Bolaning aqliy, jismoniy va estetik rivojlanishi pedagogik tashxislashning metodlarini amaliy o’rganish



Download 1,47 Mb.
bet2/3
Sana23.06.2022
Hajmi1,47 Mb.
#696567
1   2   3
Bog'liq
Nutqida nuqsoni bor bolalarni korreksiyalash

Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir.

  • Shaxs shakllanishi deganda biz shaxsning ham jismoniy ham aqliy va ma'naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to'g'ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir sabab va vositalarini bilish zarur. Shaxsning rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishiga bir qancha omillar ta'sir etadi. Bular irsiyat, ya'ni biologik omil hamda muhit, ta'lim va tarbiya, shaxs faoliyati (ijtimoiy omil) dir.
  • www.arxiv.uz
  • Ma'lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo'ysunadi. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo'lgan irsiyat ya'ni nasl-nasabning ta'siriga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki har bir bola ota-onasidan meros shaklida ba'zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishi, sochning, ko'zning, terisining rangi, bo'yi-basti va boshqalarga) ega bo'lgan holda dunyoga keladi. Bularga jismoniy xususiyatlar ham deb ataladi. Bolaning fiziologik xususiyatlariga oliy nerv faoliyatining tug'ma o'tishiga aytiladi. Irsiylik – kishining o'ziga xosligini belgilab beradigan anatomik, fiziologik, psixologik, tashkiliy jihatlar, ota-ona tomonidan irsiy birliklar orqali o'tadigan xususiyatlar (belgilardir).
  • www.arxiv.uz
  • Biologik omilning inson shakllanishidagi o'rni muhim va o'ziga xos irsiyatning ahamiyatini inkor etib bo'lmaydi, insonga xos xususiyatlar – aqliy va jismoniy mehnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug'ma o'tishi mumkin, lekin bu tug'ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma'lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozim. Chunki inson biologik mavjudot sifatida emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadi va kamolga yetadi. Bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog'i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog'i kerak.
  • www.arxiv.uz
  • O’qish
  • Faoliyat turi
  • Xarakter
  • FAOLIYAT
  • Maqsad qo’yish
  • Xususiyat
  • Bola rivojlanishi
  • Bilish
  • O’yin
  • Mehnat
  • Qobiliyat
  • Iste’dod
  • Intilish
  • O’quvchi
  • Chaqaloq
  • www.arxiv.uz
  • O'quvchining aqliy harakatlari – shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlardir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o'z ichiga oladi. O'quvchi harakatlari quyidagi ko'rinishda bo'lishi kuzatiladi: perspektiv – bunda o'quvchi ongida fanlar va hodisalar to'g'risidagi yaxlit obraz shakllanadi; mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi va bog'liq murakkab faoliyat turi; imajitiv faoliyat – (“Imaje” – “obraz”) – ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.
  • www.arxiv.uz
  • O'qitish jarayonida tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o'tish yuz bergan bo'lsa, bunday jarayon psixologiyada interiorizatsiya deb nomlanadi, aksincha, aqlda shakllangan g'oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko'chirilishi ektseriorizatsiya deb yuritiladi. Faoliyat turlari ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko'ra ham farqlanadi. Ayrim haraktalar boshida har bir eelementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarilishni va bunga butun diqqat-e'tiborni ongning yo'nalishini talab etadi. Lekin vaqt o'tgach, ongning ishtiroki kamayib, ko'pgina qismlar avtomatlashib boradi. Ulug' olim mutafakkir Abu Nasr Farobiy shaxs kamolotida faoliyatning muhim o'rnini alohida qayd etib, uning turlarini bir necha bo'g'inlarga bo'ladi va amalga oshirish usullari, vaqt va fazoviy ta'rifi, fiziologik mexanizmlari to'g'risidagi g'oyani ilgari suradi.
  • www.arxiv.uz
  • Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvofq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asoisda faoliyat tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro'y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o'tadi. Tibbiyot, odam anatomiyasi, yosh fiziologiyasi va maktab gigienasi, psixologiya hamda pedagogika fanlari asoslariga ko'ra bolaning yosh davrlarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: (12 - shakl).
  • www.arxiv.uz
  • YOSH DAVRLARI
  • Go’daklik davri (tug’ilgan-dan bir yoshgacha bo’lgan davr)
  • Yasli davri (1 yoshdan 3 yoshgacha)
  • Maktabga-cha tarbiya yoshi
  • (3 yoshdan 6-7 yoshgacha)
  • Kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha)
  • O’smirlik davri
  • (12-15-16 yoshgacha)
  • O’spirinlik davri (15-16 yoshdan
  • 18 yoshgacha)
  • www.arxiv.uz
  • Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining boshqasidan ajratadigan chegara yo'q. Yosh davrlarining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlaridagi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha ta'rif berib o'tamiz. Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir.
  • www.arxiv.uz
  • Maktabgacha tarbiya davri. Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar asosan katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bola o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi. Mazkur yosh davrida bola faoliyatida ixtiyorsiz faollik bilan bir qatorda ixtiyoriy diqqat ham o'sa boshlaydi. Bu davr bola «men» ligining vujudga kelishi bilan ham xarakterlidir. U tevarak atrofdagi bolalar bilan o'zini solishtiradi, o'zining ulardan ustun jihatlarini axtara boshlaydi. Bunday holatlar uning «mening o'zim» so'zini keng qo'llashda seziladi. Olti yoshga qadar bola dunyoni ijtimoiy borliqni to'laligicha idrok etadi.
  • www.arxiv.uz
  • Uning atrofdagilar bilan munosabati doirasi kengayib boradi. Bu esa uning nutqi va tafakkurini yanada o'stiradi. Munosabatlar doirasining kengayib borishi unga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish imkoniyatini oshiradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning tafakkuri–aniq tafakkur bo'lib, u nimalarni idrok etsa yoki tasavvur qilsa, o'sha narsalar haqida fikr yuritadi. Shu bois bola uchun mavhum voqea-hodisalarga nisbatan qiyoslab tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Atrofdagilar bilan muomalada bo'lish asosida bolada ma'naviy qarash shakllanadi: endilikda ular turli harakatlarni «yaxshi», «yomon» deya baholab boradilar. Bu davrda bola hayotida o'yin bilan birga faoliyatning boshqa turlari ham ahamiyatli bo'lib boradi, dastlabki mehnat ko'nikmalari hosil bo'ladi: rasm chizadi, loydan, qumdan shakllar yasaydi, karton va ayrim tabiiy materiallardan turli buyumlar yasaydi. Shuningdek, ular kattalar tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarib boradilar. Ularni kuchlari yetadigan ishlarga jalb qilish yaxshi samara beradi.
  • www.arxiv.uz
  • Kichik maktab o'quvchilarining bosh miyasi tez o'sib borib, uning tuzilishida o'zgarishlar ro'y beradi. Ularda o'pka rivojlangan, lekin nafas yo'li hamda diafragma bo'sh rivojlangan bo'ladi, shu tufayli kichik yoshdagi o'quvchilar ko'p vaqt harakatsiz qolsalar, organizmning kislorod bilan ta'minlanishi yomonlashadi. Kichik yoshdagi o'quvchilarning yuragi, qon aylanish tizimi va nafas olish organlari o'sishda davom etadi. Ularning yuragi o'zidan kattalarnikiga nisbatan ikki marta ko'p qon ishlab chiqaradi. Shu bois ularning yurak urishi tez bo'lib, har daqiqada 90-92 martaga yetadi. Qonning tarkibida oq qon tanachalari ko'p bo'ladi. Jismoniy o'sishning bu kabi xususiyatlari kichik yoshdagi o'quvchilarga nisbatan o'qituvchilar tomonidan ehtiyotkorona yondoshuvni talab qiladi. Ularni asabiylashishdan saqlash lozim. Bu yoshdagi o'quvchilar ko'proq harakat qilishlari, ochiq havoda bo'lishlari, yetarli darajada dam olishlari, uxlashlari talab etiladi. Atrofdagilar buning uchun g'amxo'rlik qilishlari lozim. Ularning stol atrofida, partada to'g'ri o'tirishlariga, o'rinda tekis (o'rin yumshoq bo'lmagani ma'qul) yotishlariga, qomatini tik tutib yurishlariga e'tiborli bo'lishlari kerak. O'yin vaqtida qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur.
  • www.arxiv.uz
  • O'spirinlarga axloqiy-huquqiy me'yorlar mohiyatini to'g'ri anglatish, ularni shaxs erki va huquqlarining kafolatli ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta'minlash, fuqarolik erkinliklari o'spirin uchun ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topa olish garovi ekanligiga ishonch hosil qilishlarini ta'minlash, axloqiy me'yorlar mohiyatini to'g'ri talqin etishlariga erishish mazkur yosh vakillari hayotining ayanchli, fojiaviy yakun topmasligiga olib keladi. O'spirin shaxsining rivojlanishida jamoa muhim o'rin tutadi. Jamoa o'spirinni o'ziga jalb etar ekan, uning fikri, o'spiringa nisbatan ko'rsatilayotgan munosabati katta ahamiyatga ega.
  • www.arxiv.uz
  • Shu sababli sinfdan tashqari sharoitda tashkil etilayotgan ijtimoiy mazmundagi tarbiyaviy tadbirlarni jamoa ishtirokida tashkil etish, o'quvchilarning birgalikdagi harakatlari kuchiga tayanib, o'spiringa ta'sir ko'rsatish yaxshi natijalar beradi. Shuningdek, o'spirin shaxsida katta yoshdagi, tajribali hamda bilimdon kishilar muloqatiga intilishi kabi xususiyatni inobatga olib ana shunday kishilar bilan uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etish lozim. Xuquqiy tadbirlarni uyushtirishda jamoaning bu boradagi imkoniyatini hisobga olish ko'p foyda keltiradi.
  • O'spirin o'quvchilar o'rtasida ijtimoiy bilimlarni targ'ib etishda erkin muloqot, bahs tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Chunki ular o'z fikrlarini ilgari surish, uni himoya qilish layoqatlarini namoyon etishga intiladilar. Ular ham o'smirlar kabi gohida fikrlari to'g'ri, asosli bo'lmasada, unda qat'iy turib olishga urinadilar. Ushbu kamchilikka barham berish maqsadida sinf rahbari, o'qituvchilari tomonidan o'spirin fikri, uning pozitsiyasini diqqat bilan kuzatish, tahlil qilish hamda o'spiringa o'z vaqtida yordam berishga urinish eng maqbul pedagogik chora hisoblanadi.
  • www.arxiv.uz

Nutq haqida tushuncha

  • Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning me’yorlaridan chetga chiqish deb ta’riflanadi. O.V.Pravdina o’zining «Logopediya» kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha xarakterlagan:
  • www.arxiv.uz
  • Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga
  • mos kelmaydi
  • Nutq nuqsoni o’z-o’zidan barham topmaydi, balki vaqt o’tgan
  • sari yanada mustahkamlanib, zo’rayib boradi.
  • Nutqiy nuqsonlari bo’lgan kishilar
  • logopedik yordamga muhtoj bo’ladi
  • Og’ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga,
  • balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • www.arxiv.uz
  • Yuqoridagi ko’rsatilgan nutq nuqsonlari o’z xususiyatlari jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda ba’zan vaqtincha uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh bolalarda, keyinchalik o’zidan-o’zi to’g’rilanib, barham topib ketadi. Kattalarda esa bunday hodisalar asosan charchash, hayajonlanish, asabiylashish natijasida uchrab turadi. Ular ko’pincha o’z xatolarini sezib, bularni tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa sezmasliklari ham mumkin. Lekin vaqti bilan bunday xatolar ham o’z-o’zidan to’g’rilanib ketadi. Nutqiy nuqsonlar ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham kuzatilishi mumkin. Ular tilni o’rganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar barham topib boraveradi.
  • www.arxiv.uz
  • Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga ko’ra logopediya fanida organik va funktsional xillarga bo’linadi. Organik nutq nuqsonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga aloqador bo’lib, bu analizatorning qaysi bo’limida shikastlanganiga qarab markaziy yoki periferik turlarga bo’linadi. Funktsional nutq nuqsonlarida analizator tuzilishida o’zgarishlar kuzatilmaydi.
  • www.arxiv.uz
  • Noto’g’ri tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki o’qituvchi nutqidagi kamchiliklarga taqlid etish natijasida yoki noo’rin reflekslarning mustahkamlanib qolishi funktsional nutq nuqsonlariga sabab bo’lishi mumkin. Funktsional nuqsonlar nerv jarayonlari o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, analizator faoliyatidagi boshqa kamchiliklardan kelib chiqishi ham mumkin
  • www.arxiv.uz
  • Nutq analizatori qaysi bo’limining o’zgarib qolganiga qarab funktsional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik xarakterda bo’ladi.
  • Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar ichidan ajralib, XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlarning alohida bir oqimi bo’lib vujudga keldi. Nutq nuqsonlarini asosan shifokorlar tuzatishar edi, biroq «davolash» ishlari yaxshi natija bermas edi.
  • www.arxiv.uz
  • Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida o’rganilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi haqidagi ma’lumotlar o’sha davrlarda hali bo’lmaganligi tufayli, nutq kamchiliklarini o’rganish, aniqlash, bartaraf etish usullari ham noto’g’ri belgilangan.Asosan mexanik mashqlardan foydalanilar edi.
  • Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, tibbiy, lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda rivojlanib bormoqda. Bir qator tibbiy fanlarni chuqur o’rgangan maxsus mutaxassis pedagog (logoped) to’g’ri nutqni tarbiyalaydi.
  • www.arxiv.uz
  • SHifokor esa logoped bolaga anamnez tuzadi, uning diagnozini aniqlaydi, kerak bo’lsa dorilar bilan davolashni tavsiya etadi.
  • Logopedik amaliyotda… eshitish organlaridagi kamchiliklar psixikasiga ta’sir etgan bolalar ko’p uchrab turadi. Bunday bolalarni eng avvalo otoloringolog tekshirib, ularga tibbiy xulosa chiqarmog’i lozim. SHundagina logoped bunday logopadlar bilan ishni to’g’ri olib borishi mumkin.
  • www.arxiv.uz

Nutqida nuqsоn bo’lgan o’quvchilarni kоrrеksiоn o’qitish

  • Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insоnga хоs bo’lgan muhim psiхik funksiyadir. Nutqiy munоsabatlar yordamida, shaхs оngida bоrliqni aks ettiruvchi bilimlar dоimiy ravishda to’ldirilib va bоyitib bоriladi. Nutqiy nuqsоnlarni o’rganish, оldini оlish va kоrrеksiya bilan kоrrеksiоn pеdagоgika (dеfеktоlоgiya)ning muhim sоhasi - lоgоpеdiya (yunоncha logos – so’z va paideia - tarbiyalash) shug’ullanadi. Patоgеn оmil ta’sirida yuzaga kеlgan nutqiy buzilishlar o’z-o’zilan yo’qоlmaydi va u maхsus tashkil etilgan kоrrеksiоn-lоgоpеdik chоralarsiz bоlaning kеyingi rivоjiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
  • www.arxiv.uz
  • Nutqiy buzilishini kеltirib chiqaruvchi sabablar оrasida ekzоgеn (tashqi) va endоgеn (ichki) оmillar asоsiy rоl o’ynaydi. Bundan tashqari (anatоmik-fiziоlоgik, mоrfоlоgik), funksiоnal (psiхоgеn), ijtimоiy-psiхоlоgik (atrоf-muhitning salbiy ta’siri), psiхоnеvrоlоgik (psiхik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, хоtira yoki diqqatning buzilishi va bоshqalar) sabablarning ham ta’siri sеzilarli bo’ladi. Anоmal bоlalar оrasida eshitish qоbiliyati turli darajada nuqsоnli bo’lgan bоlalar ko’pchilikni tashkil etadilar. Eshitish – bоrliqni tоvushli hоdisalar shaklida aks ettirilishi, insоn (tirik jоnzоd)ning tоvushlarni anglash va farqlash qоbiliyati. Eshitish eshitish оrgani yoki tоvush analizatоri (tоvush ta’sirini qabul qiluvchi va ajratuvchi murakkab nеrv tizimi) yordamida amalga оshiriladi.
  • www.arxiv.uz
  • Nutqiy buzilishini kеltirib chiqaruvchi
  • asosiy sabablar
  • anatоmik-fiziоlоgik, mоrfоlоgik
  • funksiоnal (psiхоgеn)
  • ijtimоiy-psiхоlоgik
  • (atrоf-muhitning salbiy ta’siri)
  • psiхоnеvrоlоgik (psiхik funksiyalarining buzilishi
  • (aqli zaiflik, хоtira yoki diqqatning
  • buzilishi va bоshqalar)
  • www.arxiv.uz
  • Nutqiy buzilishini kеltirib chiqaruvchi
  • asosiy sabablar
  • anatоmik-fiziоlоgik, mоrfоlоgik
  • funksiоnal (psiхоgеn)
  • ijtimоiy-psiхоlоgik
  • (atrоf-muhitning salbiy ta’siri)
  • psiхоnеvrоlоgik (psiхik funksiyalarining buzilishi
  • (aqli zaiflik, хоtira yoki diqqatning
  • buzilishi va bоshqalar)
  • www.arxiv.uz
  • Defektologiya fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. SHu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so’z, padeo – tarbiyalash, o’rgatish degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo’lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o’rganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish masalalari bilan shug’ullanadi.
  • www.arxiv.uz
  • Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o’rganish mavzusi hisoblanadi.
  • Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, o’smirlar hamda kattalar logopediyasi, maktab yoshdagi bolalar logopediyasi kiradi.
  • www.arxiv.uz
  • Logopediya fanining vazifalari
  • Turli hil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq
  • faoliyati ontogenezini o’rganish.
  • Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari,
  • kelib chiqish mexanizmlarini o’rganish, darajasini aniqlash.
  • Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, hulq-atvori,
  • ruhiy rivojlanishiga ta’sirini o’rganish.
  • Eshitish, ko’rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo’lgan anomal bolalar
  • nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklarni o’rganish, aniqlash.
  • Nutq kamchiliklarini aniqlash yo’llari, usullarini ishlab
  • chiqish va amaliyotga tadbiq etish.
  • Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash…tizimga keltirish.
  • Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish printsiplari va usullarini,
  • tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.
  • Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
  • www.arxiv.uz
  • Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, otoloringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistik fanlar, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlar bilan bog’liq, shular asosida rivojlanadi.
  • Logopediya defektologiya fani kabi, nerv sistemasining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchiliklarini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga ta’sirni aniqlab bo’lmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani to’g’ri tarbiyalash, unga bilim berish yo’llari va usullarini to’g’ri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar to’g’ri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga o’xshash boshqa anomaliyalardan ajratish, anomal bolalarni tegishli muassasalarga to’g’ri saralash imkonini beradi.
  • www.arxiv.uz

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish