8. “Dielektrik ustida kremniy” qatlamini qayta kristallash.
Lazer
yordamida qayta kristallash usuli bilan amorf moddalar sirtida shaklllantirilgan
“dielektrik ustida kremniy” qatlamlari boshqa usullar bilan o’stirilgan
qatlamlarga хos kamchiliklardan halos. Bu holda tuzilmaning asosi kremniy
taglik bo’ladi. Qayta kristallash impulsli yoki uzluksiz lazer yordamida amalga
oishiriladi. Barcha hollarda kremniy butun qalinlik bo’yicha suyuladi va
suyulmadan qatlamlar qayta kristallanadi.
Mazkur tuzilmalar ketma-ket o’tkaziladigan amallar natijasida olinadi:
kremniy taglik termik (qizdirish) yo’l bilan oksidlanadi yoki taglikka kremniy
nitridi o’tqaziladi (dielektrik qatlam hosil qilinadi; buning ustiga kremniy
qatlami o’tqaziladi – gazsimon fazadan (past bosimda) PK o’stiriladi; ionlar
kiritish usuli bilan PK legirlanadi; PK qatlamni lazer qayta kristallaydi.
Yaхlit
kremniy
qatlamlariga
lazer
ishlov
berilganda
ular
polikristallikligicha qoladi, ammo donalar o’nlab mkm gacha kattaradi. Lazer
yordamida qayta kristallashda kremniyning bir necha o’n kvadrat mkm li yuzali
monokristallik donalari olinadi. Shunday usul bilan tayyorlangan “dielektrik
ustida kremniy” qatlamlari asosida MOYa – tranzistorlar, katta integral
mikrosхemalar (KIMS) tayyorlanadi.
84
9. Yedirish.
Ultrabinafsha spektr sohasida nurlanish chiqaradigan
lazerlardan polimer va metall pardalarni bevosita yedirish uchun foydalaniladi.
Yedirishning bir necha usullari mavjud: qattiq fazadan bug’lantirish yo’li bilan
yedirish, lazer rag’batlantirgan yedirish. Bu amallardan integral sхemalar hosil
qilishda keng foydalaniladi.
Bob yuzasidan qisqacha xulosalar
1. Hozir to’la asos bilan shuni aytish mumkinki, “lazer texnologiyasi” deb
maxsus termin bilan ataluvchi bu yangi yo’nalish to’laligicha shakllandi: ya’ni,
uning asosiy fizik xususiyatlari o’rganildi, asbob-uskunalar turkumi ishlab
chiqildi, sanoat va ishlab chiqarish masshtabida yuzaga keluvchi qator
texnologik muammolar hal etildi.
2.
Lazerlar
hozir
avtomobil
sanoatida,
samolyot
yasashda,
radioelektronikada, qurilish materiallari sanoatida samarali qo’llanmoqda.
3. Lazer texnologiyasi “tushuncha”sining o’zi hozirgi kunda ancha
kengayib ketdi, chunki lazerlar an’anaviy bo’lmagan zonalarda, ya’ni kimyoviy
mahsulotlar texnologiyasida, monokristallar hosil qilishda, ko’p komponentli
qo’shilmalarni ajratishda, yarim o’tkazgichli materiallarni lokal legirlashda,
izotoplarni bo’lishda va boshqa ko’pgina hollarda qo’llaniladi.
4. Lazerlar, hatto turli sanoat mollarini, agar ular jula kichik o’lchamli va
juda nozik bo’lsa, markalashda ham keng ishlatiladi.
5. Lazer fizikasi va texnikasining rivojlanishiga O’zbekiston olimlari ham
salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar, xususan
a) O’zRFAning “Akademasbob” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida
nochiziqli optika bo’yicha boshlangan fundamental tadqiqotlar;
b) sobiq Issiqlik fizikasi bo’limida lazer sistemalarini va qurilmalarini
yaratish uchun zarur bo’lgan yangi materiallarni tadqiq qilish;
d) sobiq Elektronika institutida lazer nurlarining qattiq jism sirti bilan
ta’sirin o’rganish;
85
e) O’zbekiston Milliy Universitetida lazer nurlanishini qayd etish,
tasvirlarni qayta tiklash, ma’lumotlarni golografik yozishning yangi usullarini
ishlab chiqish va takomillashtirish;
f) sobiq Yadro fizikasi institutida lazer plazmasi va ko’pzaryadli ionlar
emissiyasida yuzaga keladigan jarayonlarni o’rganish kabi juda ko’p
yo’nalishlar bo’yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnologik ishlar olib borilmoqda.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |