqurroq, teranroq tadqiq etish sari dadil qadamlar tashlanmoqda, amaliy jihatdan qator ishlar yuzaga kelmoqda. Turli tipdagi, ya’ni bir tilli, ikki yoki undan ortiq tilli, umumfilologik yohud terminologik lug’atlarning nashr etilganligi ham tilshunoslarimiz erishgan yutuqlarini yorqin namoish eta oladi.
Boshqa til va uning xalaro aloqalardagi terminlari, til madaniyatidagi o’rni bilan tanishish uchun lingvistika sohasi yuqori o‘rinda turadi. Tilshunozlik orqali biz ingliz, rus va ozbek tilidagi terminlarning strukturasi, semantikasi, kognitiv va konseptual tahliliga ega bo‘lamiz. Terminlarni til madaniyati bilan uzviy bo’glashning o‘ziga xosligi shundaki, mavjud bo’lgan terminlarning nafaqat o’z ma’nosida xizmat qilishi balki madaniyat ta’sirida ko’chma ma’noda ham qo’llanilishi bundan tashqari ularning etimalogik jihatdan chambarchas bo’g’liqligini kuzatish imkonini yoritib beradi. Shuning uchun ham bugungi kunda ko‘plab olimlarimiz bu mavzu borasida turli xil tadqiqotlar olib bormoqda. Jumladan, hozirgi kunda lingvomadaniyatshunoslik o’zbek tilshunozligiga yangi o’rganilayotgan fan sifatida kirib keldi. Shuni takidlash joizki, xalqaro aloqalarda istemol qilinayotgan atamalarning lingvomadaniyatshunoslik bilan bog’lash bugungi kunning dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun “Xalqaro aloqalarni bildiruvchi terminlarning lingvomadaniy xususiyati” nomli magistirlik dissertatsiyasi tanlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |